Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Download 78.86 Kb. Pdf ko'rish
|
6-sinf tabiiy fan nazorat ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistematik guruhlar
Nazorat ishi 3 Test Sana ___________________
1. Diffuziya hodisasi nima? A) bu bir modda zarralarining ikkinchi modda zarralariga aralashishi yoki tarqalishidir. B) Diffuziya hodisasi qattiq moddalarning boshqa moddalarga aylanishi C) bu bir modda zarralarining ikkinchi modda zarralariga aralashmasligidir. 2. Difuziya hodisasi qattiq jismlarda ham sodir bo`ladimi? A) Qattiq jismlarda juda sekin bo`ladigan jarayon B) Qattiq jismlarda juda tez bo`ladigan jarayon C) Qattiq jismlarda difuziya hodisasi bo`lmaydi 3. Qadimiy Samarqand shahrining qoq markazida Registon maydoni bor. Maydonda Qaysi madrasalar bor ? A) Ulug‘bek, Sher-dor va Go`r Amir madrasalari B) Ulug‘bek, Sher-dor va Tilla-qori madrasalari C) Ulug‘bek, Sher-dor va Bibixonim madrasalari 4. Registon maydonidagi binolarning devorlari nimadan ishlangan ? A) qattiq yaltiroq g‘ishtlardan ishlangan. B) qattiq yaltiroq marmardan ishlangan. C) paxsa devor qurilgan 5. Zichlik – bu nima ? A) Zichlik – bu moddaning suvdagi og`irligi B) Zichlik – bu moddaning birlik hajmiga to‘g‘ri keladigan tashqi ko`rinishi C) Zichlik – bu moddaning birlik hajmiga to‘g‘ri keladigan massasidir. 6. Suvning zichligi qanchaga teng ? A) 3 g/cm3 B) 2 g/cm3 C) 1 g/cm3 7. Po‘kak suvda suzadimi yoki cho‘kadimi? A) Po‘kak suvda suzadi B) Po‘kak suvda cho‘kadi C) Po‘kak suvda eriydi 8. Suv necha gradusda qaynaydi ? A) 89°C B) 100°C C) 200°C 9. Kondensatsiya – nima ? A) suv bug‘ining mayda qor zarralariga aylanishi. B) Is gazining havo tarkibini ifloslanishi . C) suv bug‘ining mayda suv tomchilariga aylanishi. 10. Okeanlar yer yuzasining necha foizdan ortig‘ini egallagan? A) 70 B) 90 C) 40 11. 50 kg vaznga ega inson bir kunda necha stakan suv ichishi kerak? ___________________________________________________ 12. 60 kg vaznga ega insonning qancha miqdori suvdan iborat va u bir kunda necha litr suv ichishi kerak? ___________________________________________________ 13. O‘simliklar sistematikasi birliklarini eng katta birlikdan boshlab to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring: oila, tur, bo‘lim, turkum, sinf, dunyo 14. Hayvonlar sistematikasi birliklarini eng katta birlikdan boshlab to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring: oila, tur, tip, urug‘, dunyo, sinf, turkum 15. Sistematik guruhlar:1) karamdoshlar; 2) jag‘-jag‘; 3) oddiy jag‘-jag‘; 4) yopiq urug‘lilar; 5) ikki urug‘pallalilar. Jadvalning o‘ng ustuniga mos ravishda tegishli raqamlarni yozing. Download 78.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling