Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darsi” va mashg‘ulotni tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladigan namunaviy


Tarbiyachi: Bayrogʻimiz haqida kim she’r aytib beradi? 1-bola


Download 94.74 Kb.
bet3/9
Sana25.10.2023
Hajmi94.74 Kb.
#1719448
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“Мустақиллик дарс” ишланмаси

Tarbiyachi: Bayrogʻimiz haqida kim she’r aytib beradi?
1-bola: Havorang, oq va yashil,
Bordir qizil belbogʻi.
Shuning uchun chiroyli,
Oʻzbekiston bayrogʻi.


2-bola: Oʻn ikki baxt yulduzi,
Oʻziga xoʻp yarashar.
Unga dunyo xalqlari,
Havas bilan qarashar.


3-bola: Mustaqil yurt, deb atar
Yer yuzining har yogʻi.
Bizga juda moʻtabar
Oʻzbekiston bayrogʻi.
Tarbiyachi: Gerbimizni kim ta’riflab beradi?
Bola: (Koʻrgazma vositalaridan foydalanib) Bu Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi. Gerbning yuqori qismida 8 qirrali yulduz joylashgan, uning ichida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbimizning markazida oliyjanoblik va fidoiylik ramzi boʻlgan Humo qushi tasvirlangan. Quyosh – yurtimizning serquyoshligini bildirib turibdi. Paxta – Vatanimizning milliy boyligi, bugʻdoy boshoqlari esa rizq-nasiba, qut-baraka ramzidir.


Tarbiyachi: Gerbimiz haqida qanday she’r bilasizlar? Qani kim aytib beradi?
1-bola Oʻzbekiston gerbida
Qanot yozgan Humo qush
Chanoqlarda oq paxta —
Olam elin etar xush.


2-bola Quyosh bobo nurida
Oltin boshoq tovlanar.
Tengsiz, saxiy ona yer
Bir maromda aylanar.


3-bola Ramzi porloq – hur bayroq
Birdamlikka chorlaydi,
Peshtoqida oy, yulduz
Kecha – kunduz porlaydi
Mustahkamlash:
Berilgan ma’lumotni mustahkamlash maqsadida tarbiyalanuvchilar bilan tezkor savol-javob oʻtkaziladi.


(Tarbiyachi – pedagog ijodiy yondashgan holda, oʻzgartirish kiritib, mashgʻulotni tashkil etishi mumkin)
Mavzu: Yangi Oʻzbekiston –Vatanim manim!
(1-4-sinflar uchun dars ishlanmasi)

Sinf taxtasi uchun shior: Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!.




Darsning maqsadi:



Download 94.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling