O‘ZBEKISTON Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Samarqand viloyati
Paxtachi tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli
41-umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika va astronomiya fani o’qituvchisi
Amiriddinova Xadichaxon Erkinjonovnaning
“Assalom fizika-ulug‘fizika, lahzamiz sen bilan bog‘liq fizika” nomli tadbir ssenariysi
Paxtachi tumani-2023
20.04.2023-yil
“Assalom fizika-ulug’ fizika, lahzamiz sen bilan bog’liq fizika”
Boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli ustozlar, bilimga chanqoq o’quvchilar hamda davramizga yig’ilgan aziz mehmonlar. Barchangizga xayrli kun tilagan holda maktabimizning 8-“A” hamda 8-”B” sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan bellashuv tadbirimizga xush kelibsiz deb qolamiz.
Endi esa tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Xolbutayev T. ga beramiz.
Boshlovchi: Ilm- qut beradi, bilim sharaf -shon, shu ikkovi tufayli ulug’dir inson. Ushbu so’zlarning isboti sifatida Shayx Xazratlari Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning quyidagi so’zlarini keltirishimiz mumkin.
VEDEOROLIK
Boshlovchi: Shuningdek fizika sohasining vakili sifatida shuni ayta olamanki, Nazariyotchi olimlarimiz tomonidan, olamni yagona kuch boshqarishi haqidagi taxminiy fikr va qarashlar ya’ni gipotezalar uzoq yillardan buyon mavjud bo’lib kelmoqda . Va mana shu butun borliq buysunadigan qonuniyatni aniqlash uchun,ko’plab matematik tenglamalar yechimi izlanmoqda. Darhaqiqat, biz dunyoviy bilimlarni o’zlashtirar ekanmiz, atrofimizdagi butun materiya- inson organizmidan tortib, har qanday ijod namunasigacha buyuk yaratuvchi tomonidan bunyod etilganiga amin bo’lamiz.Zero, Buyuk fizik Albert Enshteyn ham o’zining 1954-yilda “Fan va din” mavzusida yozgan inshosida “Scince without religion is lame, religion without scince is blind” _” Dinsiz fan ko’rdir, fansiz din esa cho’loq” deb ta’kidlab o’tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |