O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 343.63 Kb.
bet10/14
Sana18.06.2023
Hajmi343.63 Kb.
#1580575
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
логоритмика

Bajariladigan mashqlar:

  • Bolalar aylana bo‘lib polda turkcha o‘tiradilar. Baland musiqa ovoziga ikkala qo‘llarining kafti bilan polga uradilar, past ovozdagi musiqaga yengilgina chapak chaladilar.

  • Bolalar aylana bo‘lib chap qo‘llarida chirmanda bilan turadilar, baland musiqaga o‘ng qo‘llari bilan chirmandaga uradilar, past musiqaga esa chirmandani o‘ng qo‘llariga olib yengil silkitadilar.

  • Bolalar baland musiqaga aylana bo‘ylab yuradilar, past musiqaga esa oyoqlari uchida o‘z atrofida aylanadilar, baland musiqaga bayroqchalarni silkitib aylana bo‘ylab yuradilar, past musiqaga esa to‘xtaydilar va bitta tizzaga o‘tiradilar va boshqalar.

  • Bolalar juft bo‘lib baland musiqaga aylana bo‘ylab yuradilar, past musiqaga esa juftlar bo‘linadilar va bittadan bir-birining orqasidan yuradilar.

  • Bolalar 3-4 tadan bo‘lib guruhlarga bo‘linadi. Ular o‘z uylari tomon tarqaladilar (zalning burchaklari). Har birida otni tasvirlovchi tayoqcha bo‘ladi. Bolalar baland musiqaga otlarida bir-birlarining orqasidan aylana bo‘ylab chopadilar, past musiqaga esa o‘z uylariga boradilar. Baland musiqa yangrashi bilan yana aylana bo‘ylab chopadilar.

  • Yuqori sinf o‘quvchilari, o‘smirlar va kattalar uchun mashqlar xarakteri tuzilish shakliga qarab murakkablashadi (jaranglash kuchining almashishida galma-gal va guruhli kirishlar).

  • Uchtadan bo‘lib saf tortib baland sadoda aylana bo‘ylab yurish, past ovozga to‘xtash. Uchliklardan o‘rtadagilari oyoq uchida eng chetdagi qo‘llardan tashkil topgan darvoza orqali o‘tadilar. Baland jaranglash tiklanishi bilan hamma yana uchtadan bo‘lib aylana bo‘ylab yuradilar.

  • Hamma aylana bo‘ylab turadi. “Birinchi–ikkinchi” deb sanaladi. Shug‘ullanayotganlar musiqaning baland jaranglashiga qo‘llarini ushlab aylana bo‘ylab yuradilar, musiqaning past ovoziga ikkinchi raqamlar ichki aylanani shakllantirib o‘rtaga kiradilar. Ikkala aylanadagilar oyoqlarining uchida turli yo‘nalishda yuradilar. Musiqaning baland jaranglashiga ichki aylana tashqi aylanaga qo‘shilib katta aylana hosil qiladi.

  • Hamma ikki qator bo‘lib, oyoqlarini yelka kengligida ochib bir biridan 6–7 qadam oraliqda qarama-qarshi tarzda turadi. Har birining o‘ng qo‘lida, o‘ng tomondagi qo‘shnisi chap qo‘li bilan ushlab turgan chambarak bo‘ladi. Qo‘llaridagi chambaraklar bilan odamlarning uzilmaydigan zanjiri tashkil topadi. Musiqaning ohista jaranglashiga qatorlar o‘ngga, keyin chapga, tanalari og‘irligini bir oyoqdan ikkinchisiga o‘tkazib tebranadilar. Musiqa baland jaranglashga o‘tishi bilan shug‘ullanayotganlar chambaraklarni bir qatordan boshqasiga havoda irg‘itadilar, lekin shunisi ham borki har biri o‘ng qo‘li bilan ushlab turgan chambarakni otadi. Musiqaning past ovozida tebranish qaytadan boshlanadi.

  • Musiqani hamma qarama-qarshilik bilan jaranglash kuchining qismlari bo‘yicha tinglaydi. Shug‘ullanayotganlar musiqa tinglab bo‘lganidan keyin musiqaning baland ovozida qo‘llarini kuchli, past ovozida esa kuchsiz silkitib dirijyorlik qiladilar. Muskullar tonusini tartibga solishni uddalashni tarbiyalash bo‘yicha ishni umumiy rivojlantiruvchi va korreksion mashqlarga ajratish mumkin.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling