Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizmga har taraflama ta’sir qilishdan tashqari orqa, qorin, yelka kamari, oyoq, qo‘l muskullarini rivojlantiradi. Bu mashqlar turli tumandir. Ularni bajarish xarakteriga ko‘ra predmetlar bilan (bayroqchalar, kopotoklar, lentalar va boshqalar) va predmetlarsiz mashqlarga ajratish mumkin. Predmetlar bilan mashqlarda harakatlar kuchi, chaqqonlik, aniqlik, ta’sirlanish tezligi, chamalash rivojlanadi. Koptok bilan mashqlarga alohida e’tibor qaratish kerak. Hamma kattalikdagi koptoklardan foydalaniladi: kattalari (itarib yuborishda osib qo‘yilgan koptok), o‘rtachalari (dumalatishda va ilib olishda), kichkinalari (sakrash mashqlarini bajarishda, qator bo‘yicha uzatish va o‘tkazishda). Bu harakatlarda zo‘r berish va bo‘shashtirish navbati bilan qilinadi, mashq harakat ko‘nikmalari darajasida o‘zlashtirilganida muskullardan ortiqcha taranglik olinadi.
Korreksion mashqlar gavda va tovon muskullarini mustahkamalash uchun, muvozanatni rivojlantirish, to‘g‘ri qomatni shakllantirish uchun qo‘llaniladi. Qo‘llarda, yotgan holatda qorinda, gimnastika skameykasida va qiya doskada tortilish bo‘yicha mashqlar; gimnastika devoriga tirmashib chiqish, skameykadan oshib o‘tish, zinapoyali piramida yoki minoraning taxtachalari orasidan suqilib kirish yelka kamari va orqa muskullarini mustahkamalaydi, qomatni to‘g‘rilaydi. Muvozanatni his qilish yurishda, yugurishda, sakrashda, irg‘itishda va boshqa mashqlarning borishida rivojlanadi. Ularga kichraytirilgan maydondagi tayanch mashqlari tegishli bo‘ladi (arqondan, doskadan yasalgan yo‘lka); tayanchni balandlik bo‘yicha (qiya doska, skameyka), harakatchanlik bo‘yicha (tebratma ko‘prikcha), makonda tutgan o‘rni bo‘yicha (gorizontal yoki qiya skameyka) o‘zgartirish mumkin. Bu mashqlar harakatlarning boshlanishi va tugashini ko‘rsatadigan ifodalangan urg‘u bilan ohista, o‘rtacha musiqa ostida bajariladi. Muvozanatni mashq qilish uchun maxsus vositalar sifatida quyidagilardan foydalaniladi: kelgusida ovoz signaliga cho‘kka tushish bilan joyida turib qadam tashlab aylanish, hamda yurish paytida to‘xtash va ovoz signaliga yugurish, joyida aylanib sakrash, narsalar ustidan hatlab o‘tish (kubchalar, tayoqchalar, taxtachalar, arqon).
Do'stlaringiz bilan baham: |