Mashq va o‘yinlar. Qo‘l panjasini tepada aylantirish (3–5 soniya) – qo‘l muskullarini va yelka kamarini tarang qilib kelgusida qo‘llarni pastga tushirish – bo‘shashtirish. 2–3 marta takrorlash.
Qo‘llar belda, joyida turib gir aylanish (4–6 aylanish).
Oyoqlar bilan depsinish, qo‘llar orqada – muskullar taranglashgan (5–8 soniya), qo‘llar tushirilgan, dastlabki holat – asosiy tik qotib turish, muskullarni bo‘shashtirish.
Yo‘g‘on arqonga ko‘ndalang turib uni bosish (15–20 soniya), – oyoqlar taranglashgan, arqondan polga sakrab tushish – bo‘shashtirish.
Ikkala oyoq bilan joyida turib sakrash, ikkkinchi chorakning 8– va 16– taktlarida bosh ustida qarsak chalish.
Aylana bo‘lib turib, qo‘llarni oldinga va orqaga erkin tebratish (8 ta takt). O‘ng oyoqni tebratish – qo‘llar yonda (4 ta takt), chap oyoqni – qo‘llar yonda (4 ta takt).
Bolalar cho‘kka tushib tovonlariga o‘tiradilar, qo‘llari tizzada, yuzlari bilan bir yo‘nalishga qarab erkin joylashadilar. (O‘rgatilgan bolalar qorinlarida yotgan holatda (baliqchaga o‘xshab) mashqni bajarishlari mumkin). 1–2-taktlar: bolalar kuraklarini ko‘chirib va gavdani yengil orqaga tashlab qo‘llarini ohista orqaga oladilar. 3–4-taktlar: bolalar xuddi suvni qo‘l panjalari bilan ushlab olgandek qo‘llarini dastlabki holatga olib keladilar. 5–8-taktlar: harakatlarni takrorlash. 9–12- taktlar: bolalar galma galdan o‘ng va chap qo‘l panjalari bilan tasavvurdagi suvni uradilar, bunda suv tomchilari har tomonga sochiladi. 13–16-taktlar: xuddi mashqning avvalidagi kabi qo‘llar harakati oldinga va orqaga.
Bolalar kichik guruhlarga bo‘linadilar. 1–8-taktlar: bolalar yengil va shiddatli sakrab chopadilar. 9–16-taktlar: bolalar gavdani ozgina orqaga tashlab va oyoq tizzalarini baland ko‘tarib yuqori yugurish bilan harakat qiladilar. Qadam bir chorakka teng. 17–24-taktlar: yana shiddatli sakrab chopish. Oxirida – bir oyoqdan ikkinchisiga sakrab aniq to‘xtash. Harakatlar xarakteri musiqali jaranglashning dinamik va yengilligini namoyon qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |