O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 343.63 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi343.63 Kb.
#1580575
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
логоритмика

Kapalaklar. 1–3-taktlar: kapalaklar uchib keldilar – bolalar harakatlari bilan kapalakni tasvirlaydilar: kaftlarini orqa tomonini tepada birlashtirib qo‘llari bilan pastdan yuqoriga qilib aylanani tasvirlaydilar (1–takt), keyin qo‘llari bilan yuqoridan pastga qilib aylanani tasvirlaydilar (2–takt) va kaftlarini yuqoriga qilib qo‘llarini oldinga ohista cho‘zadilar – bu kapalak o‘zining mo‘ylovini ko‘rsatadi. 4–6 taktlar: ikkinchi kapalak uchib keladi (1–3-taktlarning harakatlari takrorlanadi). 13–14-taktlar: qo‘llar asta-sekin ko‘tariladi, qo‘l panjalari silkinadi: kapalaklar qanotlarini ko‘taradilar. 15-takt: qo‘llar ohista tushiriladi. 16–18-taktlar: 13–15-taktlar harakati takrorlanadi. 19-takt: qo‘llar ohista ko‘tariladi, panjalar biroz orqada qoladi. 20-takt: qo‘llar ohista tushiriladi. 21–22-taktlar: 19–20-taktlar harakati takrorlanadi. 23–26-taktlar: bolalar qo‘llarini ko‘taradilar va tushiradilar, so‘ng har tomonga chopib ketadilar – kapalaklar uchib ketdilar. Musiqa takrorlanadi, bolalar har tomonga tarqalib turib ham harakatlarni takrorlaydilar. Bolalar 23–26-taktlarda aylanadilar. Musiqa tugallanganda, bolalar o‘tiradilar – kapalaklar aylanib, gullarga qo‘nadilar.

  • Prujinachalar (katta yoshlilar guruhi uchun) («Paxta qo‘shig‘i»).

    Boshlang‘ich holat: Qo‘llar belga qo‘yilgan 1-4 taktlar: pianinodagi har bir taktning «bir» va «ikki» sanog‘ida bolalar katta bo‘lmagan yarim o‘tirishni bajaradilar, keyin «va» deyilganida esa tizzalarini tiklaydilar. Yuqoriga va pastga yo‘naltirilgan harakatlar orasida tanaffus qilmaydilar. Harakat yengil, prujinasimon va raqs xarakterida bo‘ladi. 5-8 taktlari (forte). Bolalalar turgan joylarida ikki oyoqda yengil sakrab qo‘yadilar (bir taktda ikki marta sakrash). Sakrab yerga qo‘nishda tizzalar biroz bukiladi.
    Mashg‘ulot bolalarga yugurish, sakrash, ildamlab sakrash va raqs harakatlarini to‘g‘ri bajarish (harakatlar) malakasini beradi.
    Tarbiyachi mashqlarni ko‘rsatish va bajarishda bolalarning diqqat-e’tiborini yengil, raqs xarakteridagi musiqa va harakatga, shuningdek, musiqa ohangining kuchayishi bilan harakat kuchining ham ortib borishiga qarashadi.
    Bolalar xona bo‘ylab erkin holatda va qo‘l harakatlarini bajarganda bir-birlariga tegib ketmaydigan darajada joylashib oladilar. Boshlang‘ich holat – qo‘llar yon tarafga ochilgan. 1-8 taktlar: qo‘llar gavda oldida tebratiladi, toq taktlarda ochiladi. 9-16 taktlari: «tegirmon» – har bir taktda bolalar havoda katta doiralar chizadilar. Oldinga –yuqoirga orqaga pastga.
    Mashg‘ulot qo‘llarni havoda o‘ynatish harakatlari malakasini takomillashtiradi. Bolalarning diqqat-e’tibori musiqa kuyining birinchi va ikkinchi qismlaridagi turli xil ritmlarga qaratiladi. (Mashg‘ulot muallifi – S. Rudneva. T. Lomovaning «Tegirmon» musiqasi). 1-variant topshiriqlarga qo‘shimcha: bolalarga musiqa ohangining kuchayishi bilan qo‘l harakatlari kuchi va qulochini ham sekin-asta uzluksiz orttirib borish o‘rgatiladi.
    Bolalarning joylashish holati yuqoridagiday. 1-8 taktlari: bolalar qo‘llarini yengil tebratadilar: toq taktlarda oldinga, juft taktlarda orqaga. 9-12 taktlar:bolalar qo‘llarini aylana shaklida oldinga va yuqoriga harakatlantiradilar, shu bilan birga, tizzalar yengil prujinasimon egilishda bo‘ladi. 13-15 taktlar: qo‘llarni har bir bola harakat kuchini orttirib boradi, bir vaqtning o‘zida prujinasimon harakatlar bilan oyoq uchiga ko‘tariladilar. Qo‘llarni oxirgi marta to‘g‘riga – yuqoriga ko‘targandan so‘ng (16-taktning «bir» sanog‘i) asta-sekin mayin harakatlar bilan pastga tushiriladi.
    XULOSA

    Logopedik ritmikaning mohiyatini tushunish uchun harakat, harakatlanish ko‘nikmasi, harakatlanish malakasi, ohang, ritmika, musiqiy ohang, musiqiy-ohangli hissiyot, musiqiy-harakatlanuvchan tarbiya, harakatli o‘yinlar, kineziterapiya, davolash ritmikasi, logopedik ritmika nima ekanligini tushuntirish zarur. Turli ko‘rinishlarni aks ettirgan ushbu tushunchalar o‘zaro zich aloqada. Ular jamiyatning turli rivojlanish davrida yuzaga kelgan. Ularning mazmuni chuqurlashadi, inson to‘g‘risida turli-tuman fanlar rivojlanishi doirasida aniqlanib boradi.


    Musiqiy-ritmik mashg`ulotlarda ko’pincha mashqulotdan tashqarida ham o’tkazilishi mumkin bo’lgan qarakatli o’yinlardan foydalaniladi. Musiqiy yaxshi rivojlanmagan bolalar bilan aloqa o’rnatishda qamda ixtisoslashtirilgan majmuaviy mashqulotlarda qarakat va musiqa so’zlarini birlashtirishda ritm tarbiyachiga katta yordam beradi.Shu bilan birgalikda maxalliy olimlar izlanishlarining natijalari quyidagilarni ko’rsatadi: Bolalar qar doim qam barcha ritmik topshiriqlar uddasidan chiqa olmaydilar, masalan qamma bolalar qam murakkab bo’lmagan ritmik figuraga oqang bera olmaydilar; musiqa ritmining murakkab tizimiga – ontogenizatsiyada birdaniga yaxlit bir tizim sifatida emas, balki qadamba–qadam shakllanuvchi, murakkab tuzilmaviy sensor qobiliyat mos keladi va uning komponentlari bo’lib, ritmik rasm asosida yotuvchi tovushlar va pauzalar davomiyliklari nisbatining qabul qilinishi xizmat qildi. Bunday komponentlar – aktsentlangan va aktsentlanmagan tovush elementlari bo’lib, ular musiqiy o’lchov asosining, musiqiy tempning aniqlovchi tayanch tovushlari ketma-ketligi tezligining qabul qilinishidan iboratdir.
    Ritm tuyqusi qayot davomida ularning dvigatel modellashuvi jarayonida bo’lqusi izoqlash orqali, shu bilan birga bu jarayonning motor zvenolarini taxlash asosida yuz beruvchi sensor ritmik etalonlar sistemasini o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi.



    Download 343.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling