O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Umumiy va mayda motorikani rivojlantirish


Download 343.63 Kb.
bet9/14
Sana18.06.2023
Hajmi343.63 Kb.
#1580575
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
логоритмика

Umumiy va mayda motorikani rivojlantirish
Bolaning motorikasini oyoq, qoʻllar muvofiqligi, tana muvozanatini sezishi, bolaning oʻz gavdasini tutishi, harakatlarni bajarish darajasi, bir harakatdan ikkinchi harakatga oʻtishi, chapaqaylik, yuz ishoralari, qoʻl barmoqlari va mayda qoʻl harakatlari asosiy harakatlardir.
Taʼlimiy oʻyinlar
“Yugurish, sakrash, bir oyoqda, soʻngi ikkinchi oyoqda turish”, “Koptokni bir-biriga uloqtirish”, “Sheʼrlarni harakat bilan yod olish”, “Ipni oʻrash, ipni bogʻlash”, “Don mahsulotlarini ajratish”, “Rangiga qarab ajrat” va boshqalar.

Pashsha” mashqi.



  1. O‘ng tizzada o‘tirgan pashshaga qarash, uni tutish, kaftda his qilish, qo‘lni quloqqa olib borish. Pashshaning jaranglashini eshitish. Pashshaga taqlid qilib, nafas chiqarishda kuylash: “z-z-z”. Pashshani chiqarib yuborish, kaftni yozish, ko‘z bilan uning uchishini kuzatish, yana nafas olish.

  2. Bir vaqtning o‘zida zarbli bo‘g‘inlarni har ikkala qo‘lning ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshincha barmoqlarida navbatma-navbat qo‘lning birinchi barmog‘i bilan birlashtirish. “hushidan ketdi” so‘zida qo‘l panjalarini bo‘shashtirib ularni tushirib yuboradi.

Bu qo‘shiqni “zum”, “zu” bo‘g‘inlarida kuylanadi va bir vaqtning o‘zida qo‘l bilan dirijyorlik qilinadi. Panja egiluvchan bo‘lib, musiqadagi urg‘uni aniq ko‘rsatishi kerak.

Terak momig‘i” mashqi.


Yoz boshlandi. Kun issiq. Atrofda terak momiqlari yotibdi. Momiqni ko‘rib, unga qarash, o‘tirish, qo‘l barmoqlarining yumshoq harakati bilan ozgina momiqni yig‘ish. Barmoqlarining yengil harakati bilan momiqni bir qo‘ldan ikkinchisiga olish, uni puflash, yana ilib olib, qo‘l bilan dirijyorlik qilgancha she’r o‘qish:


Muskullar tonusini tartibga soladigan mashqlar

Bu mashqlar shug‘ullanadiganlarga o‘z muskullariga egalik qilishga, harakatlarini boshqarishni o‘rganishga imkon beradi. Bu bo‘limning mazmuniga muskullar tarangligi kuchining kam yoki ko‘pligiga nisbatan tushuncha sifatida “kuchli”, “kuchsiz” tushunchalarini bilib olish kiradi. Maktabgacha yoshdagi va kichik sinf o‘quvchilari musiqa asbobining baland va past ovozi bilan avval turgan holatda yoki uning oldida o‘tirgan holatda tanishadilar, past ovozda yumshoq harakatlar bilan bayroqchalarni pastga, baland jaranglashda bayroqchalar bilan boshlari ustida ancha qattiq silkitishni bajaradilar. Bayroqchalar o‘rniga baraban, do‘mbira, chambarak, lentadan foydalanish mumkin. So‘ngra mashqlar qiyinlashadi. Bolalar narsalar bilan vazifalarni yurish, chopish, sakrash jarayonlarida bajaradilar. Masalan, bolalar asbobning kuchli sadolarida aylana bo‘ylab bayroqchalarni silkitib yuradilar, past tovushda to‘xtaydilar, ularni orqalariga yashiradilar. Har xil jaranglashni qadam tashlash bilan ham belgilash mumkin: bolalar baland jaranglashga to‘liq tovonda, past ovozda – oyoq uchida yuradilar. Nihoyat, jaranglar kuchini almashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan oyoqlar uchun bir jaranglash, qo‘llar uchun boshqa jaranglashlar taklif qilinadi. Turlicha qurilishli mashqlar beriladi. Bu bolalarni jamoada ishlashga o‘rgatadi.



Download 343.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling