O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 343.63 Kb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi343.63 Kb.
#1580575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
логоритмика

Logopedik ritmikada usullar

Logoritmik mashg‘ulotlarda korreksion ta’lim va tarbiyada ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy usullardan foydalaniladi.


Ko‘rgazmali usullar hissiy qabul qilish va harakatli his-tuyg‘uning yaqqolligini ta’minlaydi. Har bir usul vazifaning umumiyligi va uning yechimiga yagona yondoshuvni birlashtiruvchi turli-tuman yo‘llarning bir butun majmuiga ega. Harakat qiluvchi harakatlarga o‘rgatish jarayonida uslubiy yo‘llar harakatli materiallarni o‘zlashtirish darajasini, bolalar va kattalarning umumiy rivojlanishi, ularning jismoniy holati, yosh va tipologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
Shunday qilib, harakatga o‘rgatishda turlicha yo‘llardan foydalaniladi:
a) yaqqol-ko‘rish – pedagog tomonidan harakat namunasi yoki uning alohida harakatli elementini ko‘rsatish, atrofdagi hayotiy namunalarga taqlid qilish, ko‘rgazmali qo‘llanmalar (kinofilmlar, fotografiyalar, teleko‘rsatuvlar, kartinalar va h.k.), borliqni yengishda ko‘rish orientiridan foydalanishni ko‘rsatish;
b) taktil-muskul – turlicha qo‘llanmalarga harakatli faoliyatni kiritish. Masalan, yurishda yo‘lga oyoqni baland ko‘tarish uchun to‘siq qo‘yiladi. “To‘siqqa tegib ketmaslik” yo‘riqnomasi patsient ongida xatolikka yo‘l qo‘yganida o‘zining suyak-muskulida his qilishiga bog‘lanadi. Agar to‘siqqa tegib ketsa patsientning o‘zi harakatlarining xato ekanini aniqlaydi. Taktil-muskul aniqliklari ham badanning alohida qismlaridagi holatni aniqlaydigan pedagogning bevosita yordamida yuzaga chiqadi, masalan, pedagog qo‘lini tegizish bilan qomatni to‘g‘rilaydi;
v) yaqqol-eshitish – harakatni tovushlar orqali boshqarish. Eng yaxshi eshitish aniqligi instrumentli musiqa yoki qo‘shiq hisoblanadi. Harakatlarni boshqarish uchun xalq pichinglari, ikki-to‘rt qatorli shakldagi she’rlar, doira, qo‘ng‘iroqcha tovushi va h.k.
Og‘zaki usullar shug‘ullanuvchining ongiga murojaat qiladi, ular qo‘yilgan vazifani fikrlash va harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarishga yordam beradi.
Og‘zaki usulda quyidagi yo‘llardan foydalaniladi:

  • shug‘ullanuvchida mavjud bo‘lgan hayotiy tajriba va tasavvurga tayanib yangi harakatni qisqacha tushuntirish;

  • harakat yoki uni aniqlashtiruvchi alohida elementlarni aniq ko‘rsatish orqali tushuntirish;

  • shug‘ullanuvchilar bilan mashqlarni mustaqil bajarishda yoki pedagog tomonidan ko‘rsatilgan harakatlarni yuzaga chiqarishda zarur bo‘ladigan ko‘rsatmalar;

  • yangi mashqlar va harakatli o‘yinlarni kiritishda harakatlantiruvchi harakatlarni tushuntirish talab qilinganida, harakatli o‘yinlar syujetini aniqlashtirishda suhbatlashish;

  • ular tomonidan harakatning ketma-ketligini anglash uchun harakatni bajargunigacha yoki harakatli o‘yinlar syujetining obrazlari to‘g‘risida ularning tasavvurlarini tekshirgunigacha mashg‘ul bo‘ladigan masalalar, qoidalarni, o‘yinli harakatlarni aniqlash va h.k.;

  • pedagogdan talab qilinuvchi turli intonatsiya va dinamikali buyruqlar, ko‘rsatmalar va signallar. Buyruq, signal sifatida o‘zbek xalq ijodi juda boy bo‘lgan sanoq o‘yinlari, o‘yinli boshlanmalardan foydalanish mumkin;

  • og‘zaki yo‘riqnoma yordamida avvalgi taassurotlar izlarining yangi uyg‘unlashuv va kombinatsiyalarda jonlanishi yuz beradi, og‘zaki ko‘rsatmalar va tushuntirishlar yordamida yangi vaqtinchalik aloqalar vujudga kelishiga, yangi bilim va malakalar shakllanishiga imkon tug‘iladi.

Bolada harakatlanuvchan malakalarning shakllanishi uning mashqlar mazmuni va tuzilmasini qanchalik anglashi darajasiga bog‘liq.
Amaliy usullar shaxsiy muskul-motorli hissiyotlarda harakatni qabul qilishning to‘g‘riligini haqiqatda tekshirishni ta’minlaydi. Turli-tumanlik o‘yinli va musobaqali usullar hisoblanadi.

Download 343.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling