Toʻgʻri nafasni rivojlantirish
Nafas boʻlimiga koʻkrak qafasi, bronxlar, traxeya kiradi. Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bogʻliqdir. Shuning uchun nutq kamchiliklarni bartaraf etishda nafas mashqlarning ahamiyati juda katta.
Nafas olib chiqarish 4 bosqichdan iborat
1.Burundan nafas olib, ogʻizdan chiqarish
2.Burundan nafas olib, burundan chiqarish
3.Ogʻizdan nafas olib, ogʻizdan chiqarish
4.Ogʻizdan nafas olib, burundan chiqarish
Taʼlimiy oʻyinlar:“Futbol”, “Shar puflaymiz”, “Shamni oʻchiramiz”, “Gulni hidlaymiz”, “Kapalaklarni uchiramiz”, “Kim uzoqqa uchirish”, “Bir nafasda tez aytishni yod ol” va boshqalar.

Artikulyatsion apparatni rivojlantirish
Nutq apparatining artikulyatsion boʻlimiga til, lablar, jagʻ, qattiq va yumshoq tanglay, alveolalar kiradi. Artikulyatsion mashqlar aniq, toʻliq, meʼyorda bajarishga qaratiladi.
Taʼlimiy oʻyinlar
“Belkurakcha”, “Kosacha”, “Ignacha”, “Tepacha”, “Yelkancha”, “Qoʻziqorin”, “Soatcha”, “Argʻimchoq”, “Boʻyoqchi”, “Iloncha”, “Ot”, “Mazali murabbo”, “Naycha”, “Baraban”, “Qurbaqa”, “Begemot”, “Fil”, “Shar”, “Tishimizni tozalaymiz”, “Blinchik” “Deraza”, “Tilimizni jazolaymiz”, “Tilimizni ragʻbatlantiramiz” va boshqalar.
Korreksion pedagogik ishlarga oid oʻyinlar
Ovozni rivojlantirish
Nutq apparatining ovoz boʻlimi hiqildoq va ovoz paychalaridan tashkil topgan. Ovoz kuchga, balandlikka va tembrga ega. Nutq rivojlanishida ovozning oʻrni muhim.
Taʼlimiy oʻyinlar
-hayvonlar ovoziga taqlid qilish; moʻ-moʻ, vov-vov, myau-myau, be-be, ...
-sheʼr, sanamalar, ashulalarni baland, oʻrta, past ovozda yod olish
-gapdagi soʻzlarni urgʻu bilan baland ovozda gapirish
Do'stlaringiz bilan baham: |