O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori
II. Qarz majburiyatlarini chiqarish va ularni so‘ndirish bo‘yicha operatsiyalar hisobi
Download 98.51 Kb.
|
Банк ишши2
II. Qarz majburiyatlarini chiqarish va ularni so‘ndirish bo‘yicha operatsiyalar hisobi
19. Tijorat banklari qonunchilik hujjatlariga muvofiq obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va bozorda muomalada bo‘ladigan boshqa qarz qimmatli qog‘ozlarini chiqarishi mumkin. Bank tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining hisobi ularning nominal qiymati bo‘yicha 23600 — «Bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar» balans hisobvarag‘ining tegishli hisobvaraqlarida yuritiladi. 20. Hujjatsiz yoki hujjatli qimmatli qog‘ozlarning blankalari Markaziy depozitariyda hisobga olinganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
21. Qimmatli qog‘ozlar nominal qiymati bo‘yicha joylashtirilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
22. Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan yuqori bahoda sotilganda sotish bahosi va nominal qiymat o‘rtasidagi farq (mukofot) 23696 — «Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot (premiya)» hisobvarag‘ining kreditiga sotish kunida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:
Bir vaqtning o‘zida blanka yozib berilganda yoki investorning depo hisobvarag‘iga o‘tkazilganda, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
23. Qimmatli qog‘oz nominal qiymatidan past bahoda sotilsa, nominal qiymati va sotish bahosi o‘rtasidagi farq (diskont) 23698 — «Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-passiv)» hisobvarag‘ining debetiga sotish sanasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali o‘tkaziladi:
Diskontlar balans hisobotida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning umumiy summasidan chegirma ko‘rinishida aks ettiriladi. 24. Mukofotni amortizatsiya qilish va foizli daromadlarni tan olish hamda diskontni amortizatsiya qilish va foizli xarajatlarni tan olish real foiz stavkalarini qo‘llagan holda «Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risida»gi nizomga (2004 yil 30 yanvar, ro‘yxat raqami 1306 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 yil yanvar, 4-son) muvofiq amalga oshiriladi. 25. Agar qimmatli qog‘ozlar foizlarni to‘lash davrlari orasida sotilgan bo‘lsa, sotilgan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli majburiyatlar quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali sotish sanasida hisobga olinadi:
26. Qimmatli qog‘ozlar so‘ndirish yoki qayta sotish shartlari bilan sotib olinganda, qimmatli qog‘ozlar balansdan chiqariladi. Agar sotib olish balans qiymatida bo‘lsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi: a) ilgari nominal qiymatda sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:
b) ilgari diskont bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:
v) ilgari mukofot bilan sotilgan qimmatli qog‘ozlar sotib olinganda:
g) hisoblangan foizlarni to‘lashda:
27. Agar bank qimmatli qog‘ozni nominal qiymatidan past bahoda sotib olsa, nominal qiymat va sotib olish bahosi o‘rtasida ijobiy farq 45994 — «Boshqa foizsiz daromadlar» hisobvarag‘ining «Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalardan olingan daromadlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ining kreditida aks ettiriladi. Agar bank tomonidan qimmatli qog‘oz balans qiymatidan yuqori bahoda sotib olinsa, balans qiymati va sotib olish bahosi o‘rtasidagi salbiy farq 55995 — «Boshqa foizsiz xarajatlar» hisobvarag‘ining «Chiqarilgan qarz majburiyatlari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha qilingan xarajatlar» alohida shaxsiy hisobvarag‘ining debetida aks ettiriladi. 28. Agar bank qimmatli qog‘ozni bekor qilish maqsadida sotib olgan bo‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar 1 so‘m shartli bahoda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hisobga olinadi:
29. Agar bank qimmatli qog‘ozlarni qayta sotish maqsadida sotib olgan bo‘lsa, u holda qimmatli qog‘ozlar 90337 hisobvarag‘ida nominal qiymat bo‘yicha, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali kirim qilinadi:
Download 98.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling