O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining q a r o r I


Download 256.04 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi256.04 Kb.
background image
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 

Q A R O R I 

 

Bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi 



Oliy Majlisi Senatining a’zosi saylovini o‘tkazish to‘g‘risida 

 

O‘zbekiston  Respublikasining  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisiga 



saylov to‘g‘risida”gi Qonuni 61-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 

saylov  komissiyasi  to‘g‘risida”gi  Qonuni  5-moddasiga  muvofiq  O‘zbekiston 

Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi  

 

Q A R O R Q I L A D I: 

 

1.

 



Bo‘shab  qolgan  o‘ringa  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senatining 

a’zosi  saylovini  o‘tkazish  bo‘yicha  Toshkent  viloyati  davlat  hokimiyati  vakillik 

organlari  deputatlarining  qo‘shma  majlisi  2016-yil  26-mart  kuni  soat  10-00da 

Toshkent  viloyati  Chirchiq  shahri  Kimyogarlar  madaniyat  saroyi  binosida 

o‘tkazilishi belgilansin. 

 

2.



 

Mazkur  qaror  xalq  deputatlari  Toshkent  viloyati  Kengashiga  ijro  uchun 

yuborilsin. 

 

3.



 

Ushbu  qaror  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasining 

rasmiy  veb-saytida  hamda  “Toshkent  haqiqati”  va  “Tashkentskaya  pravda” 

gazetalarida e’lon qilinsin. 

 

 

 



Markaziy saylov komissiyasi  

Raisi                                                                                                M.Abdusalomov 

 

Toshkent shahri, 



2016-yil 16-mart, 

№ 719. 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling