O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Download 44.76 Kb.
|
1136 08.05.2002
§ 10. Yakuniy qoidalar
112. Korxonaning bosh buxgalteri komissiya bilan bir qatorda nafaqa to‘lash bo‘yicha mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgardir. Agar nafaqa tayinlash yoki xodimning umumiy ish stajini aniqlash paytida qonunchilikda ko‘zda tutilgan qoidalar buzilishiga yo‘l qo‘yilgan yoki to‘lov uchun taqdim qilingan hujjatlar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa bosh buxgalter to‘lovni amalga oshirmay, ularni yo‘l qo‘yilgan xatolar to‘g‘risidagi yozma bayonnomasi bilan ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga qaytarib berishi shart. 113. Hududiy soliq organlarining talabiga binoan korxona ma’muriyati tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan nafaqalarga oid hujjatlarni taqdim etadi. Boshqa davrlar bo‘yicha tekshirishlar nafaqalar to‘lanadigan mablag‘larni sarf qilishda suiiste’mollik fosh etilgan taqdirda o‘tkaziladi. Barcha tekshirishlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 114. Ish beruvchi tomonidan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi oqibatida xodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi aniqlansa, korxona ma’muriyati budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushbu shikastlanish va kasallik sababli berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqani to‘lashga ketgan barcha xarajatlarni qoplashi lozim. Oldingi tahrirga qarang. 115. Nafaqalarni to‘lash uchun qilingan xarajatlar qonunchilikka xilof ravishda amalga oshirilganda korxona, tashkilot, muassasalar tomonidan qilingan xarajatlar Pensiya jamg‘armasi hisobiga o‘tkazilgan badallar hisobiga qabul qilinmaydi va ular korxona hisobiga yozib qo‘yiladi. (115-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 15-maydagi 49-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1136-1, 20.03.2003-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2002-yil 9-son) 116. Vakil qilingan ijtimoiy sug‘urta komissiyasi a’zosi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin. Komissiyaning qarori ustidan tuman va shahar soliq organlariga va ijtimoiy ta’minot bo‘limlariga shikoyat qilinishi mumkin. 117. Nafaqalarni noto‘g‘ri hisoblash va belgilash hamda to‘lash ustidan shikoyat tuman, shahar sudiga berilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 118. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, Sog‘liqni saqlash vaziri, Markaziy bank raisi, Davlat Soliq qo‘mitasi raisi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi bilan kelishilgan. (118-band O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2003-yil 15-maydagi 49-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1136-1, 20.03.2003-y.) tahririda — O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2002-yil 9-son) Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling