O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti r. M. Maxmudov, G‘. Z. Ikmatullayev harbiy pedagogika


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI


Download 493.41 Kb.
bet34/42
Sana08.06.2023
Hajmi493.41 Kb.
#1465703
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
Harbiy pedagogika

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEKSI


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-songa ilova
4-modda. Oilaning, onalik, otalik va bolalikning muhofaza qilinishi
O‘zbekiston Respublikasida oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasidadir.
O‘zbekiston Respublikasida onalik va otalik izzat-ikromga hamda hurmatga sazovordir.
Ona va bola manfaatlarini muhofaza qilish ayollarning mehnati va sog‘lig‘ini saqlashga doir maxsus tadbirlar ko‘rish, mehnatni onalik bilan bog‘lab qo‘shib olib borish uchun ayollarga sharoit yaratish, onalik va bolalikni huquqiy himoya qilish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan ta’minlanadi.
8-modda. Oilaviy munosabatlarda mahalliy urf-odat va an’analarning qo‘llanilishi
Qonun hujjatlarida oilaviy munosabatlarni tartibga solishga oid tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari tamoyillariga zid bo‘lmagan mahalliy urf-odat va an’analar qo‘llaniladi.
19-modda. Oilada er va xotinning teng huquqliligi
Er va xotin oilada teng huquqlardan foydalanadilar va ular teng majburiyatlarga egadirlar.
20-modda. Er va xotinning familiya tanlash huquqi
Nikoh tuzish vaqtida er va xotin o‘z xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha bo‘lgan o‘z familiyasini saqlab qoladi.
Er va xotindan birining o‘z familiyasini o‘zgartirishi boshqasining ham familiyasi o‘zgarishiga olib kelmaydi.
21-modda. Er-xotinning bolalar tarbiyasi va oila turmushi masalalarini hal qilishi
Bolalar tarbiyasi va oilaviy turmushning boshqa masalalarini er va xotin birgalikda hal qiladilar.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI


Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2018 yil 2 fevral, PF-5325-son

6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (keyingi o‘rinlarda «Oila» markazi deb yuritiladi) va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazi negizida tashkil etilsin hamda quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:


oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, «Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat» konseptual g‘oyasini hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, bu sohada normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishini, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish masalalarini kompleks o‘rganishni tashkil etish, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va samarali tatbiq etish;
zamonaviy oilani rivojlantirish, oilaning ichki munosabatlari, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish, ular asosida oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilish asosida zamonaviy namunali oilaning mezonlarini belgilash, shuningdek, zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda «Oila jamiyat va davlat himoyasida» konstitutsiyaviy prinsipini keng targ‘ib etish va jamiyatga singdirish ishlarini olib borish;
davlat organlari, xotin-qizlar qo‘mitalari va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda notinch va muammoli oilalarni aniqlash va ularning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash va milliy mentalitetga zid bo‘lgan turli yot xavf-xatarlarga qarshi turish maqsadida ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish;
oila-nikoh munosabatlari sohasida amaliyotni o‘rganish va tajriba almashish borasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish.



Download 493.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling