Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi va uning faoliyati takomillashtirish tamoyillari
Download 39.08 Kb.
|
1 2
Bog'liqOʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi va uning faoliyati takomillashtirish tamoyillari
Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi va uning faoliyati takomillashtirish tamoyillari. Milliy gvardiya brigadasi tashkil etilib, mamlakat Mudofaa ishlari vazirligi tasarrufiga berilgan edi. 2021-yil fevral oyida Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati tugatilib, Milliy gvardiya qoʻriqlash bosh boshqarmasi tashkil etildi O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarigacha faoliyat ko‘rsatgan va jamoat xavfsizligini saqlash. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etildi. 1992-yil 23-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29-son qarori bilan, „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida“gi (1991-yil 31-avgust) qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-son harbiy qismi negizida Milliy gvardiya brigadasi tashkil etilib, mamlakat Mudofaa ishlari vazirligi tasarrufiga berilgan edi. 2017-yil avgust oyidan eʼtiboran Milliy gvardiya mamlakat Qurolli kuchlari tarkibidagi mustaqil qoʻshin turi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. 2018-yilda ichki ishlar tizimidagi harbiy texnika oliy bilim yurti Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy texnika instituti etib qayta tashkil etildi. Institut tomonidan yuqori malakali ofitserlar tayyorlanadi. 2019-yil yanvar oyida Ichki ishlar vazirligi Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi tasarrufidan chiqarilib, mamlakat Milliy gvardiyasi tarkibiga oʻtkazildi. 2021-yil fevral oyida Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati tugatilib, Milliy gvardiya qoʻriqlash bosh boshqarmasi tashkil etildi[3]. O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya tarixi va faoliyati] O‘zbek davlatchiligi tarixi va taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash hamda davlat ob’yektlarini qo‘riqlash muhim vazifa hisoblangan. Tarixiy manbalarda sohaga doir qabul qilingan hujjatlar asosida, mamlakatda ichki xavfsizlikni ta’minlash maqsadida faoliyat olib borgan tuzilmalarning nomi, boshqaruv strukturasi, vazifalari va xizmat faoliyati doimiy ravishda o‘zgarib borganligi kuzatiladi. Bugungi kunda jamoat tartibini saqlash, aholi tinchligi xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda ichki qo‘riqlash kabi vazifalarni amalga oshirayotan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarixi aynan shu sohaga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tarkibida boshlangan. «Gvardiya» so‘zi – qo‘riqlamoq, saqlamoq degan ma’noni anglatadi. Gvardiya dastlab harbiy boshliqning shaxsiy soqsichi vazifasini o‘tagan bo‘lsa, keyinchalik gvardiyadan jangovar kuch sifatida foydalanila boshlangan hamda bu so‘z qo‘shinlarning alohida saralangan qismini anglata boshladi. Gvardiya mazmunidagi askariy qism O‘rta Osiyo xalqlarida ham mavjud bo‘lgan. Masalan, Somoniylar davlati qo‘shinida “turk g‘ulomlari”, "Amir Temur qo‘shinining bahodirlari" qismi shular jumlasidandir. Tarixiy ma’lumotlarda jandarm turkumidagi bunday qo‘shin turidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash, ichki qo‘riqlash maqsadida foydalanilganligi ma’lum. 1918-yil 28-noyabrda Turkiston Respublikasida Ichki va tashqi ishlar komissarligi tashkil etilishi bilan, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat organlari faoliyatida yangi davr boshlandi. Download 39.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling