O'zbekiston respublikasi milliy iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishi. Reja


Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi


Download 103.95 Kb.
bet3/5
Sana26.10.2023
Hajmi103.95 Kb.
#1723553
1   2   3   4   5
Bog'liq
O

3. Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi.

  • O'zbekiston 1991 yil 31 avgustda o'z mustaqilligini e`lon qildi va o'zining chinakam yangi taraqqiyot davrini boshladi. Respublikamizning siyosiy mustaqillikka erishuvi, mamlakatimiz iqtisodiy hayotida ham keskin o'zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardan boshlab, bir tomonlama rivojlanishga qaratilgan planli iqtisodiyotdan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish yo’liga o'tildi.

  • Bizga ma`lumki mamlakatimiz iqtisodiyoti ko’p tarmoqli hududiy ishlab chiqarish majmuidan iborat bo’lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg’i, mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi.

  • O'zbekiston O'rta Osiyo davlatlari orasida iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo’lgan imkoniyatlar mavjudligi jihatidan ajralib turadi. Eng avvalo tabiiy geografik sharoitning qulayligi zaminimizda Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarining topilganligi, serunum yerlarimiz borligi va ayniqsa xalqimizning mehnatsevarligi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rivoj topishiga olib kelgan.

  • Respublika iqtisodiyoti o'zining ma`lum tarixiga ega. Sobiq Ittifoq mavjudligida hayotning barcha jabhalari markaz tomonidan "tartibga" solinib turilar edi. Har qanday katta-kichik masalalar markaz aralashuvisiz bajarish mushkil edi. Qator asosiy boyliklarimiz, jumladan, oltin, paxta kabilarning taqdiri markaz ixtiyorida edi.

  • Mamlakatimiz mustaqillikka erishuvi tufayli yuqorida aytib o'tilgan kamchilik-nuqsonlarni tugatish borasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hayotimizning barcha jabhalarida, shu jumladan iqtisodiyotda katta ijobiy o'zgarishlar ro’y berdi.

  • Respublikamizda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos modeli shakllantirildi. Ushbu modelning eng asosiy tomonlari mamlakatimiz Prezidenti asarlari va farmonlarida, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar, hukumat qarorlarida o'z aksini topgan.

  • I.A.Karimov tomonidan olg’a surilgan besh tamoyil o'z mohiyatiga ko’ra katta o'rin tutadi. Bu tamoyillar iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi; davlatning bosh islohotchi bo’lishi; hayotning barcha sohalarida qonunning ustuvorligi; kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirilishning zarurligi; bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tishdan iboratdir. Mazkur tamoyillar davlatimiz va iqtisodiyot tarmoqlari taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Ularni hayotga tadbiq qila borish tufayli turli jabhalarda, shu jumladan iqtisodiy rivojlanish borasida sezilarli ijobiy natijalar qo’lga kiritilmoqda. Sanoat va qishloq xo’jalik tarmoqlari rivoj topmoqda.

  • Bozor iqtisodiyoti talablari Respublikada o'rta va kichik biznes faoliyati, tadbirkorlik, ishbilarmonlik keng tus olmoqda, mulkchilikning turli shakllari vujudga kelmoqda, ishlab chiqarishda davlat tasarufidagi faoliyatlar doirasi toraya borib nodavlat sohasi keng rivojlanmoqda.

  • Endilikda mamlakat iqtisodiy salohiyatida turli xil mulkchilik formalari shakllanmoqda. Xo’jalik yurituvchi sub`ektlar tarzida faoliyat ko’rsatayotgan ushbu korxonalarning soni yil sayin ortib bormoqda. 2001 yilda respublika hududida 99,8 ming o'rta va kichik biznes korxonalari mavjud bo’lib, ularning ko’pchiligi Toshkent shahri (15,3 %), Samarqand (10,2 %), Toshkent (8,5 %), Farg`ona (8,5 %) va Andijon (8,2 %) viloyatlarida joylashgan. Xo’jalik yurituvchi sub`yektlarning mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllari tarkibida davlat korxonalari 11,2, jamoa korxonalari 40,3, xususiy korxonalar 45,1, qo’shma va chet el korxonalari 1,9 foizni egallaydi.

  • Davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalarning ko’pchiligi qurilish (35,7 %), sog`liqni saqlash (14,9 %), sanoat (10,4 %) hamda qishloq xo’jaligi (8,9 %), savdo (8,4 %) sohalariga to’g`ri keladi. O'zbekiston iqtisodiyoti tubdan isloh qilinishi bilan uning yetakchi tarmoqlarida, bir tomondan, yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmida keskin o'zgarishlar kuzatilmoqda, ikkinchi tomondan esa, yil sayin davlat sektorining hissasi nodavlat sektoriga nisbatan tushib borishi kuzatilmoqda.


  • Download 103.95 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling