O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining korrupsiyaga oid harakatlar to‘g‘risida axborot berish uchun aloqa kanallari orqali kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va qayta ishlash


Download 336.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana01.03.2023
Hajmi336.79 Kb.
#1239916
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 Коруп. хабарларни қабул килиш Низом

konfedensiallik va xavfsizlik 
– aloqa kanallaridagi xabarlardan foydalanishga 
ruxsat berilgan Pensiya 
jamg„armasining barcha vakolatli shaxslari ushbu xabarlarni 
vakolatga ega 
bo„lmagan shaxslarga berish (oshkor qilish) ga haqqi yo„q. Agar murojaatchi 
o„z xabarini yuborganligi xaqida boshqa xodimlarga yoki uchinchi shaxslarga o„z xohishiga 
ko„ra, jumladan, ehtiyotsizligi natijasida oshkor qilgan bo„lsa, Pensiya jamg„armasi uning 
oshkor 
bo„lishiga javobgar bo„lmaydi; 
qonuniylik 
– Pensiya jamg„armasi aloqa kanallariga kelib tushadigan xabarlarni 
qabul qilish, 
ro„yxatga olish, qayta ishlash va ko„rib chiqish qat‟iy ravishda O‟zbekiston 
Respublikasi qonunchiligi talablari va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi; 
murojaatchining 
ta’qib qilinmasligi – aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy 
harakatlar haqida 
o„z xohishiga ko„ra xabar bergan jismoniy va yuridik shaxs, xususan 
Pensiya 
jamg„armasi xodimi xabarning mazmunidan qat‟i nazar biron-bir javobgarlikka 
tortilmaydi; 
murojaatchi bilan majburiy tartibdagi qayta aloqa 
– agar xabar anonim 
bo„lmasa, uni ko„rib chiqish natijalari Pensiya jamg„armasi tomonidan murojaatchiga 
yetkazilishi lozim; 
ta’sir choralarini qo‘llashning majburiyligi – korrupsiya fakti tasdiqlangan 
taqdirda, Pensiya 
jamg„armasi aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish uchun O‟zbekiston 
Respublikasi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladi. 
 



2-bob. Korrupsiyaga oid harakatlar haqida axborot
berish uchun aloqa kanallari 
5. Taaluqli xabar quyidagi aloqa kanallaridan yuborilishi mumkin: 
Pensiya 
jamg„armasining rasmiy veb-sayti (www.pfru.uz) yoki elektron pochtasi 
(
pension_uz@pfca.mf.uz
) orqali; 
Pensiya 
jamg„armasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanal va sahifalari orqali 
(Facebookdagi rasmiy sahifasi https://www.facebook.com/pensiyaUzbRes);
Pensiya 
jamg„armasining ishonch telefon raqami orqali (11-40); 
Pensiya 
jamg„armasining 
telegram 
boti 
(@pensiyauzbot, 
@Pensiya_anticorrup_bot); 
Pensiya 
jamg„armasiga og„zaki (shaxsan) murojaat qilish; 
huquqni mahofaza qiluvchi organlar orqali; 
mazkur Nizomda 
ko„rsatilmagan boshqa aloqa kanallari. 
6. Pensiya 
jamg„armasi aloqa kanallari to„g„risidagi axborotni rasmiy veb-sayt, va 
ijtimoiy tarmoqdagi sahifa va kanallariga joylashtiradi, shuningdek, xodimlarga davriy 
ravishda yuboriladigan elektron xatlar tarqatmalariga va 
o„quv materiallariga kiritadi, 
Pensiya 
jamg„armasi binosida joylashtiriladigan tematik plakatlar va hokazolarda aks 
ettiradi. 

Download 336.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling