O’zbekiston respublikasi mudofa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti


Download 13.94 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi13.94 Kb.
#1023351
Bog'liq
KU 1-topshiriq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFA VAZIRLIGI AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA ALOQA HARBIY INSTITUTI
Kriptografik Usullar fanidan


Topshiriq № 1

Mavzu: Kriptografik tizimlarga qo‘yiladigan talablar.
Topshirdi: Kursant Daminov Sh.E.
Tekshirdi: Katta Leytenant Turapov Sh.N.

Toshkent- 2022


Kriptografik tizimlarga qo‘yiladigan talablar.
Аxborotlar tizimi muhofazasining zamonaviy kriptografik uslublariga quyidagi umumiy talablar qoʼyiladi:
▪ shifrlangan maʼlumotni asl nusxasiga ega boʼlish imkoniyati faqat deshifrlash kaliti maʼlum boʼlgandagina mumkin boʼlsin;
▪ foydalanilgan shifrlash kalitini shifr matnning biror maʼlum qismi boʼyicha yoki unga mos keluvchi ochiq qismi boʼyicha aniqlash uchun, bajarilishi zarur boʼlgan amallar soni kalitni aniq topish uchun bajarilishi kerak boʼlgan barcha amallar sonidan kam boʼlmasligi kerak, yaʼni kalit tanlab olinishi kerak boʼlgan toʼplam elementlarining sonidan kam boʼlmasligi kerak;
▪ shifrlash algoritmining maʼlumligi uning bardoshliligiga salbiy taʼsir koʼrsatmasligi kerak;
▪ kalitning har qanday darajadagi (ozmi, koʼpmi) oʼzgarishi shifrlangan maʼlumotning jiddiy oʼzgarishiga olib kelishi kerak;
▪ shifrlash algoritmi tarkibidagi elementlar oʼzgarmas boʼlishi kerak;
▪ shifrlash jarayoni davomida maʼlumotlarga kiritiladigan qoʼshimcha bitlar (elementlar) shifrlangan matnda (maʼlumotda) toʼla va ishonchli holda qoʼllanilgan boʼlishi kerak;
▪ shifrlash jarayonida qoʼllaniladigan kalitlar orasida sodda va osonlik bilan oʼrnatiladigan bogʼliqliklar boʼlmasligi kerak;
▪ kalitlar tarkibi toʼplamidan olingan ixtiyoriy kalit axborotning ishonchli muhofazasini taʼminlashi kerak;
▪ kriptoalgoritm dasturiy hamda texnik jihatdan amaliy qoʼllanishga qulay boʼlib, kalit uzunligining oʼzgarishi shifrlash algoritmining sifatsizligiga olib kelmasligi kerak.
Download 13.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling