Amaliy mashg‘ulotlari
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘rganuvchilar Morze alifbosi belgilarini o‘rganish, kodli qisqartmalarni o‘rganish, eshitib qabul qilishning vazifalari va bosqichlari, eshitib qabul qilishda belgilarni o‘rganish tartibi. Kalit bilan uzatish. Telegraf alifbosi belgilarini uzatish tartibi, telegraf kalitining tuzilishi, kalitni ushlash qoidasi, kodlangan gaplar va qisqartmalarni eshitib qabul qilish, qabul qilish tezligini oshirish, kodli qisqartmalarni o‘rganish, uzun va qisqa signallarni uzatish, SHEXM (R-010 datchigi) bilan uzatish, o‘quv mashq xaritalari bilan ishlash bo‘yicha olgan bilimlarini mustahkamlashlari va amalda mustaqil ishlashlari lozim.
Ta’lim jarayonida kursantlarning o‘z kuchiga ishongan xolda maxsus apparaturalarda ishonchli ishlashi va zamonaviy janglarda barqaror aloqani ta’minlash qobiliyatlarini tarbiyalash. Kursantlarda aloqa texnikalariga mehr uyg‘otish, ularga to‘g‘ri texnik xizmat ko‘rsatishni va ularni avaylash ko‘nikmalarini hosil qilish.
Kursantlar bilan amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda barcha mashg‘ulotlar va o‘quvlarda jangovar harakatlarga yaqin shartlarda almashib takomillashtirish.
Bo‘ysunuvchilarni o‘rganish bo‘yicha barcha mashg‘ulotlarda kursantlarning uslubiy ko‘nikmalarini takomillashtirish.
Fanni o‘rganish jarayonida asosiy e’tiborni «Aloqa qo‘shinlari uchun me’yorlar to‘plami»dagi alohida me’yorlarni va o‘quv topshiriqlarini amaliy bajarilishiga qaratish lozim.
O‘quv dasturini kursantlar tomonidan o‘zlashtirilishining joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar orqali amalga oshiriladi. Joriy nazorat seminarlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish davomida olib boriladi.
Oraliq va yakuniy nazoratlar Ilmiy kengash tomonidan tasdiqlangan reja asosida o‘tkaziladi
Yakuniy nazorat fanning kursantlar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganini aniqlash uchun imtihon shaklida har semestr yakunida o‘tkaziladi.
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim jarayonida tinglovchi va kursantlar tomonidan tayyorlanadigan yakuniy ishlar shakli turli ko‘rinishlarda (referat, prezentasiya, esse, mustaqil (ijodiy) ish, muammoli ma’ruza va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |