O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish


Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat'iy bo'lib qola-veradi»


Download 1.87 Mb.
bet17/172
Sana18.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1565072
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   172
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan

Bundan keyin ham biz uchun shu tamoyil qat'iy bo'lib qola-veradi».
Prezident Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahami­yatiga molik bo'lgan davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko'rsatib berdi. Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, fu-qarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma'naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e'tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo'lishini alohida ta'kidladi.
Tabiiyki, ushbu qoidalar O'zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yo'llarini belgilab berish uchun asos bo'lib xizmat qildi. Ma-salaga ana shunday yondashish - mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib-intizomga rioya qilish, qonun ustuvorligiga intilish mam­lakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta'minlashda muhim omil bo'ldi.
Davlat O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'lini ishlab chi-qar ekan, o'tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo'lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog'da 90-yillar boshlarida, ya'ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va ijtimoiy larzalarsiz, evolutsion yo'l bilan dinamik taraqqiyot yo'liga o'tish - tanlab olingan yo'lning asosiy mazmun va mohiyatidir, - degan xulosaga keldi.
Ma'lumki, o'zbek xalqi azaldan jamoa bo'lib, uyushib yashash-ga odatlangan, to'yda ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kun-larda bir-biriga ko'maklashgan. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatish, millatidan qat'i nazar odamlarga xayrixohlik, o'zgalarga yordam tuyg'usi o'zbek xalqiga tarixan xosdir.
Shuning uchun ham I. Karimov 1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Oliy Kengashining X sessiyasida «Istiqlol yo'llari va muammolari» mavzusida nutq so'zlar ekan, «Biz ijtimoiy taraqqiyot va yangila-nish borasida o'z yo'limiz bor, deb e'lon qildik. Bozor iqtisodiyo­tiga o'tar ekanmiz, milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqimiz urf-odatlarini, an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hi-sobga olamiz», - dedi va tub islohotlarni amalga oshirish borasida dastlabki tamoyilini belgilab berdi.
Ikkinchidan, respublikadagi o'ziga xos ma'naviy-ruhiy vazi-yatdan kelib chiqib ish tutildi. Chunki O'zbekiston aholisi va mehnat resurslari yildan yilga o'sib boruvchi mintaqa hisoblanadi. Ushbu omilning ahamiyatiga e'tibor berar ekan, Prezident shunday dedi: «Xalqimizning 60 va hatto, undan ko'proq foizi qishloq joylarida istiqomat qiladi va ularning asosiy qismi dehqonchilik sohasida ish-laydi. O'zbek zoti borki, o'tirgan joyini sovitgisi kelmaydi. Bir joy-dan ikkinchi joyga ko'chib yurishga xushi yo'q. Mehnat resurslari va ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirishda xuddi shu vaziyatni ham e'tiborda tutish kerak.
Xulosa shuki, qishloq joyda va rayon markazlarida mavjud bo'lgan ortiqcha ishchi kuchini shaharga olib kelish shart emas, balki yangi, ixcham, zamonaviy korxonalarni qishloq joylariga, ra­yon markazlariga olib borib qurishimiz zarur. Sodda qilib aytganda, odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirish lo-zim».
Uchinchidan, O'zbekiston taraqqiyot yo'lini ishlab chiqishda respublikaning qulay jug'rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi.
Darhaqiqat, tarixan O'zbekistonning hozirgi hududi juda ko'hna savdo yo'li - Buyuk ipak yo'li tutashgan, mag'rib-u mashriqni bir-biriga bog'lab turgan, turli qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jo'shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlarning bir-birini o'zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu boy, tarix sinovlaridan o'tgan tajribalarni davom ettirish, undan samarali foydalanish yo'li tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo'lga qo'yishga kirishildi.
To'rtinchidan, O'zbekistonning bozor munosabatlariga o'tishida ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko'rsatib berildi.
Chunki, sho'rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tu-shunchasi, ya'ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham dav­lat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg'usidan uzoqlashgan edi. Bu, al-batta, kishilarning mehnatga intilishini so'ndirar, ish natijasi uchun mas'uliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatar edi. Ularda boqimandalik, tekinxo'rlik illatlarini chuqurlashtirar edi. Shuning uchun, bozor mu­nosabatlariga o'tishda odamlardagi mana shu kayfiyatni e'tiborga olish kerak, deb hisoblandi. Islohotlar davrida xususiylashtirish ja-rayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllan­tirish sari dadil qadamlar qo'yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir.
Beshinchidan, hukumat mustaqil O'zbekiston siyosatini bel-gilashda islom diniga munosabatni tubdan o'zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi. Chunki din turmush tarzimizga o'chmas muhrini bosgan. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ayniqsa, musulmon davlatlari bilan o'zaro aloqalarimizni kengaytirish-da katta ahamiyatga ega, - deb ko'rsatadi.
Oltinchidan, O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta'minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma'naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imko-niyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam to'ldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va уо'1-yo'riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992-yil avgust oyi oxirida O'zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» nomli O'zbekiston mustaqilligining na-zariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu ri-sola keng jamoatchilik tomonidan ma'naviy hayotdagi yangilik va muhim qo'llanma sifatida kutib olindi. Unda O'zbekiston istiqloli-ning ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o'rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma'naviy pok-lanishining asosiy уо'1-yo'riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan ko'rsatib berildi.
Ma'lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o'tish jarayoni bir necha muhim ij­timoiy muammolar bilan uzviy bog'liq.
Bular:

  • davlatning islohotlarni o'tkazishdagi rahnamolik roli;

  • jamiyatning moddiy, ma'naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish;

  • o'rta hoi sinfhi shakllantirish;

  • xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.

Ta'bir joiz bo'lsa, bu omillarning bosqichma-bosqichligi, ularning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har birining va barcha-si bir butun bo'lgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabablarga bog'liq.
Lekin, o'tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir. Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlarni sa-farbar etish ham, o'rta hoi sinfni shakllantirish ham, xalqaro muno-sabatlarda muvafFaqiyatlarga erishish ham mumkin emas.
I. Karimov O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'lini ishlab chiqar ekan, avvalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e'tibor berdi va uning fikricha, O'zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u qanday nomla-nishidan qat'i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo'lmog'i lozim edi.
Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining aso­siy yo'nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil O'zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. «Respublikada sobit-qadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir, - deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini davom ettirib u «O`zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir», -degan qoidani ilgari surdi. Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasida-yoq qat'iy qilib o'rtaga tashlangan davlat siyosati edi. Shuningdek, yangilangan jamiyat har bir a'zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo'llarni ham ko'rsatib berdi. Jumla­dan,

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling