O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish
Download 1.87 Mb.
|
O\'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag\'ishlan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
- Tortinchidan
Birinchidan, O'zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o'ziga xos nufuzga ega bo'ldi. U o'zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko'rsata oldi.
Ikkinchidan, eng og'ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o'tish davrining o'ziga xos murakkabliklari mavjud bo'lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko'rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g'oyalar ta'sirida bo'lgan aholining talab-ehtiyojlarini o'z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat'iyatlilikni talab etadi. O'zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat'iyatni ko'rsata bildi. Uchinchidan, bozor munosabatlariga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo'lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta'minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub islohotlarning Prezident I. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashhur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jahon hamjamiyatida yuqori baholandi va to'la tan olindi. To'rtinchidan, xorijiy investitsiyani jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o'zgartirish, uni jahonning eng ilg'or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo'li tutildi. Bu O'zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o'tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o'rtasida eng to'g'ri yo'l tanlaganini ko'rsatdi. Beshinchidan, O'zbekiston hukumatining islohchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakl-langan urf-odatlari, an'analari bilan uyg'un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish кегак», «Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli bo'lishi кегак» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg'un holda dunyoga keldi. Bugungi kunda O'zbekistonning torn ma'noda ma'naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg'unligi natijasidir. O'zbekiston umumplanetar o'zgarishlar jarayonlari oqimida o'zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy yangilanishlari dasturiga ega bo'lgan mamlakat sifatida o'ziga xos va o'ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta'sir o'tkazishga qodir bo'lgan davlat sifatida o'zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi. O'zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko'lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi alohida qayd etilishi lozim. O'zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo'ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baholash, tahlil etish, hamda ilmiy-nazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O'zbekistondagi yangilanishlar rivoji o'ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy hayotni maqsadli takomillashtirish, bu muhitni umuminsoniy va milliy ta-moyillar uyg'unligi ruhida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-sharoitlar yaratish, liberalizm muhitini har tomonlama kengaytirishga da'vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlari boshlanishiga nazariy poydevor qo'yildi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs ma'naviyati dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat, o'zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog'li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo'lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy ta'sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi. Ma'lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, o'tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o'rni yana ham yaqqolroq ko'zga tashlanadi. Chunki, bu paytda ma'lum bir siyosiy tartibot ham, siyosiy qatlam ham, jamiyatni yo'naltiradigan oqim ham shakllanmagan, qarashlar bir o'zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo'lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o'z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. O'zining iymon-e'tiqodini, taqdirini u bilan bog'laydi. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o'tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bog'lanib ketgan. Davlat arbobining siyosiy qiyofasi o'tish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o'rnashgan bo'ladi. Demak, mustaqillik davri tarixini o'rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat Prezidenti I. Karimov faoliyati bilan uzviy bog'langanligini yaqqol ko'ramiz va uni sahifalarga aynan ko'chirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda I. Karimov ismi sharifi bir shaxs nasl-nasabi doirasidan chiqib, ulkan ijtimoiy-siyosiy voqelik, millat mohiyatini o'zida mujassam etgan qadriyat maqomiga ega bo'ldi. Boshqacha qilib aytganda «O`zbekiston - Mustaqillik - Islom Karimov» atamalari yaxlit, bir-birini toidirib boradigan tushunchaga aylandi. Shubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni har tomonlama chuqur o'rganish, ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma'naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy g'oyani shakllantirish, yoshlarni tarixiy an'analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko'maklashadi. Kitobni yozish jarayonida biz O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mamlakat Tashqi Ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar va Iqtisodiyot vazirliklari hamda bir qator tashkilot va muassasalarning joriy arxivlaridan, «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi»dan foydalandik. Biz mustaqillikning 20 yilligini nishonlayapmiz. O'tgan davr o'ziga xos tarix. Biroq u davom etayapti, o'zini o'zi vaqt o'tgan sari to'ldirib borayapti. Demak, mustaqillik davri tarixi yana to'ldirilib, yangi voqealar bilan boyitib boriladi. Bu ilmiy jihatdan ham, hayotiy jihatdan ham real voqelik. Kitobni tayyorlashda bir qator yirik olim va mutaxassislar o'z fikr-mulohazalari bilan qatnashdilar. Jumladan, professorlar O. Husanov, H. Odilqoriyev («Huquqiy davlat izlanishlari»), akademik S. Kamolov (Ill-bob, hammualliflikda), professor B. Qosimov («Qurolli Kuchlar - Xavfsizlik tayanchi»), S. Jo'rayev («O`zbekiston - Rossiya hamkorligi» hamda «O`zbekistonning SHHT doirasidagi faoliyati»), shuningdek, U. Mingboyev, iqtisod fanlari doktorlari V. Golishev, G. Saidova materiallaridan ham foydalanildi. Biz mualliflar amaliy va ma'naviy ko'mak bergan barcha mutaxassislarga samimiy minnatdorchilik izhor etamiz. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling