O’zbekiston respublikasi namangan viloyati Turon Xalqaro universiteti


Download 158.67 Kb.
bet5/7
Sana20.02.2023
Hajmi158.67 Kb.
#1215259
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mustaqil ish menejment.

Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bo’lgan hollarda uni bartaraf qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo’jalik faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, to’qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo’la oladi. Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham bo’ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko’p hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka asoslangan qarorni aksariyat hollarda o’zini ko’rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foiz buyruqbozlikka asoslangan bo’ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo’ysinuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o’zaro ishonchning yo’qolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
Yakdillik ko’pincha favqulodda ro’y beradigan vaziyatlarda qaror qabul qilishda, shuningdek qarshilik ko’rsatuvchi guruhlarda "Koalitsiyalar" bo’lmagan hollarda yuzaga keladi.



  1. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni

Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni 1-chizmada ko’rsatilgandek bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to’g’ri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug’iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo’lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi. Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob'ektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo’llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning echimi bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko’rsatib berilishi mumkin. Masalan, g’alla etishtirishni keskin ko’paytirish va g’alla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qo’yildi. Bir qator mulohazalar asosida donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga ko’chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko’radi.


Download 158.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling