O’zbekiston Respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Axborot  qarama-qarshiliklari  va  urushlari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/50
Sana02.01.2022
Hajmi1 Mb.
#183956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
tarixiy informatika

 Axborot  qarama-qarshiliklari  va  urushlari.  Insoniyat  tarixida  ko’p  sonli  davlatlararo, 

dinlararo,  millatlararo  qarama-qarshiliklar  bo’lgan.Afsuski,  zamonaviy  jamiyat  ham  ushbu 

qusurdan  holi  emas.  Axborotlashgan  jamiyatlarda  qarama-qarshiliklarning  an’anaviy  turlariga 

yangi  axborot  texnologiyalari  vositasida  vujudga  kelgan  turlari  qo’shildi.”Axborot  qarama-

qarshiligi”  tushunchasi  80-yilar  o’rtalarida  paydo  bo’ldi.    Ushbu  termin  ommaviy  axborot 

vositalarida  1991  yilda  Iroqqa  qarshi  AQSh  va  uning  ittifoqdoshlari  tomonidan  otkazilgan 

“Sahrodagi  bo’ron”  operatsiyasidan    keyin    keng  yoritila  boshladi.  Bu  erda  birinchi  marta 

axborot  texnologiyalaridan    jang  xarakatlari  vositasi  sifatida  foydalanildi.”Axborot  qarama-

qarshiligi” termini ochiq yoki maxfiy ko’rinishdagi material sohada manfaat ko’rish maqsadida  

tomonlarning  bir-biriga    informatsion  ta’sir  o’tkazish  ma’nosini  anglatadi.Axborot  qarama-

qarshiligi  asosida  psixologik  va  dunyoqarash  faktorlari  yotadi;  uning  metodologiyasi  axborot 

texnologiyalariga  tayanadi.  Bunday  qarama-qarshilikda  infomatsion  ta’sir  ob’ektlari  sifatida  

axborot infrastrukturasi  va dushman psixologiyasi   xizmat qiladi.Informatsion  qarama-qarshilik  

qarshi  tomon  davlat  boshqaruvi  tizimi,  uning  harbiy-siyosiy  boshqaruvi  ,  ommaviy  axborot 

vositalari  ,  jamoatchiligi,  alohida  shaxslariga  nisbatan  kompleks  ta’sir  o’tkazishni  o’z  ichiga 

oladi.  Dezinformatsiya,  axborotlarni  yashirish,  haddan  ziyod  ortiqcha  ma’lumot  tarqatish  –  bu 

axborot  qarama-qarshiligi  usullarining  to’la  bo’lmagan  ro’yxatidir.  Sistemali  tarzda  tashkil 

qilingan  informatsion  ta’sir  qarshi  tomonning  informatsion  ta’sir  o’tkazayotgan  tomon  uchun 

foydali bo’ladigan qaror qabul qilishiga olib keladi.Bunga qarshi tomon axborot tizimlariga ta’sir 

ko’rsatish  va  shu  bilan  birga  o’z  axborot  xavfsizligini  mustahkamlash    yo’li  bilan 

erishiladi.Axborot  qarama-qarshiligi  og’ir  ko’rinishi  -  axborot  urushi  hodisasidir.Axborot 

urushlarining asosiy ob’ektlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

  Davlat organlari tomonidan foydalaniluvchi aloqa va  axborot-hisoblash tarmoqlari;  



  Askarlarni boshqarish masalalarini hal etuvchi informatsion infrastruktura

  Banklar,  transport,  sanoat  korxonalarini  boshqaruvchi    informatsion  va  boshqaruv 



strukturalri; 

  Ommaviy axborot vositalari; 



  Buzilishi raqibga zarar keltirishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy boshqa axborot tizimlari.  

Oxirgi 

yillar 


tajribasi 

texnologik 

jihatdan 

rivojlangan 

mamlakatlarning 

 

harbiy 



kelishmovchiliklarda  informatsion  urushning  barcha  usullaridan  foydalanayotganlarini 

ko’rsatmoqda. 

Axborot texnologiyalarbning hayotning barcha sohalariga  ommaviy tadbiq etilishi  XX asr 

oxiri – XXI asr boshlarida insoniyatning  yangi jamiyat formatsiyasi bo’lmish “Axborotlashgan 

jamiyat” ning boshlang’ich bosqichiga qadan qo’yishiga olib keldi.Rivojlangan axborotlashgan 

jamiyat  yangi  texnologiyalar,  axborot  resurslari  va  ularni  qayta  ishlash  vositalariga  ega  bo’lib, 

o’zidan oldin mavjud bo’lgan jamiyatdan iqtisodiyoti, ijtimoiy sohasi, madaniyati, ta’lim tizimi, 

maishiy va boshqaruv sohalari jihatidan katta farq qiladi. Insoniyat oldidagi muhim vazifa ushbu 

farqlarning odamlar uchun foydali bo’lishiga erishishdan iborat.  

 

 




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling