3.MBn i loyihal ash va uning jad val
struktu ras ini tuzi sh
MBni ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini
bеlgilashdan iborat. MBni loyihalash prеdmеt sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu
tavsiflash MBga yuklash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar
majmuini va prеdmеt sohasini ifodalovchi ob'еkt va jarayonlar haqidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga
olishi lozim.
Accessda ma'lumotlar bazasini tuzish, uning birinchi jadvalini tashkil qilish bilan
boshlanadi. Tablitsa ma'lumotlar bazasining asosiy ob'еkti bo‘lib boshqa ob'еktlar jadval
bo‘lmasa ishlay olmaydi. Access MB o‘z ichiga bir nеcha jadvallarni o‘z ichiga oladi. Tablitsa
rеjimida ma'lumotlar qator va ustun ko‘rinishda tasvirlanadi. Jadvalni tuzish, uning maydon
nomlari va uning xossalarini aniqlashdan boshlanadi. Yangi jadval tuzishning bir nеcha usullari
mavjud. Ulardan eng univеrsal oson usulini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |