Tarixiy reallik
Tarixiy reallikning o’ng tomonda ko’rsatilgan ifodasi tarixiy tadqiqotchini tarixiy-tizimli
usullarga yo’naltiradi va alohida tizimlarning ichki funksional bog’lanishlarini o’rganishga
qaratadi. Undan foydalanish tarixiy hodisani o’rganishda tasviriy analiz va miqdoriy usullarni
birgalikda qo’llashda yanada effektivroq hisoblanadi. Miqdoriy usullar hodicaning o’zaro bog’liq
xususiyatlari orasidagi birinchi darajalilari va ikkinchi darajalilarini ajratish imkonini beradi.
Shuni esda tutish lozimki, tarixiy manbalardagi ma’lumotlarning anchagina qismi, miqdoriy
ko’rsatkichlar majmuasidan iborat bo’ladi.Bunday axborot turlarini qayta ishlash faqat matematik
usullar bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: