O‘zbekiston respublikasi oily va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Belgilangan daromadli QQ – veksel, depozit va omonat sertifikatlarini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana04.09.2017
Hajmi5.01 Kb.
#15005
1   2   3   4   5   6   7   8

6.Belgilangan daromadli QQ – veksel, depozit va omonat sertifikatlarini 
baholash 
6.1. Veksellarni baholash 
Moliya sohasida faoliyat yurituvchi ixtiyoriy mutaxassis moliya 
matematikasi asoslariga ega bo‘ladi va muayyan foiz stavkasi yoki talab qilingan 
daromadlilikdan kelib chiqib, veksellar qiymatini hisoblash uning uchun katta 
qiyinchilik tug‘dirmaydi. Lekin shu tariqa olingan qandaydir qiymat baholash 
faoliyati bo‘yicha amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan ham, veksel bozori 
voqeliklaridan kelib chiqib ham bozor qiymati tushunchasi bilan hech qanday 
umumiy  jihatga ega bo‘lmaydi. Veksellar qiymatini aniqlashning bunday uslubi 
hattoki veksellar bozorida talab va taklif narxining yuzaki tahlilida yuzaga kelgan 
savollarga ham javob bera olmaydi: “ko‘rsatish bo‘yicha” to‘lash muddatiga ega 
yoki to‘lov muddati allaqachon kelgan "X" veksel egasining vekselini nima uchun 
veksel summasining 99,5% iga teng narxda sotib olishga tayyor-u, xuddi shunday 
to‘lov muddatiga ega "Y"  veksel egasining veksellarini – 8,0% narx bo‘yicha sotib 
olish taklif qilinadi? 
Yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun oddiy veksel yozma shaklda tuzilgan 
bo‘lishi va quyidagi majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim: aynan hujjat 
matniga kiritilgan va hujjat tuzilgan tilda ifodalangan "veksel" nomi ("veksel 
belgisi"); muayyan pul miqdorini to‘lashning oddiy va hech narsa bilan 
shartlanmagan majburiyati; to‘lov muddati ko‘rsatilishi; to‘lov amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan joy ko‘rsatilishi; kimning foydasiga yoki kimning buyrug‘i bo‘yicha 
to‘lov amalga oshirilishi ko‘rsatilishi; vekselni tuzish sanasi va joyi ko‘rsatilishi; 
hujjatni beruvchi shaxsning o‘z qo‘li bilan chekkan imzosi – veksel egasi imzosi.  
Yuqorida keltirilgan rekvizitlarning ixtiyoriysi mavjud bo‘lmagan hujjat 
quyidagi holatlarni istisno qilgan holda oddiy veksel kuchiga ega bo‘lmaydi: 
• 
to‘lov muddati ko‘rsatilmagan veksel ko‘rsatilishi bo‘yicha to‘lanadigan 
veksellarga mansub sifatida ko‘rib chiqilsa;  
• 
alohida ko‘rsatilmagan holatda hujjat tuzilgan joy to‘lov joyi hisoblanadi;  

 
73
• 
tuzilgan joyi ko‘rsatilmagan veksel uning egasi nomlanishi bilan bir 
qatorda belgilangan joyda imzolangan sifatida ko‘rib chiqiladi.  
Baholash amaliyotida veksellarning bozor qiymatini aniqlash uchun ikki 
yondashuv qo‘llaniladi. Birinchi yondashuvni amalga oshirishda baholanayotgan 
vekselga o‘xshash veksellarning yuzaga kelgan bozor narxlari haqida 
ma’lumotlardan foydalaniladi. Veksellarning bozor kotirovkalari haqida axborot 
bir qancha axborot agentliklari nashrlarida chop etiladi va hozirgi vaqtda to‘liq 
oshkora hisoblanadi. Veksellarni baholashga ikkinchi yondashuv veksel qiymatiga 
jiddiy ta’sir qiluvchi omillar tahlilini o‘tkazishga asoslangan. 
Umumiy holatda vekselni baholashga ikkinchi yondashuvni amalga 
oshirishda vekselda ko‘rsatilgan muddatda pul mablag‘larini olmaslik riski tahlilini 
o‘tkazish, shuningdek o‘xshash darajali riska ega moliyaviy operatsiyalar uchun 
muqobil daromadlilik stavkalarini aniqlash zarur. Veksel qiymatini aniqlash ancha 
murakkab vazifa hisoblanib, buni hal etishda turli omillarning ulkan miqdorini 
e’tiborga olish zarur. Veksel egasi haqida ma’lumot, veksel summasi, veksel 
bo‘yicha to‘lov muddati, veksel indossantlari, aval mavjudligi kabilar veksellar 
qiymatiga ustuvor ta’sir qiluvchi  asosiy omillar sirasiga kiritiladi. 
Mazkur omillarning veksellarda ko‘rsatilgan muddatlarda pul mablag‘lari 
olish ehtimoliga sifat jihatidan ta’siri 6.1-rasmda keltirilgan. 
Birinchi navbatda veksel egalari tomonidan berilgan veksellar bo‘yicha pul 
mablag‘lari olmaslikning asosiy risklari ularning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, buning 
ta’sirida veksel egalarining balans strukturasi ko‘rsatkichlari va to‘lov qobiliyati 
tahlili veksel qiymatini belgilashning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bunda 
joriy likvidlik koeffitsienti va o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
koeffitsientining qiymati ayniqsa muhim sanaladi. Veksel egalari haqida nafaqat 
moliyaviy-iqtisodiy holati, balki  o‘z shartnoma majburiyatlarini veksel egasi 
qanchalik o‘z vaqtida va vijdonan bajarayotganligi haqida imkon qadar ko‘proq 
ma’lumot yig‘ish talab etiladi. Veksel egalarining benuqson va etarlicha davomiy 
kredit tarixi ular tomonidan berilgan veksellarning qiymati va likvidligining asosiy 
mezonlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 

 
74
 
 
6.1-rasm. Veksellarda ko‘rsatilgan muddatlarda pul mablag‘lari olish ehtimoliga 
turli omillarning ta’siri. 
 
Veksel summasi vekselni berish maqsadlari haqida taklif kiritishga imkon 
beruvchi muhim omil ham hisoblanadi. Noodatiy yirik veksel summasi veksel 
ta’minlanganlikka ega emasligining alomati bo‘lishi mumkin. Bozorda doimo yirik 
veksel summasiga ega veksellarning muayyan miqdori ishtirok etib, ularning 
berilishi esa qandaydir moddiy yoki moliyaviy aktiv bilan ta’mirlanmagan bo‘ladi. 
Veksel summasi odatiy ish amaliyotida o‘xshash veksel egalari uchun yuzaga 
kelgan darajada sezilarli oshib ketgan holatda veksellar bo‘yicha pul mablag‘lari 
olmaslik riski kuchayadi. SHunday qilib, veksel qiymati va veksel summasi 
o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish mavjud. 
Diskont miqdori veksel bo‘yicha to‘lov muddati bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lib, veksel qiymatini aniqlashda veksel summasi  shu miqdorda kamayadi. SHu 
tariqa aytish mumkinki, vekselning to‘lov uchun ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan 
muddati qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning qiymati shunchalik kam bo‘ladi. Veksel 
bo‘yicha to‘lov muddati ortishi bilan fors-major holatlari natijasida pul 
mablag‘larining ehtimoliy qadrsizlanish riski ortadi. 
Veksel bўyiчa tўlov 
muddati 15% 
Veksel bo‘yicha 
to‘lov muddati 
Veksel 
summasi 
5% 
Veksel 
indossantla
ri
 5% 
Aval 
mavjudligi 
5% 
Veksel egasi haqida 
ma’lumot 70% 

 
75
Veksel qiymati uning indossantlari miqdori va ularning to‘lov qobiliyatiga 
bog‘liq bo‘ladi. Vekselni indossatsiyalovchi to‘lovga qobiliyatli shaxslarning soni 
qancha ko‘p bo‘lsa, veksel shuncha yuqori bo‘ladi, chunki veksel bo‘yicha pul 
mablag‘larini majburiy undirib olish holatida ular solidar majburiy tus oladi. 
SHuning uchun indossantlarga nisbatan ham  veksel egalariga nisbatan bo‘lgani 
kabi ma’lumotlarni tahlil qilish zarur. Indossament ifodasining o‘zi ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Nalichie v tekste Indossament matnida “menga nisbatan 
qistovsiz” iborasining mavjudligi sud muhokamasida mazkur indossantni veksel 
bo‘yicha solidar javobgar sifatida jalb qilishga imkon bermaydi. 
Passiv veksel qobiliyatiga ega ixtiyoriy shaxs aval vositasida veksel 
bo‘yicha majbur ixtiyoriy shaxs uchun, buning ustiga veksel summasining bir 
qismi uchun ham, to‘liq summa uchun ham kafillik qilishi mumkin. Veksel 
bo‘yicha to‘lovda aval deb nomlanuvchi bunday ta’minlanganlik mavjudligi  va 
aval bergan shaxsning kredit tarixi ham veksellar qiymatiga ta’sir qiladi. 
Veksellar qiymatiga (veksel egalari uchun) to‘lov joyi ham ta’sir qiladi. 
Agar veksel bo‘yicha to‘lov joyi veksel egalari joylashgan joydan boshqa bo‘lsa, u 
holda veksellar qiymatini belgilashda veksel egasi vekselni to‘lov uchun 
ko‘rsatishda qiladigan chiqimlarini ham hisobga olish talab qilinadi. 
Veksellarning umumiy tasnifi 6.1-jadvalda keltirilgan. Barcha yuridik va 
jismoniy shaxslar veksellardan foydalanishi mumkin. Banklar tomonidan amalga 
oshiriladigan ko‘plab operatsiyalar ichida hozirgi vaqtda veksellar bilan 
operatsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bank operatsiyalarining bu turi xo‘jalik 
sub’ektlarining hisob raqamlarida pul defitsiti bilan bog‘liq ravishda 1990 yillardan 
intensiv rivojlana boshladi.  
61-jadval. Veksellar tasnifi 
Veksel nomi 
Veksel tavsifi 
Oddiy  veksel (solo-
veksel) 
Veksel bo‘yicha to‘lov muddati,  to‘lov amalga 
oshiriladigan joy, kim uchun yoki kimning topshirig‘i 
bilan to‘lov amalga oshiriladigan shaxs nomi, veksel 
tuzish sanasi va joyi ko‘rsatilgan veksel egasiga muddat 

 
76
kelgunga qadar muayyan pul miqdorini veksel 
beruvchiga to‘lash bo‘yicha hech narsa bilan 
shartlanmagan majburiyat  
O‘tkazma veksel (tratta)  Veksel  egasining (trassant) to‘lovchiga (trassat) ob 
uplate ukazannoy v vekselda ko‘rsatilgan summani 
uchinchi shaxsga (vekselning birinchi egasi- remitent)
to‘lash bo‘yicha yozma buyrug‘i 
Tovar  
(tijorat) 
veksel 
Mahsulot etkazib berish ( ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish) bilan bog‘liq bitimlarda tomonlarning o‘zaro 
munosabatlarida qo‘llaniladi  
Moliyaviy veksel 
Asosida  xo‘jalik  sub’ekti tomonidan o‘z mablag‘lari 
hisobidan beriladigan ssuda (saom, kredit) yotadi va 
bozor qiymati yoki foiz o‘sishidan foyda olish 
maqsadida sotib olinadi  
Bronza veksel 
Xayoliy shaxs uchun yozib berilgan 
Do‘stona  veksel 
Bir-biriga veksel yozib berishga asoslangan 
Diskont  veksel 
Nominaldan  past narxda chegirma (diskont) bilan 
sotiladi 
Emissiya vekseli 
Hisob-kitoblarda keng qo‘llaniladi, shuning uchun 
investitsiyaviy riskning past darajasi bilan tavsiflanadi 
 
Veksellarning bozor qiymati ularning turi, emitent ishonchliligi, muomala 
muddati, qaytarish shartlari, likvidlik, daromadlilikka bog‘liq ravishda aniqlanadi. 
Birinchi toifali emitentlarning veksellari birjalarda kotirovkalanadi. Veksellar 
kotirovkasi talab va taklif narxini belgilab beradi, ayni vaqtda esa oldi-sotdi 
paytida  xaridorning eng yuqori narxi hamda sotuvchining eng kam narxini aks 
ettiradi. Aktsionerlik jamiyati  tovar va  moliyaviy veksellar chiqarishi mumkin. 
Tovar veksellarining kurs qiymati odatda ularning nominal qiymatidan past 
bo‘ladi, chunki bunday veksellar kam samarali tovar ayirboshlash sxemalarida 
qo‘llaniladi va pulning o‘rnini bosuvchi sifatida chiqariladi. Moliyaviy veksellar, 

 
77
odatda, diskont bilan joylashtiriladi, qat’iy tarzda muddatida qaytariladi va sezilarli 
kurs daromadliligiga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy veksellar hozirgi Rossiya fond 
bozorining asosiy moliyaviy instrumentlaridan biri va faol to‘lov vositasi ekanligi 
bilan bog‘liq. Rossiyada veksel muomalasining o‘ziga xosligi sifatida tijorat 
banklarida xususiy veksellardan keng foydalanilishi namoyon bo‘ladi. 
Veksellarni baholash tizimi veksel bozorini tashkil qilishning muayyan 
me’yorlari va qoidalari bajarilishini baholash, veksellarning majburiy 
kotirovkalash, ularning likvidligi va ishonchliligini baholashni o‘z ichiga oladi. 
Masalan, kredit tashkilotlari uchun ularning majburiyatlarni o‘z vaqtida 
bajarilishini ta’minlash qobiliyatini belgilovchi xususiy veksellar chiqarish va 
kredit tashkilotlari likvidlik me’yorlari orqali veksel majburiyatlarini qabul 
qilishda cheklovlar o‘rnatilgan. 
Veksellarni baholash bilan bog‘liq jiddiy muammolardan biri — umuman 
veksel bozori kabi uning alohida segmentlari holati va veksel majburiyatlari 
bajarilmasligiga oid dalillar haqida joriy axborotlarni tezkor ravishda olish uchun 
imkoniyat mavjud emasligi. Bunday sharoitda qimmatli qog‘ozlar bozori 
ishtirokchilarining faoliyat standartlarini o‘rnatuvchi professional 
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning, veksellarni baholashni umumlashtiruvchi 
baholashning asosiy tamoyillari muhim o‘ringa ega bo‘ladi. Veksel depozitariysini 
tashkil qilish rivojlangan veksel bozorini shakllantirishdagi dastlabki qadam 
hisoblanadi. U veksel oqimlari ustidan tezkor nazoratni yo‘lga qo‘yish, veksellarni 
baholash va topshirishning texnologik jihatdan zamonaviy usullariga o‘tishga 
imkon beradi. 
Veksellar likvidligi boshqa qimmatli qog‘ozlarga qaraganda ancha yuqori 
bo‘ladi. Veksellarning yuqori daromadliligi ularning etarlicha yuqori likvidlikka 
ega ekanligi bilan shartlangan. YUqori  konvertatsiyalanuvchanlik, indossament 
bo‘yicha berish imkoniyati, davlat ro‘yxatidan o‘tish mavjud emasligi hamda va 
emissiya loyihasini ishlab chiqish zarurati veksellar qiymati darajasini oshiradi. 
Nufuzli bank veksellari bozorda uncha katta bo‘lmagan savdo hajmida ham yuqori 

 
78
bahoga ega bo‘ladi. Buning sababi esa barqaror taklif va ishonchlilikning yuqori 
toifasida bank veksellari erkin aylanishi uchun taklif kamligi hisoblanadi. 
Korporativ veksellar sektorida baholash emitentning imiji, nufuzi, iqtisodiy 
holati bilan bog‘liq bo‘ladi. Moliyaviy barqaror korxonalar veksellari bo‘yicha 
talab taklifni sezilarli darajada ortda qoldiradi. Veksellarni baholash ularning 
muomala muddatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Odatda kotirovka mavjud bo‘lmagan 
sharoitda veksellarni baholash talab va taklif darajasini baholash asosida bajariladi.  
Oddiy veksel daromadliligini aniqlash formulasi  
T
P
N
T
P
P
N
D
365
1
365
×







=
×







=

bunda,  D – qimmatli qog’ozning yillik daromadliligi; N – nominal qiymati yoki 
jami veksel; P –  qimmatli qog’ozning bozor qiymati; T – kun o’lchovidagi 
so’ndirish muddati. 
Oddiy vekselni bozor qiymatini topish tenglamasi 










+
×
×
=
1
365
1
T
D
N
P

 
 
- vekselni daromadliligini hisobga oluvchi nominalini 
arzonlashuvini tavsivlovchi koeffitsent.  
Vekselni hajmi yoki emitent faoliyatidagi muomalasi asosidagi 
daromadliligi 


=
v
v
d
D

bu erda d  – emitentning vekselni aniq so’ndirishdagi daromadi; v – bozordagi  
butun o’xshash veksellarni hajmi.  
6.2. Veksellarni baholash uchun zaruriy hujjatlar 
Quyidagilar taqdim etilishi zarur: 
9. 
Kopiya veksellar va xarid shartnomasi yoki veksel huquqini 
tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning nusxalari.  










+
×
1
365
1
T
D

 
79
10.  Ta’sis hujjatlaridan nusxalar (Ustav, Muassislik shartnomasi
Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida guvohnoma).  
11.  Emitentning oxirgi 3-5 yil uchun buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari 
(yoki oldingi davrlarning mumkin bo‘lgan miqdori) – buxgalteriya balansi hamda 
foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot.  
12.  Asosiy fondlar axborotnomasi.  
13.  Mulklarning inventar ro‘yxati.  
14.  Emitentning jami aktivlari (ko‘chmas mulk, zaxira, chet jamiyatlar 
aksiyalari, veksellar, nomoddiy aktivlar – patentlar, litsenziyalar) haqida 
ma’lumotlar.  
15.  Kreditorlik qarzi kengaytmasi.  
16.  So‘nggi auditorlik xulosasi (agar auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan 
bo‘lsa).  
17.  Debitorlik qarzi kengaytmasi:  

yuzaga kelish muddatlari bo‘yicha;  

debitorlik qarzi bo‘yicha;  

shubhali qarzlar ulushi.  
Hujjatlarning mazkur ro‘yxati boshlang‘ich xarakterga ega bo‘lib, 
baholovchi baholash vazifalari va veksel parametrlari bilan batafsil tanishib 
chiqqanidan so‘ng qisqartilishi yoki kengaytirilishi mumkin. 
 
6.3. Depozit va omonat sertifikatlarini baholash 
Depozit sertifikatlarini baholash asosida umumqabul qilingan nazariyalar 
yotadi (6.2-jadval). Depozit va omonat sertifikatlarini baholash ularning 
muddatlari va turi, taxmin qilingan daromad shakli va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
Talab qilib olinguncha depozitlar mijoz tomonidan bankni oldindan xabardor 
qilmay, ixtiyoriy vaqtda talab qilinishi bo‘lgan mablag‘larni o‘zida aks ettiradi. 
Ular bo‘yicha sezilarsiz foiz stavkalari hisoblanadi, buning oqibati o‘laroq 
daromadli investitsiyaviy instrumentlar hisoblanmaydi. 

 
80
Muddatli qo‘yilmalar – banklar tomonidan muayyan muddatga jalb qilingan 
depozitlar. O‘z muddatli depozitlari va olinishi oldindan xabar qilinadigan 
muddatli depozitlar farqlanadi. Odatda,  ular kamida bir oy muddat uchun 
rasmiylashtiriladi. Bunday depozit uchun qo‘yilma miqdori yaxlit summada 
belgilanadi va shartnomaning amal qilishning jami muddati davomida o‘zgarmas 
bo‘lishi lozim. Agar omonatchi qo‘yilma summasini o‘zgartirishni ixtiyor etsa 
(kamaytirish yoki ko‘paytirish),  u holda amaldagi shartnomani bekor qilishi, 
chiqarib tashlashi va yangi shartlar asosida qo‘yilmani qayta rasmiylashtirishi 
mumkin. Biroq qo‘yilma bo‘yicha mablag‘lar omonatchi tomonidan muddatidan 
oldin olinganda u shartnomada ko‘zda tutilgan foizlardan qisman yoki to‘liq 
mahrum bo‘lishi mumkin. Odatda, bu hollarda foizlar talab qilib olingunga qadar 
qo‘yilmalar bo‘yicha to‘lanadigan  foizlar hajmigacha kamayadi. 
 
6.2-jadval. Depozit sertifikatlarini baholashning tayanch nazariyalari 
Nazariya nomi 
Nazariya tavsifi 
Baholashda amaliy 
tatbiqi 
Foiz 
stavkalarining 
paritet nazariyasi 
Evro va dollardagi depo-
zitlarning foiz stavkalari 
paritetiga rioya qilinadi 
Depozit va omonat 
sertifikatlarini 
baholashda taqqoslash 
(o‘xshashliklar)  
usulini qo‘llash 
Kapital bozori 
muvozanat 
nazariyasi 
O‘rtacha foiz stavkalarining 
inflyatsiyaning real darajasiga 
bog‘liqligi mavjud 
Depozit sertifikatlari 
va muddatli 
shartnomalar bo‘yicha 
o‘rtacha foiz stavkalari 
inflyatsiyaning real 
darajasiga to‘g‘ri 
proportsional 
  

 
81
O‘z muddatli qo‘yilmalar egalariga belgilangan kundan oldin qaytariladi, bu 
vaqtga qadar ular “muhosara qilingan” bo‘ladi va bank ularni to‘liq tasarruf etishi 
mumkin. Bunday qo‘yilmalarga nisbatan qo‘llaniladigan muddatlar to‘rt guruhga 
ajratiladi: 30 kundan 89 kungacha, 90 kundan 179 kungacha,  180 kundan 359 
kungacha va 360 kundan ortiq. Mos ravishda foiz darajasi o‘zgaradi. Odatda, katta 
muddatli qo‘yilmalar bo‘yicha yuqoriroq foiz to‘lanadi va ular, o‘z navbatida, fond 
bozorida yuqoriroq qiymatga ega bo‘ladi. 
Oldindan xabar qilinadigan muddatli qo‘yilmalar bankka omonatchidan 
maxsus ariza kelib tushishini talab qiladi. Qo‘yilmani shu tarzda olish haqida xabar 
berish muddati oldindan kelishib olinadi va unga muvofiq qo‘yilma bo‘yicha foiz 
miqdori belgilanadi. Odatda, xabar berish muddatlari quyidagicha bo‘ladi:  1 
oydan 3 oygacha, 3 oydan 6 oygacha, 6 oydan 12 oygacha, 12 oydan ortiq. Mazkur 
qo‘yilma guruhlarining har biri uchun mutanosib foizlar belgilanadi. Agar mijoz 
qo‘yilmani olmoqchi bo‘lsa, u holda shartnomada ko‘rsaatilgan xabar berish 
muddatiga muvofiq bundan  bankni o‘z vaqtida xabardor qilishi lozim. Bank 
pirovard o‘zgarishni hisobga olgan holda boshqa manbalardan o‘z aktiv 
operatsiyalarini qayta moliyalashtiradi, masalan, hisob krediti yoki qimmatli 
qog‘ozlar ochiq bozoridagi operatsiyalardan foydalanadi. Amaliyotda muddatli 
qo‘yilmalar ko‘pincha oldindan xabar beriladigan qo‘yilmalar sifatida keltiriladi. 
Qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar miqdori, odatda, bank va omonatchi o‘rtasidagi 
kelishuv asosida aniqlanadi. Tijorat banklari balansida  muddatli depozitlarining 
ulushi umuman olganda ancha salmoqli, biroq u turli bank muassasalarida ular bir 
xil emas. 
Jamg‘arma depozitlari muddatsiz va omonat qo‘yilmalari o‘rtasida oraliq joy 
egallaydi. Ular talab qilib olingunga qadar depozitlardan katta bo‘lsa ham, nisbatan 
katta bo‘lmagan, qat’iy belgilangan muddatga egaligi bilan omonat depozitlaridan 
farq qiladi. Agar firma, masalan, 8 oydan so‘ng uskunalar sotib olish uchun unga 
ulkan miqdorda pul talab qilinishini bilsa va bu summa joriy vaqtda tasarrufida 
bo‘lsa, u holda korxona uchun nisbatan uncha katta bo‘lmagan foiz bilan yoki hatto 
bunday to‘lovsiz mazkur mablag‘larni joriy hisobda saqlab turish foyda keltirmay 

 
82
qo‘yadi. Ushbu holatda mazkur mablag‘larni  mos vaqt uchun muddatli hisobga 
joylashtirish kompaniyalar uchun foydaliroq tus oladi. Omonat qo‘yilmalar uchun, 
aksincha, ularning sekin o‘sishi xos sanaladi va mablag‘lardan foydalanish 
ko‘pincha bir necha yildan so‘ng sodir bo‘ladi. Muddatli qo‘yilmalar egasi ularni 
belgilangan muddat o‘tgandan keyingina tasarruf etishi mumkinligiga oid haqiqat 
mijoz zarurat tug‘ilganda muddatidan oldin bankdan o‘z mablag‘larini olishi 
mumkinligini inkor etmaydi. Lekin bunday holatlar odatda istisno hisoblanadi. Bu 
vaziyatda bank, masalan, mijozga kredit taklif etishi mumkin va bu kredit ushbu 
qo‘yilma muddati tugaganidan so‘ng qaytariladi. Bank muddatli hisobga 
joylashtirilgan pul miqdorini qaytarishi ham mumkin, lekin bunda foizlar jiddiy 
suratda pasayadi.  
Foiz stavkalari darajasi hisob stavkasi, pul bozorining holati va o‘z depozit 
siyosatidan kelib chiqilgan holda har bir tijorat banki tomonidan mustaqil 
o‘rnatiladi. Depozit hisoblarining alohida turlari bo‘yicha daromad miqdori 
qo‘yilmalar muddati, uning miqdori, hisob yuritishning o‘ziga xosliklari, birga 
kechadigan xizmatlar hajmi va xarakteriga ko‘ra belgilanadi. Va nihoyat mijoz 
tomonidan qo‘yilma shartlariga rioya qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Foiz stavkalarini 
belgilashda mablag‘ joylashtirilgan muddat hal qiluvchi omil sanaladi: muddat 
qancha uzoq bo‘lsa, foiz darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Daromadlarni to‘lash 
tartibi ham jiddiy omil sifatida gavdalanadi: to‘lovlar qancha kam amalga oshirilsa, 
foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Bank sertifikatlari bir martalik tartibda ham, seriyali tarzda ham chiqariladi. 
Ular nomlanishli va ko‘rsatuvchi shaxsga to‘lanadigan turda bo‘lishi mumkin. 
Sertifikatlar muddatli yoki  talab qilib olingunga qadar bo‘lishi mumkin. Srok 
obraщeniya Depozit sertifikatlarining  muomala muddati bir yil bilan, omonat 
sertifikatlariniki 3 yil bilan chegaralanadi. Agar sertifikatning muddati uzaytirilgan 
bo‘lsa, u holda u talab qilib olingunga qadar hujjat hisoblanib, shu bo‘yicha bank 
omonatchining birinchi talabi bo‘yicha belgilangan summani to‘lash majburiyatini 
o‘z zimmasiga oladi. Depozit sertifikati muddatidan avval to‘lash uchun 

 
83
ko‘rsatilganda agar uning chiqarilish vaqtida boshqa holat nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, bank pullarni qaytarishga majbur hisoblanmaydi. 
Sertifikat bo‘yicha foiz stavkalari uning chiqarilish vaqtida qat’iy 
belgilanadi (fiksirlanadi). Sertifikatning keyingi muomala jarayonida ham bu 
stavka o‘zgarmaydi. YUridik shaxslar qo‘yilmalar (depozitlar) dagi pul 
mablag‘larini boshqa shaxslar hisobiga ko‘chirishga haqli hisoblanmaydi. 
Depozit  bo‘yicha foizlar (daromad) odatda pul bankka tushgandan keyingi kundan to 
ular omonatchiga qaytarilishi belgilangan kungacha yoki boshqa asoslarga ko‘ra omonatchining 
hisobidan chiqariladigan kungacha murakkab foizlar  (foizga foiz) formulasi bo‘yicha hisoblanadi. 
Qo‘yilma qaytarilayotganda unga shu vaqtga qadar hisoblangan foizlar ham 
to‘lanadi. 
Banklar majburiy sug‘urtalash yo‘li bilan fuqarolarning qo‘yilmalari qaytarilishi va 
saqlanganligini ta’minlashga hamda fuqarolar oldida o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga 
majbur sanaladi. Depozit va jamg‘arma sertifikatlari muomala muddati tugashi bo‘yicha tijorat banki 
ularni nominal qiymati bo‘yicha qaytaradi. Depozit va  jamg‘arma sertifikatlari kotirovkasi odatda 
o‘tkazilmaydi.
 
 
Nazorat uchun savollar 
1.Hujjatlarni oddiy veksel kuchiga ega bo‘l a olish maqomini so’zlab 
bering? 
2.Veksellarda ko‘rsatilgan muddatlarda pul mablag‘lari olish ehtimoligiga 
qanday omillar ta’sir qiladi? 
3.Veksellarni baholash uchun zaruriy hujjatlarni bayon qiling?  
4.Veksellarning bozor qiymati qanday aniqlanadi? 
5.Depozit sertifikatlarini baholashning qanday tayanch nazariyalari mavjud? 
 
 
 
 
 

 
84
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling