O‘zbekiston respublikasi ol


Download 2.12 Mb.
bet10/19
Sana31.10.2023
Hajmi2.12 Mb.
#1735858
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
TOVAR MODDIY ZAXIRALAR CHIQIB KETISHINING HISOBI VA AUDITI

2.2. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning sof sotish

qiymatini aniqlash

“Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniniga, shuningdek 4-son BHMSning II-bandiga asosan, tovar-moddiy zaxiralarni baholash quyidagi ikki bahoning eng pasti bo’yicha — hisobot davri oxiridagi haqiqiy tannarxi (sotib olish narxi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo’yicha eki bozor bahosi bo’yicha (sof sotish qiymati) amalga oshiriladi.
Birinchi navbatda tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati tushunchasining mohiyatini aniqlab olish maqsadga muvofiq deb hisob-laymiz. Ma’lumki, BHMS № 4 ga muvofiq, sof sotish qiymati — tovar-moddiy zaxiralarni maqsadiga ko’ra foydalaniladigan holatga keltirish va sotish bo’yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holdagi ularning joriy qiymatidir. Bunda joriy qiymat — tovar-moddiy zaxiralarning ma’lum sanadagi amalda bo’lgan bozor bahosi bo’yicha qiymati yoki etarli darajada ma’lumotga ega, bitim tuzishga xohishi bo’lgan, o’zaro bir-biridan mustaqil bo’lgan tomonlar o’rtasida bitim amalga oshirish natijasida aktivni xarid qilish yoki majburiyatni amalga oshirish uchun etarli bo’lgan summadir.
Haqqoniy qiymat — bu etarli darajada ma’lumotga ega, bitim tuzishga

36
xohishi bo’lgan va o’zaro bir-biridan mustaqil bo’lgan tomonlar o’rtasida bitim



amalga oshirish natijasida aktivni xarid qilish yoki majburiyatni amalga qoplash uchun etarli bo’lgan summadir.
Ehtimol sof sotish qiymati tashkilot tomonidan normal faoliyat olib borish jarayonida tovar-moddiy zaxiralarni sotishdan kutiladigan tushumning sof summasi bilan bog’likdir. Haqqoniy qiymat esa etarli darajada yaxshi ma’lumotga ega bo’lgan, bitim tuzishga xohishi bo’lgan bozordagi xaridorlar va sotuvchilar o’rtasida bitim tuzish natijasida xuddi shunga o’xshash tovar-moddiy zaxiralarni almashtirishi mumkin bo’lgan summani aks ettiradi. Birinchi ta’kidlangan qiymat aniq bir tashkilot uchun maxsus bo’lgan qiymat hisoblanadi, ikkinchisi esa bunday hisoblanmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati xaqqoniy qiymatdan sotish bilan bog’liq xarajatlar chegirib tashlangan summaga teng bo’lmasligi ham mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralarning bahosi pasaytirilishi mumkin, agar ular shikastlangan bo’lsa, agar ular to’liq yoki kisman eskirgan bo’lsa yoki ularning sof sotish qiymati pasaygan bo’lsa. Tovar-moddiy zaxiralarning qiymati xuddi shuningdek pasaytirilishi mumkin, agar zaxiralarni komplektlash, ularni tovar ko’rinishiga keltirish bo’yicha ishlar bilan bog’liq tan olingan xarajatlar yoki sotish bo’yicha ko’zda tutilayotgan xarajatlar oshib ketadigan bo’lsa. Tovar-moddiy zaxiralarni ularning tannarxidan sof sotish qiymatigacha bahosini pasaytirish amaliyoti, tovar-moddiy zaxiralar moliyaviy hisobotda ularni sotish yoki ulardan foydalanishdan kutiladigan summadan yuqori bo’lgan summada aks ettirilmasligi uchun, zaxiralar haddan tashqari jamg’arilibqolganvaularningaylanishisekinlashibqolganhollardaamalgaoshiriladi.
Ta’kidlash joizki, tovar-moddiy zaxiralarning sof sotish qiymati mikdori ularning tannarxidan past bo’lgan takdirda, ular sof sotish qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Odatda sof sotish qiymati tovar-moddiyzaxiralarning har bir birligi (turi) bo’yicha aniqlanadi.

Download 2.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling