О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус
Download 1.42 Mb.
|
Psixologiya kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘zlar
2-Mavzu: Psixika va ong
Reja: Рsixika va ong munosabati. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Endokrin tizimining inson organizmi va xulq-atvordagi ahamiyati. Psixik xususiyat va holatlarning neyropsixologik asoslari. Ijtimoiy xulq-atvor Tayanch so‘zlar: Xulq-atvor, endokrin tizimi,psixik xususiyatlar, neyropsixologiya, genetika, onglilik, ongsizlik, bosh miya. 1. Psixika va ong munosabati. Shaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir. Shaxsning shaxs bo’lishligi uchun u faollikka ham ega bo’lishi kerak. Chunki faoliyatdagi faollik shaxsning muhim belgisidir. Faollik hamisha yaxshi yashashga yo’naltirilgan bo’ladi. Kishi yaxshi yashashi uchun, jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko’rsatadi. Bu shaxsning onglilik belgisidir. Inson psixikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi masalasi tadqiqotchilar oldida turgan eng dolzarb va murakkab masalalardan biridir. Ilmiy-materialistik ta’limotga ko‘ra psixikaning paydo bo‘lishi materiyaning o‘zak rivojlanishi natijasidir. Organik va anorganik materiya doimo harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Psixikaning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik, fizik yoki kimyoviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi. A.N.Leontevning tasdiqlashiga ko‘ra, hayvonlarda sezgirlikning yuzaga kelishi psixika paydo bo‘lishiningob’ektiv biologik belgisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin[1; b.23]. Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda koatservatlar deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo`lgan (biotik) moddalarga ma`lum darajada seskanish bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (abiotik) moddalarga nisbatan indifferent (befarq) munosabatda bo`lganlar[2; b.222]. R.Dekartning ta’kidlashicha, insonning o‘zini o‘zi anglashi uning ruhiy hayotiga xos bo‘lgan narsa bo‘lib barcha psixik kechinmalarning murakkabligi faqat ana shu ichki jarayonlargagina bog‘liqdir. O‘tgan asrda ana shu ichki olamni tashqi olamga qarshi qo‘yib, uni ajratgan holda talqin etish g‘oyalariga qarshi kurash avj olib ketgan edi bundan 100 yilcha muqaddam I.M.Sechenov tomonidan his etiladigan va amalga oshiriladigan psixologik faoliyatlarning o‘rganishi kerak deb aytadi. I.M.Sechenov tomonidan taklif qilingan reflektor nazariya konsepsiyasi dualizm qarashlarini psixik hayotga tadbiq etish bo‘yicha birinchi ilmiy qarash bo‘lmagan[3; b.26-27]. Psixikaning funktsiyalari: signallik va boshqaruv. Psixikaning evolyutsion taraqqiyoti: seskanuvchanlik, tropizmlar. Hayvonlar olamida psixikaning taraqqiyot shakllari; instinktlar, ko`nikmalar, intellektual hatti - harakatlar. Onglilik esa shaxs psixikasining yuksak ko`rinishidir. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha materiyaning barcha ko`rinishida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o`zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma`lum fizik - kimiyoviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm - tirik organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir[4; b.26]. Tropizmlar o`simliklarning o`z-o`zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. Yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Hayvonlarda o`simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi[5; b.27]. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo`lgan yorug`likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o`tkazilgan: suv to`ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yorug`likka neytral munosabatda bo`luvchi infuzoriyalarga yorug`lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo`lgan issiqlik bir necha marta ta`sir ko`rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta`siridan qat`iy nazar yorug`likka to`planaverganlar. Bu sensor bosqich bo`lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o`zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish materiyaning quyi darajasi - to`rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z ipi bilan o`ray boshlaydi. Ko`pgina tajribalardan ma`lum bo`lishicha, o`rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to`r orqali beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to`xtashi bilan o`rgimchak ham o`lja tomon harakatlanishdan to`xtaydi. Keyingi bosqich perseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo`lib, yuksak darajada rivojlangan hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir[6;b.25]. Instinktlar - hayvonlarning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan tug`ma murakkab harakatlaridir. Masalan: ko`p qushlar juda ustalik bilan in yasar ekan, material tanlash va inni pishiq qurish yo`lida xilma - xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg`och, o`rgimchaqlar, asalarilarning in yasashlari bunga misol bo`la oladi. Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakatlarini quyidagi turlarga bo`lish mumkin: ovqatlanish instinkti, saqlanish instinkti, nasl qoldirish instinkti va poda - poda bo`lib yashash instinkti kabilar[7; b.51]. Instinktlar mashq qilish yoki o`rganish yo`li bilan hosil bo`lmaydi, ular biologik irsiyat sifatida o`tadi[8;p.27]. Instinktlarning nerv - fiziologik asosi - shartsiz reflekslardir. Ular ma`lum sharoitdagina qulay hisoblanadi. Agar sharoit o`zgarsa instinktlar foydasiz bo`lib qoladi. Masalan: qushlarga tuxum o`rniga boshqa narsani qo`yib qo`yilsa, bosib yotaveradi. Instinkt har bir turdagi hayvonlar uchun nasldan naslga o`tib o`zgarmay qoladi. Ko`nikma hayvonlarning individual hayoti davomida paydo bo`ladigan harakatlardir. Masalan: o`rgangan itga qo`l uzatilsa, oldingi oyog`ini beradi, it eshikni oyog`i yoki tumshug`i bilan ochadi. “o`yinga tushadi”, keyingi oyoqlari bilan tikka yuradi, ot aravaga kiradi. Bunday harakatlar ko`nikma deb ataladi. Hayvon instinktiv harakatlar yo`li bilan qanday ehtiyojlarini qondirsa, hosil qilingan ko`nikma yo`li bilan ham shu ehtiyojlarini qondiradi. Hayvonlarning ko`nikmalari, instinktlar asosida, shuningdek, ilgari hosil qilingan shartli reflekslar asosida vujudga keladi. Hayvonlarning ko`nikmasi “o`rganish” yo`li bilan hosil bo`ladi. Masalan: bo`rilar o`z bolasiga qidirish, ov qilishni o`rgatadi. Uy hayvonlarini odam “o`rgatganda” ularda ko`nikma hosil bo`ladi. Kishilarning hayvonlarda shu tariqa ko`nikmalar hosil qilishiga o`rgatish - “dressirovka” deb ataladi[9; b.54]. Hayvon biologik taraqqiyoti qanchalik yuqori bosqichda tursa, ko`nikmalar shunchalik tez hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan ko`nikmalar mustahkamlanishi instinktiv harakatlar shaklida avloddan -avlodga o`tishi mumkin. Ayrim narsalar o`rtasida murakkab munosabatlarning aks ettirilishi intellektual harakatlarning asosini tashkil etadi. Quyidagi tajriba intellektual harakatga misol bo`la oladi. Qarg`aning ko`zi o`ngida bitta ichi bo`sh trubaga ipga bog`langan ovqatni, ya`ni bir parcha go`sht kiritilgan. Qush ovqatning truba ichiga kirganini, keyin ikki truba o`rtasidagi ochiq joydan o`tib, ikkinchi trubaga o`tib ketganini ko`rib turgan. Shundan keyin qarg`a darhol trubaning oxiriga yugurib borib, ovqatning trubadan chiqishini kutib turgan. Bu misol yuksak taraqqiy etgan hayvonlar narsalar o`rtasidagi munosabatlarni payqay olishini va mazkur vaziyatga qarab, ular natijasini oldindan, ya`ni harakat qilayotgan narsalarning qayerda paydo bo`lishi mumkinligini hisobga ola bilishini ko`rsatuvchi dalildir[10; b.30]. Maymunlar intellekti (aql) ularning murakkab masalalarni yecha olishlari bilan ajralib qolmay, balki ular faoliyati yo`nalishi bilan ham ahamiyatlidir. (chunki ular 81 xil ovqat turi bilan ovqatlanadi). Instinktlar va ko`nikmalar tashqi taassurotlarga bir xil javob qaytarish mexanizmi sifatida hayvon organizmini ortiqcha zo`r berishdan saqlaydi. Hayvon bir necha marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan vaziyatlardagina masalani hal qilishning eng yuksak darajadagi usullariga, ya`ni intellekt bilan ish ko`rish usullariga murojaat qiladi. Maymunlarda har qanday narsani sinab ko`raverish jarayonida konkret amaliy tafakkur sodir bo`ladi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar to`dasida o`zaro munosabatning ma`lum shakli mavjuddir. Hayvonlarning to`daga birlashuvi o`z navbatida shu to`da a`zolarining o`zaro aloqa bog`lashlari uchun zarur “til” ni albatta keltirib chiqaradi. Hayvonlarning qiyofa, suykalish va tovush signallari shaklidagi “tili” mavjud. Muhit sharoiti jihatidan nihoyat darajada har xil ekan, bu hol organizmlarning differensiallanishiga olib kelgan. Barcha tirik organizmlar mavjud sharoitga moslashadi. O`z - o`zini boshqarish oddiy ta`sirlanuvchanlikdan boshlanib, o`zining yuksak taraqqiyotiga erishadi. Aks ettirish usuli qanchalik yuksak bo`lsa, mazkur turdagi hayvon muhitning bevosita ta`siridan shunchalik ozod bo`ladi. Muhitdagi haroratning o`zgarishi bilan organizmdagi kimyoviy reaksiyalar tezligi ham o`zgaradi: harorat ko`tarilsa, reaksiya tezligi oshadi, harorat pasaysa reaksiya tezligi kamayadi. Bordi-yu harorat juda oshib yoki juda tushib ketsa: bir hujayrali organizm halok bo`ladi. Yuksak taraqqiy etgan hayvonlar esa sharoit o`zgarishi bilan bir joydan ikkinchi joyga ko`chishga majbur bo`ladi. Masalan: kemiruvchilar yerni chuqur kavlab ichkariga kirib ketadi. Bunda instinkt ta`sir qiladi. Yozning issiq kunida fil o`ziga suv sepib turadi. Hayvonlar taraqqiyotining har qanday darajasida ham muhitga bo`lgan bog`liqlikdan batamom qutula olmaydi. Muhit tirik organizmning yashash sharoiti, tirik organizmlar hayotini belgilovchi omildir. Yashash usulining o`zgarishi bilan ko`p hujayrali organizmlarda tanalarining tuzilishi ham murakkablashib boradi, ma`lum turdagi qo`zg`atuvchilarni aks ettiruvchi maxsus organlar - sezgi organlari rivojlanadi, aks ettirish shakllari ham anchagina murakkablashadi. Nerv tizimi taraqqiyoti nerv tizimi taraqqiyoti, sezgi organlarning taraqqiyoti bilan, hayvonlarning hayot kechirishi tarziga moslashuvchanlik, ijro qiluvchanlik bilan birga, axborot olish jarayonida bevosita ishtirok etadigan harakat organlari taraqqiyoti bilan mustahkam bog`langandir. Hayvonlar olamida aks ettirishning turli xildagi barcha shakllari orasidagi umumiylik va ularning hatti-harakatlarining mexanizmlarini hisobga olgan holda hayvonlarning instinktiv harakatlari, ko`nikmalar va aqliy (intellektual) hatti-harakatlari farqlanadi. Aks ettirishning adekvatli (mos) bo`lishi avvalo psixikaning moddiy asosi sezgi a`zolari va asab tizimining tuzilishiga bog`liqdir. Retseptor ma`lum bir turdagi qo`zg`atuvchilar ta`siriga qanchalik to`g`ri reaksiya qilsa, organizmning reaksiyasi ham shunchalik adekvat, ya`ni mos bo`ladi. Retseptorlarning taraqqiyoti ma`lum darajada biron tipdagi asab tizimi taraqqiyoti bilan bog`liq. Sezgi a`zolari va asab tizimi taraqqiyoti darajasi muqarrar ravishda psixik aks ettirish darajasini belgilaydi. To`rsimon asab tizimiga ega bo`lgan hayvonlar asosan tashqi ta`sirotlarga tug`ma ravishda javob qaytaradilar. Vaqtli aloqalar ularda qiyinchilik bilan yuzaga keladi va yomon saqlanadi. Taraqqiyotning navbatdagi pog`onasida asab tizimida bir qator sifat o`zgarishlar yuzaga keladi. Tuguncha shaklidagi nerv hujayralari asab tizimining ko`proq miqdordagi qo`zg`atuvchilarni qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatini beradi. Chunki bunday asab tizimi uchun muhit qandaydir o`zgarmaydigan doimiy narsa emas. Har qanday materiya kabi muhit ham evolutsion taraqqiyotdadir. Evolutsion taraqqiyotdagi, ana shu muhitga unda yashovchi hayvonlar moslashadi. Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o`rtasida katta farq bor. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni hayvondan ajratuvchi farqlardan biridir. Aniq vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik qurol sifatida foydalanish uchun saqlab qo`ymaydi. Hayvondan odamning farqi shundaki, u ilgaridan o`ylab qo`ygan reja asosida qurol yasaydi, qurolni tegishli maqsadlarda foydalanadi va uni saqlab qo`yadi. Odam nisbiy doimiy buyumlar olamida yashaydi. Odam psixik faoliyatining yana bir farqi shundaki, inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam va hayvonlar o`rtasidagi g`oyat muhim farqlardan biri ular hissiyoti o`rtasidagi farqdir. Albatta yuksak darajada taraqqiy etgan hayvonlar ham atrofida bo`layotgan voqealarga befarq munosabatda bo`lmaydi. Lekin faqat odamdagina boshqa odamning qayg`u va shodligiga qo`shilish, hamdard bo`lish hissi rivojlangan. Faqat odamgina tabiat manzaralaridan lazzatlana oladi, faqat odamdagina intellektual hissiyot mavjud. Yana bir farq odam va hayvonlarning rivojlanish sharoitlaridagi farqdir. Hayvonlarning rivojlanishi biologik qonuniyatlarga asosida boradi. Odamning rivojlanishi, uning ongining taraqqiyotida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlari ustunlik qiladi[11].Hayvonlar “tili” bilan inson tilini hech (qanday) bir jihatdan taqqoslab bo`lmaydi. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish ko`rish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odamni ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidan uchinchi farqi shuki, inson o`zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi. Odam bilan hayvon o`rtasidagi to`rtinchi, g`oyat muhim farq hissiyoti o`rtasidagi farqdir[12; b.43]. Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo`lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini o`zlashtirmas ekan, o`ziga o`xshagan odamlar bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga asosiy omil mehnat faoliyati bo`lgan, ya`ni odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish faoliyatlari bo`lgan. Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta`sir qiladi, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta`sir ko`rsatadi. Inson ongi mehnatda rivojlanadi. Inson ongi evolutsion taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi narsalarning obyektiv barqaror xususiyatlarini ajrata oladi va shu asosda tevarak -atrofdagi voqelikni o`zgartira oladi. Demak, inson psixikasini - ong deb atash mumkin. Ong-psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo’lish natijasidir. Bu ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o’fganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Psixikaning yuqori bosqichi insongagina xos bo‘lgan, uning eng yuksak darajasi hisoblanmish ongda o‘z aksini topadi. Ong psixikani yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonning yakka va hamkorlik faoliyatining, (muloqot, nutq, til) vositasida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli sifatida yuzaga kelgandir. U ijtimoiy mahsul bo‘lishidan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish, ya’ni maqsadni ko‘zlash, o‘zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga ham egadir. Quyida ongning tarkibiy qismlarining mohiyatini yorituvchi va ularning hukm surishiga ta’sir etuvchi omillarga doir ayrim manbalar xususiyatini tavsiflashga harakat qilamiz. Odatda, inson ongi uni qurshab turgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo‘lib, uning tuzilishi va tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, bevosita ularning yordami bilan shaxs o‘z axborotlari ko‘lamini uzluksiz boyitib boradi. Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol singari bilish jarayonlari asa-sekin anglashilish darajasiga ko‘tariladi, keyinchalik esa muayyan turkumlarning tarkibiga kiradi. Harakatli hissiy tub ma’nodagi hissiy bilish bosqichlariga taalluqli sezgi, idrok, appersepsiya, tanish, bilib olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari ko‘magi, miyaga bevosita ta’sir o‘tkazuvchilarning aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasida shaxs tasavvurida ularning hissiy manzarasi yuzaga keladi. Xotira jarayoni ongda o‘tmishdagi narsa va hodisalarining obrazlarini esga tushirsa hamda bosh miyaning u yoki bu katta yarimsharlarining bo‘limlarida aks etgan muayyan izlarni jonlantirish imkoniyatiga ega bo‘lsa, xayol jarayoni ehtiyoj obekti hisoblangan favquloddagi davr hukmiga kirmagan obrazlar modelini namoyon etadi. Bilishning yuksak darajasi bo‘lmish tafakkur jarayoni umumlashgan, ijtimoiy xususiyatli, bilvosita va so‘z orqali ifodalanuvchi bilimlarga asoslangan holda gavdalanuvchi muammolar yechimini hal etishni ta’minlaydi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan bilish jarayonlarining unisi yoki bunisi aks ettirish imkoniyatidan mahrum bo‘lsa, buzilsa yoki ularning qaysidir xususiyati batamom, qisman izdan chiqsa u ongni tubdan o‘zgartirish sari yetaklaydi. Ong psixologik tavsifining yana biri sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasidagi aniq farqlanishda o‘z ifodasini topadi, ya’ni shaxs ,,men" degan tushunchasi bilan ,,men emas" atamasi tarkibiga nimalar tegishli, aloqador ekanligini aniq biladi. Tirik mavjudotlar olamida birinchi bo‘lib, borliqda uni aniq qurshab turgan tevarak-atrofga nisbatan o‘zini qarama-qarshi qo‘ygan, yaratuvchanlik kuch-quvvatiga, o‘zgartiruvchanlik imkoniyatiga asoslangan shaxs o‘zi uchun, sifat jihatidan yuksak darajadagi makon vujudga keltirish uchun hayvonot dunyosini mangu tark etgan, shu bois jonivorlar bilan uning o‘rtasidagi ziddiyat va tafovut ongida saqlanib kelmoqda. Tabiatning tarkibiy qismi hisoblangan inson sutemizuvchilar olamida tanho o‘zini o‘zi nazorat qilishga, o‘zini o‘zi bilishga, o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan jonli zotdir, binobarin, u psixik faoliyatni tashkil qilishga, maqsadga yo‘naltirishga, o‘zini o‘zi tadqiq qilishga qodir mavjudotdir. Shaxs o‘z xulq-atvorini, bilish jarayonlarini aqliy va ijodiy faoliyatini, irodaviy sifatlarini ongli ravishda oqilona baholay oladi hamda o‘zini o‘ziboshqarabiladi. Har qaysi insonda hukm suruvchi ,,men"likning ,,men emas"likdan ajratishga intilishni ,,o‘zini namoyon qilish, o‘zini o‘zi ifodalash, kimligini kashf etish, o‘zini o‘zi takomillashtirish, o‘ziga o‘zi buyruq berish, o‘ziga o‘zi tasir o‘tkazish singari jarayonlarda" ontogenetik hayotning daslabki taraqqiyot pallasidan, ya’ni bolalikning ilk daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini egallash davrigacha davom etib, o‘zini o‘zi anglashning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Lekin ,,men”lik muammosining boshqa qirralari, xususiyatlari, mexanizmlari, ta’sir etuvchi omillari, yangi sifat darajalari o‘zini o‘zi anglashning takomil bosqichlarida namoyon bo‘laveradi, bu jarayon komil inson — jismoniy va ma’naviy barkamollik darajasiga erishgunga qadar davom etishi mumkin. Biroq yuksak kamolot darajasiga erishish shaxsning iste’dodi, salohiyati, ishchanlik qobiliyati, aqliy va ijodiy faoliyati mahsuldorligiga bog‘liq bo‘lib, barcha insonlar taraqqiyot cho‘qqisiga erishadi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki ijtimoiy hayotdagi umumbashariy talab, ehtiyoj negizida muayyan hududiy qulay (senzitiv) ham obektiv, ham subektiv shart-sharoitlar taqozosi bilan jahon fani va madaniyatida keskin o‘zgarishlar yaratishga qodir tarixiy yakka shaxs dunyoga keladi. Bizningcha, komil insoniylikka erishishning o‘ziga xos axloqiy, aqliy, irodaviy, g‘oyaviy tarkiblari mavjud bo‘lib, tanlangan idealga intilish, kasbga sodiqlik, samoviy muhabbat uning negizini tashkil qiladi. Tashqi olam taassurotlaridan mutlaqo voz kechish, fikriy soflikka erishish, tana a’zolarini musaffolashtirish (ortiqcha moddalardan tozalash), qulaylikka tortilganlik orqali shaxs oliy darajaga, ya’ni komillikka yetishi mumkin, lekin bu bosqich nisbiy xususiyat kasb etadi.Ongning uchinchi psixologik tavsifi shaxsning maqsadini ko‘zlovchi faoliyatini ta’minlashga oid ta’rifi ifodalangan bo‘lib, uning yana bir funksiyasi mazkur maqsadini yaratishga yo‘naltirilganligi bilan boshqalardan farq qiladi. Ushbu jarayonda shaxs faoliyatining turli xususiyatga ega motivlari yuzaga keladi, ular inson tomonidan chamalab chiqiladi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon bo‘ladi va bu o‘rinda usuvorlikka erishish yetakchilikni ta’minlaydi, irodaviy zo‘r berish oqibatida muayyan qonun qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay yo‘sinda amalga oshirilishi hisobga olinadi, maqsadni qaror toptirishga to‘siq vazifasini o‘tovchi fikriy to‘siqlar bartaraf etiladi va unga mutanosib o‘zgarishlar kiritiladi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir tuzatishlar amalga oshiriladi. Maqsadni ko‘zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida, uning muvofiqlashuvida, voqelikka yo‘naltirilishida obektiv va subektiv sabablariga ko‘ra, ayrim nuqsonlarga yo‘l qo‘yilishi, buzilish vujudga kelishi ong funksiyasining zaiflashuvini bildiradi. Faoliyat ongli munosabatni taqozo etganligi tufayli uning tarkibiy qismlari bajarilishida ayrim kamchilikka yo‘l qo‘yilsa, bu holat ongning nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini anglatadi. Ongning to‘rtinchi psixologik tavsifi uning tarkibida muayyan darajadagi, ma’lum tizimga xos emotsiya(hissiy) munosabatlar qamrab olinganligini aks ettiradi. Shundan keyin shaxs ongiga muqarrar ravishda turli-tuman his-tuyg‘ular (har xil darajali ijobiy, salbiy, barqaror, satik, dinamik), kechinmalar, sress, affekt holatlar to‘g‘risidagi axborotlar oqimi kirib kela boshlaydi. Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nisbatan munosabatlari mavjud mezonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omilkorlik bilan yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi hukm surayotganligidan dalolat beradi. Shaxsdagi mo‘tadillik, ruhiy sog‘lomlik ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirsa va ayrim hollarda hissiyotga berilsa, demak, uning o‘z funksiyasini bajarishdan chetlashganligi namoyon bo‘ladi. Agar turli xususiyatli munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida, hech qanday nuqsonlar, chetga og‘ishlar sodir bo‘lmaydi. Shu narsani ta’kidlash o‘rinliki, patologik holatlarni tahlil qilish, ong mohiyatining genezisini atroflicha anglab olishga ko‘maklashadi. Shu bois ongning zaiflashuvi shaxsning his-tuyg‘ulari va munosabatlarini o‘zgartiradi hamda vaqt-vaqti bilan simpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg‘u bilan, optimizm pessimizm bilan o‘rin almashib turishi kuzatiladi. Ongning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan barcha funksiyalari namoyon bo‘lishining muqarrar sharti til va nutq hisoblanadi. Shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlarini o‘zgartiradi, ajdodlar tomonidan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida yuzaga keltirilgan tajribalar majmuasi tilda nuitsahkamlanadi, u o‘zining tafakkuri orqali hayoti va faoliyatini boyitadi. Til alohida obektiv tizim sifatida na moyon bo‘lib, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarda vujudga kelgan an’analar, marosimlar, qadriyatlar, g‘oyalar majmuasi tariqasida ijtimoiy ongda aks ettirilgandir. Psixologik talqinlarga qaraganda, alohida, yakkahol shaxs tomonidan egallangan til boyliklari, qoidalari muayyan ma’noda uning yaqqol, individual ongi sifatida yuzaga keladi, shaxsiy hayoti va faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Til bilan nutq borliqni anglashning aloqa quroli hamda vositasi funksiyasini bajarib, shaxsning boshqa mavjudotlardan farqlash sharti hisoblanadi va til bilan tafakkur birligi ong uchun moddiy negiz vazifasida ishtirok etadi, qaysidir ma’noda mexanizm rolini bajarishi ham mumkin. Shunday qilib, ontogenezda ongning paydo bo‘lishi (,,men" davrining boshlanishi), uning taraqqiyoti, tarkibiy qismlari, unda ijtimoiy muhitning, zarur shart-sharoitlarning o‘rni, biologik va ijtimoiy shartlanganlikning ta’siri, tarbiyaning usuvorligi to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari mazkur muammoning psixologik tafsifini ishlab chiqishga muhim negiz yaratdi. Ongning birinchi xossasi - bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak atrofdagi tashqi olamga doir bilimlar yig’indisidan iboratdir. Anglash tashqi olamdagi narsalami tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasidagi aniq farq o’z ifodasini topadi, ya’ni odam "men" degan tushunchani "men emas" tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o’zini bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir.Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko’zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlami bajarish yo’llari hisobga olinadi. Ongning to’rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli ravishda turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir. Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusinasiya kabilar kiradi. Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. O., koʻpincha, badan harakatida, xotira, xayolda na-moyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongli paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mac, odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm va shahrik. chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham O. holatiga kiradi. 3. Freyd O.ni sof irratsionalis-tik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan O. oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning bu-tun xattiharakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. O.ni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir. Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi. Ongsizlik - bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling