O'zbekiston respublikasi oliv va o'rta maxsus ta'lim vazirligi islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali Elekrnonika va elektrotexnika fakulteti Nazariy elektronika


Электромагнит майдон назарияси ҳамда электр ва магнит занжирлари назарияси масалаларининг умумий физик асоси


Download 280 Kb.
bet2/5
Sana15.02.2023
Hajmi280 Kb.
#1200810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Elektr zanjirlari nazariyasida qo\'llaniladigan elektromagnit maydon tushunchasi va integral kattaliklar. Elektr zanjirlari va ularning parametrlarining xisoblash usullari

Электромагнит майдон назарияси ҳамда электр ва магнит занжирлари назарияси масалаларининг умумий физик асоси.

Elektromagnit maydoni energiya yoki signallarni oʼzatuvchi yoki oʼzgartiruvchi texnik va fizik qurilmalarda qoʼllanadigan asosiy fizikaviy agentdir. Elektromagnit maydoni bilan bogʼliq jarayonlar elektromagnit maydonini vaqt va fazoda toʼliq yoritib berilishini taqozo etadi. Аniq qurilmalardagi elektromagnit hodisalarni yoritib berishdagi murakkabliklar ushbu jarayonlarni hisoblashning vaqtga bogʼliq holda usullarini qidirib topish vazifasini qoʼyadiki, bu esa elektr zanjirlar nazariyasini rivojlantirish bilan bogʼliqdir.


Elektromagnit maydonining u yoki bu xususiyatlarini oʼzida aks ettiruvchi elektr zanjirlarining elementi sifatida aniq qurilmalarni ajratib berilgan funktsiyalarni bajaruvchi yangi murakkab asbob va jihozlarni yaratish uchun elektr zanjirlari nazariyasidan foydalanish mumkinligiga erishamiz.
Elektr zanjirlari nazariyasi aynan elektr magnit jarayonlari hisobini soddalashtirish imkonini bergani uchun ham asosan katta rivojlanishga ega boʼldi. Shu bilan birgalikda bu kabi soddalashtirishning zamirida baʼzi tomonlarni hisobga olmaslik yotishini tushunish kerak boʼladi.
Elektromagnit maydoni materiyaning bir turi boʼlib, har bir nuqtada “Elektr maydoni” va “Magnit maydoni” nomlarini olgan ikkita vektor kattalik bilan tavsiflanadi. Elektromagnit maydoni boʼshliqda S=2,998108 m/s  3108 m/s tezlik bilan tarqaladi.
Yaxlit elektromagnit maydonining ikkita tomoni boʼlgan elektr va magnit maydonlarini namoyon qilish uchun ularning oʼzini sezdiruvchi u yoki bu xossalaridan foydalaniladi.
Taʼrif: Elektromagnit maydonning ikki tomonidan biri hisoblangan elektr maydoni deb, elektr zaryadli zarrachaga zarrachaning zaryadiga proportsional va uning tezligiga bogʼliq boʼlmagan kuch bilan taʼsir etuvchi tavsifga ega boʼlgan maydonga aytiladi.
Elektr maydonini tavsiflovchi asosiy fizik kattalik mavjud boʼlib, u elektr maydon kuchlanganligi nomini olgan.


Taʼrif: Elektr maydon kuchlanganligi elektr maydonini tavsiflaydigan va elektr maydoni tomonidan zaryadli zarrachaga taʼsir etuvchi kuchni aniqlaydigan vektor kattalikdir.
(1)
Заряд нолга интилганда лимитни қўллаш орқали қуйидаги ифодани ёзамиз:
(2)


(3)


Taʼrif: Elektromagnit maydonining ikki tomonidan biri hisoblangan magnit maydoni deb zaryadli zarrachaga uning tezligi va zarrachaning zaryadiga proportsional tarzda kuch bilan taʼsir etuvchi tavsifga ega boʼlgan maydonga aytiladi.
Magnit maydonini tavsiflovchi asosiy fizik kattalik mavjud boʼlib, u magnit induktsiyasi deb ataladi.
Taʼrif: Magnit induktsiyasi magnit maydonini tavsiflaydigan va magnit maydoni tomonidan harakatdagi zaryadli zarrachagaga taʼsir etuvchi kuchni aniqlaydigan vektor kattalikdir.
Bir jinsli boʼlmagan maydonda oʼtkazgich boʼlakchasining limiti nolga intilayotgan holatni quyidagicha ifodalaymiz:
(4)



Download 280 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling