O‘zbekiston respublikasi oliv va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 9.41 Kb.

Sana26.05.2018
Hajmi9.41 Kb.
background image
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIV VA O‘RTA 

 MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 

 

Fakultet: Tabiiy fanlar 

 

Kafedra: Kimyo 

 

O‘quv yili: 2017-2019 

 

Magistratura talabasi: Bozorova 

Lobar Sharipovna 



Ilmiy rahbar: dots. M.J.Qurbonov 

Mutaxassisligi: 5A140503-Neft va gaz 

kimyosi va texnologiyasi 

 

“Modulli birikmalardan foydalanib neft fraksiyalarini analiz qilish va 

tozalash usullarini ishlab chiqish”  

MAVZUSIDAGI  MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI 

 

Dissertatsiya  mavzusi  qisqacha  maqsadi  va  vazifalari:  Bugungi  kunda 

jahon bo‘yicha qazib olinayotgan neftning ko‘pgina qismi oltingugurtli va yuqori 

oltingugurtli  neft  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  esa  oltigugurtli  organik  birikmalarning 

birdan  bir  tabiiy  xom-ashyo  manbai  bo‘lib  hisoblanadi.  Shunga  binoan  xuddi 

shunday  birikmalarni  sintez  qilish  boshqa  moddalarning  mutloq  bir  xilligini 

aniqlash  maqsadida  etalon  preparatlari  bo‘libgina  qolmasdan,  balki  ularning 

kimyoviy,  fizik-kimyoviy  ,  fiziologik,  antikorrozion  va  boshqa  xossalarini  har 

tomonlama o‘rganish ahamiyatli darajada muhim ekanligidan dalolat beradi va neft 

tarkibidagi oltingugurtli organik birikmalarni qo‘llashning yangi sohalarini izlashni 

osonlashtiradi.  Bundan  tashqari  neftni  qazib  olish  texnologiyalarini  rivojlantirish 

va  qazib  olish  jarayonida  vujudga  keladigan  qiyinchiliklarni  bartaraf  etish 

masalalari  ham  muhim  masalalardan  biridir.  Shu  nuqtai  nazardan  neft  sanoati 

uchun  oltingug-urtli organik moddalardan maqsadli foydalanish va ilmiy tadqiqot 

ishlarini olib borish diqqatga sazovor hisoblanadi. Bu esa ekologik nuqtai nazardan 

ham va neft sanoatida arzon xom ashyodan ratsional foydalanish nuqtai nazaridan 

ham juda dolzarbdir.  

Shu maqsadda neft tarkibidagi oltingugurtli organik birikmalarni ajratish va 

ular  asosida  neftning  modulli  birikmalarni  sintezlash,  neft  tarkibida  uchraydigan 

bitsiklik  oltingugurtli  organik  birikmalarning  ayrim  o‘ziga  xos  xususiyatlarini 

o‘rganish, tuzilishini aniqlash va  olingan  natijalarni  neftni  qazib olish  texnologik 

jarayonida qo‘llash ushbu ishning asosiy maqsadidan iborat. 

Magistrlik  dissertatsiya  ishining  maqsadidan  quyidagi  vazifalar  kelib 

chiqadi: 

- Toshli neft koni neftining muqobil fraksion tarkibini tanlash; 

-Toshli nefti fraksiyasining umumlashgan xom-ashyo modelini ishlab iqish; 

-  neft  tarkibidagi  oltingugurtli  aromatik  bitsiklik  birikmalarni  ajratish  va 

tuzilishini o‘rganish; 



-olingan moddalarning spetsefik xossalarini tadqiq qilish.  


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling