O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining


VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish


Download 86.31 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi86.31 Kb.
#220214
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
116-II 03.12.2010

VI. Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish

6.1. Iqtisodiyot sohasida demokratik o‘zgartirishlarni, liberallashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish.

6.1.1. Konsepsiyaning xususiy mulk huquqini va uni himoya qilishni mustahkamlash, xususiy mulkdorlar uchun ishonchli kafolatlar tizimini yaratish, boshqaruv tizimini takomillashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda iqtisodiy munosabatlarni, iqtisodiyotni boshqarish tizimini demokratlashtirish va liberallashtirishning boshqa masalalariga yo‘naltirilgan qoidalarini muhokama qilishga, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkazish. O‘tkazilgan tadbirlar yakunlari bo‘yicha — amaldagi qonunlarni takomillashtirish, shu jumladan “Xususiy mulkni muhofaza qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2011-2012-yillar — ish rejasiga muvofiq

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi

6.1.2. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi tizimida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ijro etishning borishini nazorat tartibida o‘rganish.

Korporativ boshqaruv va nazorat organlari vakolatlarini, huquqlari va majburiyatini yanada aniqroq belgilash; aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari, umumiy yig‘ilishlari va taftish komissiyalarining roli va ahamiyatini oshirish; minoritar aksiyadorlar uchun ko‘proq kafolatlarni ta’minlash; barcha aksiyadorlar va bo‘lajak investorlar aksiyadorlik kompaniyalarining faoliyatiga doir axborotdan foydalanishini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

6.1.3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ijro etish masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar va idoralar vakillarini taklif etgan holda parlament eshituvlarini amalga oshirish:

Toshkent viloyatida — “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida — “Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini;

2012-yilning birinchi yarmi

Senatning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari qo‘mitasi

Toshkent shahrida — “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini.

2012-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi

Ko‘rsatib o‘tilgan nazorat tadbirlarining yakunlari bo‘yicha — davlat boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasida tayyorlanishi nazarda tutilgan yangi tahrirdagi “Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi va “Raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmuni yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

6.1.4. Kichik biznesning (xususiy tadbirkorlikning) mamlakat iqtisodiyotidagi ko‘lami va ulushining yanada kengayishini ta’minlash maqsadida mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan Qashqadaryo viloyatida “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijro etilishining borishini nazorat tartibida o‘rganish.

Nazorat faoliyatining natijalarini Senat qo‘mitasining xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikdagi sayyor majlisida muhokama qilish. Yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining mazmuni yuzasidan takliflar ishlab chiqish.



2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda

6.1.5. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to‘g‘risida”gi, “Garov reyestri to‘g‘risida”gi, “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi, “Innovatsiyalar va iqtisodiyotni modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun hujjatlarini qabul qilish va amalga oshirish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bir qator davra suhbatlari o‘tkazish.

2011-2012-yillar ish rejasiga muvofiq

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi

6.1.6. Inqirozga qarshi choralarning 2009 — 2012-yillarga mo‘ljallangan dasturi so‘zsiz bajarilishida mahalliy hokimiyat organlarining roli va mas’uliyati to‘g‘risidagi masala yuzasidan Senat qo‘mitasining Jizzax va Sirdaryo viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari bilan qo‘shma sayyor majlislarini o‘tkazish.

2011-yilning birinchi yarmi

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari

6.1.7. 2011-yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturini amalga oshirish masalasi bo‘yicha Senat qo‘mitasining Andijon va Toshkent viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari bilan qo‘shma sayyor majlislarini o‘tkazish.

2011-yilning ikkinchi yarmi

Senatning Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi, Andijon va Toshkent viloyatlari xalq deputatlari Kengashlari


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 496-modda)

Download 86.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling