Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


Download 158.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi158.55 Kb.
#1001283
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - Vikipediya



Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy
Majlisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
— 
Oʻzbekiston parlamenti
, oliy davlat vakillik, qonun
chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning
umumiy, teng, toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis
koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan
saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga
saylovlar 1999-yil 5 va 19-dekabrda boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004-yillarda faoliyat koʻrsatgan.
Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita
milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta
qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy
vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor
iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik,
davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-
yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi
Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga
saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — 
Qonunchilik palatasi
(quyi palata) va
Senatdan
(yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil
etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" (2002-yil 4-aprel), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida" (2002-yil 12-dekabr), "Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida"gi (2002-yil 12-dekabr) Konstitutsiyaviy qonunlar,
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-
yil 29-avgust), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003-
yil 29-avgust) kabi qonunlar tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari
boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi
deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli
bilan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat
aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazкur deputatlar
orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat,
adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa
tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat кoʻrsatgan eng obroʻli
fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25
yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan
fuqarolar egadirlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, viloyat, tuman,
Oliy Majlis 
binosi


shahar davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat aʼzoligiga saylanish
uchun nomzod boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston parlamenti keng, koʻp qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish prinsipiga asoslanib, davlatning boshqa
idoralari bilan hamkorlik qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonunchilik,
davlat boshqaruvining muhim masalalarini koʻrib chiqishda va hal etishda ishtirok etadi,
davlat byudjetini tasdiqlaydi, parlament nazoratini amalga oshiradi hamda qator davlat
organlarini shakllantirishda qatnashadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati oʻz
vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qonunchilik palatasi
tarkibida quyidagi deputatlar fraksiyalari: Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi deputatlar
fraksiyasi, Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi,
Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi (bu uchchala fraksiya
"Demokratik blok"ka birlashgan), Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi,
Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi faoliyat olib borayapti.
Qonunchilik palatasi deputatlari professional, doimiy asosda ishlaydi. Senatda doimiy asosda
ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining 1/4 igacha boʻlgan miqdorda
belgilangan.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spiker va uning oʻrinbosarlarini, Oliy Majlisning Senati
esa Senat raisi va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.
Parlamentning Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida oʻtkaziladi. Sessiyalar, qoida
tariqasida, sentabrning 1ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar
oʻtkaziladi. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida 3-marta oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida, shuningdek, ularning organlari majlislarida
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh Vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, respublika
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy bank
boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. Qonunchilik palatasi va uning organlari
majlislarida Senat raisi, Senat va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri
ishtirok etishi mumkin. Qonunchilik palatasi va Senat alohida alohida majlis oʻtkazadilar.
Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
qasamyod qilganda, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng
muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda
oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan
ham oʻtkazilishi mumkin.
Parlamentning Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatini samarali tashkil etish, qoʻmitalar
ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi boʻyicha takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki


tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish maqsadida ularning tarkibida Kengashlar tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi oʻz vakolatlari muddatiga
tegishincha deputatlar va senatorlar orasidan qoʻmitalarni saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari (2005) Byudjet va
iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi; Qonunchilik va sudhuquq masalalari qoʻmitasi;
Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi; Xalqaro
ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi; Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi;
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi; Fan, taʼlim, madaniyat va sport
masalalari qoʻmitasi; Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari qoʻmitasi; Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari
qoʻmitasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari (2005) Byudjet va iqtisodiy
islohotlar masalalari qoʻmitasi; Qonunchilik va sudhuquq masalalari qoʻmitasi;Mudofaa va
xavfsizlik masalalari qoʻmitasi; Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi; Fan, taʼlim, madaniyat va
sport masalalari qoʻmitasi; Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi.
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyektlar tomonidan dastlab
Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun
Senatga yuboriladi. Senat esa qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Agar qonun loyihasi Senat tomonidan rad etilsa, u Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Parlamentning yuqori va quyi palatalari oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf
etish maqsadida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin. Oliy Majlis Senati tomonidan
maʼqullangan qonun 10 kun ichida Prezidentga imzolash uchun yuboriladi. Prezidentning
qonunni imzolash muddati 30 kun etib belgilangan. Respublika Prezidenti qaytadan
muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan parlamentga
qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Oliy Majlisning ikkala
palatasida ham uchdan ikki qismdan iborat koʻpchilik ovoz bilan maʼqullansa, qonun
Prezident tomonidan 14 kun ichida imzolanishi kerak. Qonun belgilangan tartibda eʼlon
qilinishi lozim.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat aʼzolari oʻz
vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi
faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas. Qonunchilik palatasi deputati va Senat aʼzolari
daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining nashrlari: "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi", "Xalq soʻzi" — "Narodnoye slovo" gazetalari.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamentlararo hamkorlikni keng yoʻlga qoʻygan. MDH
davlatlari va boshqa rivojlangan xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan shartnomalar
tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining
"Oʻzbekistonda demokratiyalashtirish jarayonining rivojlanishiga koʻmaklashish" va
"Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish" loyihalari muvaffaqiyatli bajarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Toshkent shahrining Xalklar
doʻstligi prospektidagi binoda, Senat esa Mustaqillik maydonidagi binoda ish olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosi mujassamoti yechimida
meʼmor maʼmuriy jamoat binolariga xos mumtoz uslubdan foydalangan. Bino tarhi murabba
shaklida (86x86 m), ustunlar qatori bilan qamrab olingan, ustunlar boshasiga barglar
guldastasi ishlangan. Bino tarzlari tilla rang yaxlit oynalar bilan qoplangan, oynavand devor
tepadan pastga tushguncha 3-marta ichkariga kiritilib oʻziga xos koʻrinish kasb etgan. Bino
feruza rang gumbaz (balandligi 11,5 m, diametri 34,5 m) bilan yopilgan, gumbaz ustiga
anʼanaviy tojsimon oynavand tuynuk ishlangan. Bino atrofidagi oq ustunlar feruza gumbaz
hamda tilla rang oynalar bilan uygʻunlikda binoga koʻrkamlik, salobat baxsh etgan. Binoning
500 oʻrinli majlislar zali aylana shaklidagi amfiteatr uslubida hal etilgan (Prezidium va notiqlar
minbari ham boʻlinmalarning biriga joylashtirilgan), zalning galereyali 2yarusidan mehmonlar
va ommaviy axborot vakillariga joy ajratilgan. 1,2 va 3qavatlarda ish xonalari, parlament
guruhlarining majlislari uchun kichik zallar joylashgan. Bino ichki bezaklarida yogʻoch
oʻymakorligi (S. Rahmatullayev, H. Odilov, H. Gʻaniyev, M. Ibrohimova), ganchkorlik (M.
Sultonov, Mirvohid Usmonov, A.Poʻlatov, M. Qosimov va boshqalar), naqqoshlik (X. Nuraliyev,
3. Boltaboyev va boshqalar)dan mahorat bilan foydalanilgan (ayniqsa, gumbaz osti naqshlari
jozibador), miniatyura rasmlar bilan ziynatlangan (Gʻ. Kamolov, X. Nazarov, F. Rahmatullayev).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining binosi — 2005-yil sobiq Hukumat uyi binosi
oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etildi. Bino 3
qismdan tashkil topgan: markaziy kirish qismi va uning ikki yonidagi oʻng va chap
qanotlardan iborat, 4 qavatli qilib qurilgan, shuningdek yer osti qavatiga ham ega. Markaziy
qismi hashamatli 4 ta ustunda joylashgan 3 ta ichki gumbazli peshtoqdan tashkil topgan,
peshtoq orqali keng va yorugʻ miyonsaroy (vestibyul)ga kiriladi, miyonsaroy aylana shaklidagi
salobatli majlislar zali bilan bogʻlangan. Miyonsaroyning tepasidagi qavatda kichik majlislar
zallari joylashgan. Binoning chap qanotida senatorlar ish xonalari, qabulxonalar, Konstitutsion
sud ishchi xonalari hamda Hisob palatasi ishxonalari va zallari joilashgan. Binoning oʻng
qanotini senatorlarning ishxonalari, saqlanib qolgan va taʼmirlangan "Bahor" konsert zali
uchun mashq zallari va boshqalar qoʻshimcha xonalar egallagan. Binoning ichki va tashqi
pardozlarida mahalliy va zamonaviy ashyolardan tayyorlangan milliy meʼmoriy bezaklar
ishlatilgan. Ichki bezaklarda ganchkorlik (M. Usmonov, A. Poʻlatov, X.Azizov va boshqalar),


Soʻnggi tahrir 1 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
naqqoshlik (A.Karimov va boshqalar), toshtaroshlik (haykaltarosh R. Buzrukov va boshqalar)
mahorat bilan qoʻllanilgan; namoyonlar (V.I.Burmakin, R.Xudoyberganov va boshqalar),
gobelen (A. Ikromjonov eskizi) va boshqalar bilan ziynatlangan. Bino Mustaqillik maydonidagi
inshootlar va koʻkalamzorlar, favvoralar bilan ajoyib uygʻunlikda, Anhor boʻyiga tutashgan
tomonidagi hududda soʻlim maskan hosil qilingan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=O
ʻzbekiston_Respublikasi_Ol
iy_Majlisi&oldid=3149772
" dan 
olindi 
Yana qarang


Download 158.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling