Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


Qonunchilik palatasi Devoni quyidagi tuzilmaviy boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi


Download 31.3 Kb.
bet4/8
Sana18.03.2023
Hajmi31.3 Kb.
#1281556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunchilik palatasi Devoni quyidagi tuzilmaviy boʻlinmalarni oʻz ichiga oladi:
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzuridagi kotibiyat;
Qonun loyihalarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh;
Tashkiliy-nazorat va tahlil boʻlimi;
Yuridik boʻlim;
Matbuot va tahririyat boʻlimi;
Xalqaro aloqalar boʻlimi;
Matbuot xizmati;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi;
Xatlar va fuqarolarni qabul qilish boʻlimi;
Umumiy boʻlim;
Moliya, hisob va hisobot boʻlimi;
Moddiy-texnika ta’minoti boʻlimi.
Qonunchilik palatasi Devoni boʻlimlari tarkibida sektorlar, guruhlar va boshqa tuzilmaviy boʻlinmalar tuzilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari huzuridagi kotibiyatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
qoʻmitalarning qonun ijodkorligiga doir faoliyatini tashkiliy, uslubiy, axborot va ilmiy-maslahat jihatidan ta’minlash;
qoʻmitalarga maslahat, uslubiy va axborotga oid yordam koʻrsatish, ularga tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishda koʻmaklashish;
qonun loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlarni shakllantirishda qoʻmitalarga koʻmaklashish va ularning ishida ishtirok etish;
qoʻmitalarda ish yuritishni tashkil etish va olib borish, hujjatlarning oʻz vaqtida oʻtishi va Qonunchilik palatasi rahbariyatining topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat olib borish.
Muvofiqlashtiruvchi guruhning asosiy vazifasi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalarining va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining koʻrib chiqilishini tashkil etish hamda bu loyihalarni Qonunchilik palatasida tayyorlash, koʻrib chiqish, shuningdek qabul qilishning yoki bekor qilishning barcha bosqichlarida kuzatib borishdan iborat.
Tashkiliy-nazorat va tahlil boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qonunchilik palatasi, uning organlari va deputatlari faoliyatini tashkiliy, axborot-tahliliy va maslahat jihatidan ta’minlash;
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bajarilishini monitoring qilish va har tomonlama tahlil etishni amalga oshirish, ushbu yoʻnalishlar samaradorligini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qonun ijodkorligi jarayonining keng koʻlamli tahlilini amalga oshirish, qonunlarni roʻyobga chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Qonunchilik palatasining deputatlari, qoʻmitalari va deputatlar birlashmalariga ular tomonidan nazoratga oid vakolatlarini amalga oshirishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.

Download 31.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling