O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi


Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik


Download 50.53 Kb.
bet7/9
Sana22.06.2023
Hajmi50.53 Kb.
#1646341
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning o’zini o’zi baholashiga

2.2. Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik


Kichik maktab yoshida bolada ko‘pgina o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘quv faoliyati ko‘nikmalarining shakllanishi, o‘z-o‘zini boshqarish, dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Intellektual refleksiya (o‘z harakatlari va ularning asoslari mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy tafakkur shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tuzilmadir. Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish va qayta qurish vaziyatida namoyon bo‘ladi. Bu yosh davrida o‘zini bilish va shaxsiy refleksiya o‘z imkoniyatlari chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida shakllanadi («Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo‘qmi?», «uni yechish uchun menga nima halaqit beradi?», harakatning ichki rejasi (ma’lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan ko‘ra olish ko‘nikmasi), ixtiyoriylik o‘z-o‘zini nazorat qilish ham rivojlanadi. Bola o‘z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o‘zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatda o‘z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor normalari o‘zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik hislari paydo boladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma’naviy, axloqiy (o‘rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Lekin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning doimiy emasligi xosdir. Kichik maktab yoshi davrida yetakchi bolgan o‘quv faoliyatini tashkil etish va mazmuniga bogliq ravishda yangi psixologik tuzilmalarning darajasida farqlar kuzatilishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, tafakkur nazariy va empirik bolishi, refleksiya mazmunan va shakliy, rejalashtirish esa muhim belgilariga kola va xususiy asoslarga kola nnamoyon bolishi mumkin. O‘quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi.
O‘quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida toliq ijobiy asos boladi. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, o‘qiyotgan sinfl va boshqa jamoalardagi o‘z o‘rnini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Yangi faoliyatga olish o‘quvchi bolaning o‘z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o‘sa boshlaydi. U o‘qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qo‘yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. O‘zini haqiqiy o‘quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o‘qishga ehtiyoj paydo boladi.



Download 50.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling