Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar moliya instituti


Sug'urta jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi


Download 75.59 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi75.59 Kb.
#1798121
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hayot sug’urtasining tashkil etishning o’ziga xususiyatlari

Sug'urta jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
Sug‘urta qildiruvchi shaxs muntazam sug‘urta to’lovi (sug‘urta mukofoti)ning optimal miqdorini belgilaydi;
Shartnoma tuzilgandan so‘ng sug‘urta qildiruvchi tomon uch oylik avans to‘lovini amalga oshiradi;
Keyingi yildan boshlab va shartnoma bo‘yicha to‘lov tugatilgunga qadar sug‘urta qildiruvchi shaxs har oy yillik sug‘urta mukofotining kamida 1/12 qismi miqdorida sug‘urta badallarini to‘laydi;
Sug‘urtalangan shaxslarga renta to‘lovlari kelishilgan tartibda (oylik, choraklik yoki yillik) tanlagan sanalarda amalga oshiriladi;
Renta to‘lovlari miqdori tegishli davr uchun to‘langan oylik to‘lovlar summasining taxminan 96 foizini tashkil qiladi. Aniq foiz sug'urtalangan shaxsning yoshi va jinsiga, shuningdek, boshqa omillarga bog'liq;
Mijozning oylik badallarining qolgan qismi (taxminan 4%) umrbod renta to’lash uchun zaxiraga yo’naltiriladi va sug‘urtalangan shaxs 60 yoshga to‘lgandan so‘ng to’lab boriladi;
Sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, haqiqiy ushlab qolingan summalar 60 yoshga to‘ladigan vaqtda uning merosxo‘rlariga bir martalik to‘lov sifatida to‘lab beriladi;
Sug‘urta shartnomasi umrbod amal qiladi;
Shartnoma bo‘yicha har oylik badallar to‘lash to‘xtatilgan taqdirda, renta to‘lovlari badal kiritilmasdan yana 3 oy davomida to’lab beriladi (uch oylik oldindan to‘lov amalga oshirilganligi hisobiga);
Shartnoma bo'yicha har oylik badallarni to’lashni renta to'lovlari boshlangan kundan boshlab kamida 9 oy o’tgandan so’ng to'xtatish mumkin.
Sug'urta summasi sug'urta kompaniyasining umrbod renta to'lovi bilan uzoq muddatli hayotni sug'urtalash bo'yicha tarif stavkasi bo'yicha quyidagi parametrlar asosida hisoblanadi:
sug'urtalangan shaxsning yoshi;
sug'urtalangan shaxsning jinsi;
oylik sug'urta mukofoti miqdori;
sug'urta shartnomasining amal qilish muddati.
Sug'urta kompaniyasi uzoq muddatli hayotni sug'urtalash bo'yicha har bir shartnomani individual ravishda, shartnoma shartlarini mijozning ehtiyojlari va xohishlariga (maqsadidan qat’i nazar - hayotni himoya qilish yoki pulni jamg'arish) maksimal darajada moslashtirgan holda tuzadi va shartnomani mijozning moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqadi.
Eng muhimi, hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta badallarini to‘lashga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari summalari soliqqa tortilmaydi.

Download 75.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling