O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
O’zbekistonda aholi migratsiyasi
Download 243.09 Kb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi aholi
O’zbekistonda aholi migratsiyasi
(kishi) 1-jadval T/R 2017y 2018y 1 Ko’chib kelganlar soni 157149 160103 2 Ko’chib ketganlar soni 175748 174832 3 Migratsiya qoldig’i(saldosi) -18599 -14729 Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ma’lumki 2017-2018yillarda respublikamizda migratsiya saldosi manfiy ko’rsatkichni tashkil etgan. Ya’ni ko’chib ketganlar soni ko’chib kelganlar sonidan ko’p hisoblanadi. O’zbekiston ko’p millatli mamlakat, bu yerda 100 dan ortiq teng xuquqli millat va elat vakillari yashaydilar. 1989-yil aholi ruyxatiga muvofiq, o’zbeklar jami aholining 71,4 foizini tashkil etadi. 90-yillarda bir vaqtlar ko’chib kelgan boshqa millat vakillarining reemigratsiya qilishi tufayli o’zbeklarning ulushi ko’paymoqda. 16 1.4.Aholining milliy tarkibi. Mamlakatimizning barcha hududlari ko’p millatli. Nisbatan sanoatlashgan viloyat va shaharlarda mahalliy xalqlardan tashqari boshqa millat vakillari ham ko’p (Toshkent, Navoiy viloyatlari, Toshkent, Chirchiq, Angren, Olmaliq, Zarafshon, Farg’ona va boshqa shaharlar). Shu bilan birga, Xorazm viloyati aholisi asosan bir millatli - 97,5 foiz aholi o’zbeklardan iborat. O’zbeklarning hissasi Toshkent shahri va viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida kamroq. O’zbekistonda 662 ming qoraqalpoq millatiga mansub kishilar yashaydi Ularning aksariyati (94,2 %) Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan. Mamlakatimizda qadimdan tojiklar ham juda ko’p (1,5 mln ga yaqin) yashab kelgan. Ularning asosiy qismi Surxondaryo, Samarqand, Namangan va Farg’ona viloyatlarida yashaydi. Tojiklar, shuningdek, qisman Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida ham yashaydi. Qozoqlar ko’proq Qoraqalpog’istonda hamda Navoiy va Toshkent viloyatlarida, qirg’izlar Jizzax Farg’ona va Andijon viloyatlarida, turkmanlar – Surxondaryo va Qashqadaryo,Qoraqalpog’istonda istiqomat qiladi. Bulardan tashqari, respublikamizda ukrain, tatar, koreys, boshqird, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor. Ularning ko’pchiligi shahar joylarida istiqomat qiladi. Aholining jinsiy tarkibi tenglashib bormoqda; shaharliklar orasida ayollar ko’proq (50,2 foiz), qishloqlarda esa jinslar o’rtasidagi farq deyarli sezilmaydi. O’zbekistonda tug’ilish nisbatan yuqoriligi sababli aholi tarkibida yoshlar ulushi katta. Respublika aholisining taxminan 16 foizini 8 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi. Shuning uchun davlatning ijtimoiy siyosatida sog’lom, barkamol avlod tarbiyasiga, yoshlarga katta ahamiyat berilmokda. Download 243.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling