O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti roman-german tillar kafedrasi 70230101-lingvistika (nemis tili)


Download 16.37 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi16.37 Kb.
#1624567
1   2   3   4
Bog'liq
JUMANAZAROV SHUKURALI 2

Tadqiqotning vazifalari:


multimedia grammatik yo'naltirilgan dasturini yaratish uchun lingvodidaktik va psixologik asoslar aniqlandi
multimedia dasturini qo'llash texnologiyasi ishlab chiqilgan va o'qitish amaliyotiga kiritilgan, shu jumladan: a) dasturni til bo'yicha o'quv jarayoniga integratsiya qilish tamoyillari; b) o'qitish strategiyalari; v) o'qitish usullari va shakllari;
multimedia dasturining lingvodidaktik ta'minoti talabalar ongida grammatik shakllarning obrazini shakllantirishga yo'naltirilgan va grammatik materialni mustahkam egallashni ta'minlaydigan grammatik yo'naltirilgan mashqlar tizimi asosida ishlab chiqilgan;
multimedia dasturi orqali grammatik mahoratni shakllantirishning "signal" nazorati va o'zini o'zi boshqarish tashkil etildi.

Nemis tili darsida talabalarning AKT yordamida grammatik kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik tajribasi o‘rganildi va tahlil qilindi


Tadqiqotning ilmiy yangligi:
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Ilmiy tadqiqodning yozilishi jarayonida chet tilini o’rganish bo’yicha maqolalar, etimologik lu’gatlar, atamalar lug‘ati, monografiyalar, ilmiy ishlar, jurnallardagi bugungi ilmiy maqolalar, o‘tgan asrda va bugungi kunda yaratilgan darsliklardan keng foydalanildi. Bundan tashqari chet el olimlaridan Harmer Jeremey, Jack C, Richards, Theoder, S, Rodgers, DJ, Raven, W. Hutmacher, A.B. Xutorskiy. Gamezo M.V, Zimnaya. I. A, Krutetskiy V. D, Lyublinskaya A. A, Nemov R. S, Elkonin D, B. E.M. Vishnevskaya, A.N. Shukin, I.L. Beam, N.D. Galskova, G.I. Voronina, Frazer, A.A. Xomutova, Kelly, Jones, Dieling Xirshfeld, I.A. Gryzinskaya, N.V. Barishnikov, E.I. Solovtsova, L.G. Denisova va boshqa tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot ishlarida amalga oshirilgan.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi to‘plangan materiallar hozirgi zamon tilshunosligida keng qo‘llanadigan – chet tili grammatikasini AKT yordamida o’rganish metodlar yordamida tahlil etildi. Qiyosiy-chog’ishtirma metodidan foydalanildi.
Chet til ta’limida informatsion texnologiyalardan keng foydalanish tavsiya etiladi. Binobarin o‘quvchilarga grammatik xodisalarni o‘rgatish jarayonida quyidagi informatsion texnologiyalardan foydalanishni lozim deb topdik: kompyuter texnologiyasi (internet tarmogi), interaktiv metodlar, ochiq munozara (disput), ekskursiya, auksion, konkurs, dumaloq stol, orzu-niyat, she’riyat turlari, chet til o‘rgatish proyekt metodi va boshqalar. Interaktiv metodlar qo‘llanganda, talabaning o‘zi mustaqil holda erkin fikr yuritadi, o‘qituvchi bilan hamkor sifatida ishlaydi. Nemis tili darslarida o‘quvchilarining grammatik ko‘nikmalarini takomillashtirishda internet texnologiyalari axborot olish va muloqot kilishning eng zamonaviy shakllaridan biridir.
O‘quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlash maqsadida test olinadi. Test jarayonida o‘quvchilarda mustaqil ishlash va o‘zini-o‘zi baholash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ma’lumki, mustaqil holda olingan ilim xotirada uzoq saqlanadi va qayta esga olish oson kechadi. Zamonaviy texnologiyalardan bo‘lgan strategiya va o‘yintopshiriqlari talabalarni zerikishdan saqlaydi va ularni mustaqil tarzda aqliy faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlaydi
Shuningdek nemis tili grammatikasini nafaqat umumta’lim maktablarida balki oliy ta’limda ham o’rgatishda klasterli yondashuv yoki usul ham samarali yordam beradi. Bu usul nafaqat samarali balki o’quvchi-talaba uchun bilim berishda judayam qulay usul hisoblanadi. Misol uchun:
Das Subjetk
Der Relativsatz
Das Adverb
Das Adjektiv
Die Zeitform
Grundfunktionen von Wörtern in einem Satz

Download 16.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling