O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTAB MENEJMENTI TA’LIM
YO’NALISHI
301 – GURUH TALABASI
Bohodirov Bekzodning
“Maktab menejmenti asoslari”
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: Tarbiyaning umumiy metodlari.
Ilmiy rahbar: Sh.Po’latov
QO’QON – 2023 y
Mavzu: Tarbiyaning umumiy metodlari.
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………3
I BOB . Tarbiya metodlarining g’oyaviy asoslari…………………………….5
1.1. Tarbiya metodlarining mazmuni va tamoillari………………………………5
1.2. Kelajak avlodni tarbiyalashda maqbul metodlarni tanlashning ahamiyati…………………………………………………………………………12
II.BOB.Tali-tarbiya jarayonida tarbiyametodlarining samarali qo’llashning pedagogik shartlari……………………………………………………………..15
2.1. Tarbiya jarayonida pedagogik rag’batlantirish va xulq- atvorni tuzatish, tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlaridan foydalanishni samaradorligini taminlash………………………………………………………………………….15
2.2.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari…………………………………….18
Xulosa ……………………………………………………………………………26
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………27
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Ushbu ishimizda tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi Umumiy o‘rta ta’lim tizimida Davlat ta'lim standarti talablariga muvofiq darsni tahlil qilish mezonlari keltirilgan hamda dars tahlili bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana Shunda. Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullara deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas.
Mamlakatimizda ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirishi bilan bir qatorda o‘qituvchilardan doimiy ravishda o‘z kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirib borishlari hamda dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etilishlari talab etiladi. Dars tahlili pedagogik mahoratni oshirishning eng asosiy yo‘li va ta’lim samaradorligini oshirishning omili hisoblanadi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv mashg‘ulotlari mazmunini tahlil qilish bevosita ta’lim tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini oshirishdan iboratdir.
Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud.
Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.
Ta’lim muassasalarida dars tahlilini tashkil etishda dars jadvalining tuzilishi, unda fanlarning joylashuv tartibi, tanaffusga ajratilgan vaqt ham nazardan chetda qolmasligi lozim. Tanaffusning qisqa-uzunligi ham o‘quvchi¬ning darsdagi ruhiy-jismoniy (ruhan tetik yoki aqliy toliqish hissi) holatiga ta’sir etadi. Bunda o‘qituvchining mahorati, vaziyatga mutanosib ravishda qo‘llagan uslubiy yondashuvi darsning sifati va samaradorligini belgilab beradi. Darsni kuzatuvchi-o‘qituvchi tahlilda shu jihatga ham e’tibor berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |