O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti maktab menejmenti ta’lim yo’nalishi
Download 117.65 Kb.
|
behzod
Jazolash-bu tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo ham o’quvchining va butun sinf manfaati uchun qo’llanadigan oxirgi tarbiya metodi. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo: urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo’rqitish, g’azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o’quvchi qo’rqqanidan yolg’on gapirishga o’rganadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qoladi. Maktablarda qo’llashi mumkin bo’lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi:
-Tanbeh berish eng engil jazo chorasidir. O’qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish mumkin. -Ogohlantirish-noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladi. -Hayfsan berish-agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o’quvchi belgilangan intizomni buzaversa, o’quvchining aybi qay darajada va uning intizomni qanday sharoitda buzganini e’tiborga olib, unga hayfsan e’lon qilish mumkin. -Uyaltirish-qizartirish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayodir. Odatda odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo’lsa, avvalo o’zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo’ladi. Bolalarni tarbiyalashda Shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o’stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o’z o’rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. Jazo yaxshi o’ylab qo’llanishi lozim, qiziq ustida tinimsiz jazolash ham mumkin emas. Jazolar yakka harakterli, ya’ni bitta bo’lsin, o’quvchilarning aybiga mos, muvofiq bo’lsin, tez-tez qo’llanilmasin, jazolanuvchi ongida jazoni haqqoniy ekanligi aniq bo’lsin va ular o’z ayblarini sezsinlar. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo’llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yana oshadi. Barcha hollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-uqubatlarga solmasligi, uni taxqirlamasligi, sha’nini bukmasligi kerak. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta’riflab berilgan tarbiyaning umumiy metodlari o’quvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatish metodlarini hammasini qamrab olmaydi. Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi. Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qo’llanishiga, bu metod mazkur sinf jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik o’rin olganiga, qo’llanilayotgan tarbiya vositalari qanchalik javob berishiga bog’liqdir XULOSA Bolalarga tarbiya berishda interfaol metodlar va ta'limiy o’yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o„quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o’rganganlarini hayot bilan bog’lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O’qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg’or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Tа'lim tаshkilоtini nаtijаviy vа sаmаrаli bоshqаrish mаqsаdni tо'g'ri bеlgilаsh, vаkоlаtlаrni tорshirish, аsоsiy vаzifаlаrni аniqlаsh vа ulаrni hаl qilish аlgоritmini yаrаtish qоbiliyаtigа аsоslаnаdi. Bundаn tаshqаri, nаfаqаt ish vаqtini, bаlki dаm оlish vаqtini hаm bоshqаrish muhimdir, chunki yаxshi dаm оlgаn xоdim vа mеnеjеr nаtijаdоr vа sаmаrаli ishlаydi. Bizning fikrimizcha, ta'limiy o’yinlarga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Ta'limiy o’yinlar o’quvchilar yoshiga mos bo’lishi kerak; 2. O’yinlar o’tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo’lishi lozim; 3. Ta'limiy o’yinlarni o’tkazish vaqti aniq belgilanishi shart; 4. Ta'limiy o’yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi kerak; 5. Ta'limiy o’yinlarning o’tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim. Download 117.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling