O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti «Iqtisodiyot va turizm» fakulteti «Mehnat iqtisodiyoti»


Download 19.61 Kb.
bet5/9
Sana21.06.2023
Hajmi19.61 Kb.
#1639011
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu Mehnat iqtisodiyoti fanining mohiyati va uning tarkibiy y-fayllar.org

 

Mehnat iqtisodiyoti fanining barcha masalalarini yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator usullar yordamida o’rganish, tahlil qilish bu fanni o’rganuvchilarning va uning muammolari yechimini hal etuvchilarning bilish va ilmiy salohiyatini kuchaytiradi, aqliy zakovatini boyitadi.

Shunday qilib, mehnat iqtisodiyoti fani, bir tomondan, real mavjud bo’lgan voqelik haqidagi bilimlarni kengaytirishga, ikkinchi tomondan, ish bilan bandlik sohasida kechadigan yangi aloqalar va jarayonlarni qaror toptirishga yordam beradi.

Mazkur fanning metodologik asosi bo’lib, iqtisodiy nazariya, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, mehnat bozori iqtisodiyoti, institutsional iqtisodiyot fanlari hisoblanadi.

Mehnat iqtisodiyoti fan sifatida mehnat va mehnat faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Mehnat va mehnat faoliyati murakkab va ko’p qirrali ijtimoiy hodisa bo’lganligi sababli u ko’pgina fanlar tomonidan o’rganiladi (1.2-rasm).

Mehnat faoliyatini tadqiq qilish doirasi kengayib borgan sari bu sohada fanning yangi yo’nalishlari ham ko’paymoqda. Hozirgi vaqtda ular qatorida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

 ergologiya – mehnatda eng kam kuch-quvvat sarf qilgan holda eng yuqori natijalarga erishish to’g’risidagi fan;

 praksiologiya – eng yuksak natijalarga erishishning maqbul texnologiyalarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan fan;

 ergonomika – insonning mehnat vositalari bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadigan fan;

 antropometriya – mehnat faoliyati bilan mashg’ul insonning funksiyali organlarini o’lchashga yo’naltirilgan fan;

 biomexanika – mehnat jarayoni davomida inson mushak kuch-quvvatining samarali sarfini o’rganadigan fan va boshqalar

Mehnat iqtisodiyoti fanini o’rganishda mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi fani asosiy metodologik asos hisoblanadi. Chunki, bir tomondan, mehnatning ijtimoiy funksiyalari va ikkinchi tomondan, mehnat munosabatlarini tartibga solishdagi iqtisodiy funksiyalari birga olib borilishi nazarda tutiladi. Bu ikki funksiya mehnat munosabatlari shakllanishining ikki tomonlama mohiyatini aniqlab beradi.


Download 19.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling