О’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz
Download 285.06 Kb.
|
Mardon BMI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy janr
Miniatura— kichik h’ajmli va badiiy uslubining nozikligi bilan ajralib turadigan tasviriy san’at asari. Miniaturaning maxsus turi mustaqi! xarakterga ega bo’lgan rangtasvir va grafik tasvirlardir (asosan portretlar). Miniaturaning bir turi lokli rangtasvir bo’lib, kichik lokli mahsulotlar yuzasiga moybo’yoq yoki temperada tasvirlar ishlab chiqiladi. Rangtasvir — tasviriy san’at turi bo’lib, unda tasvir yoki kartina ranglar orqali matoning qattiq yuzasida yaratiladi. Yorug’- soya, qo’yilgan rangning ta’sirchanligi, faktura va kompozitsiya, kolorit kabi vositalar predmetlarning hajmi, shakli, o’ziga xosligi, kengligi, teranligi vayorug1 havo muhitini yaratish imkoniyatini beradi. Rangtasvir turg’un va vaqtincha rivojlanish holatini, sokinlik va his-hayajonli ruhiy to’laqonlilik, bir daqiqalik o’tkinchi vaziyat, harakat taassurotini ko’rsatib bera oladi. Rangtasvirda keng hikoya qilinuvchi va murakkab sujetli tasvir bo’lishi mumkin. Bu holat nafaqat real borliqni ko’z bilan ko’rar darajada yaqqol ko’rsatish, balki hayotning keng manzarasini ifoda etish imkonini beradi. Shuningdek, rangtasvirda tarixiy jarayonlarning mohiyati ochib beriladi, insonning ichki kechinmalari ifoda etiladi. G‘oyaviy-badiiy imkoniyatlarining kengligi bilan rangtasvir voqelikni badiiy ifoda etish va borliqni talqin qilishda muhim ijtimoiy mazmun va turli-tuman g’oyaviy vazifalarni bajarishi mumkin.
JANRLAR - bu san’at turlarining tarixiy shakllangan mavzular jihatidan ichki bo’linishidir. Janrlargabo’linish prinsipi har bir badiiy ijodiyotga xos holatdir. Tasviriy san’atda asosiy janrlar tasvirning mavzusiga ko’ra belgilanadi (manzara, maishiy janr, tarixiy janr, portret, batal, natyurmort, animalistik janr va boshq.). Tarixiy janr bu — tasviriy san’atning asosiy janrlaridan biri bo’lib, u tarixiy voqealar, shaxslar, jamiyatning ijtimoiy muhim voqealariga bag’ishlanadi. Asosan o’tmishga murojaat qilinib, yaqin o’tmishda bo’lib o’tgan va tarixiy ahamiyati zamondoshlar tomonidan tan olingan voqealarni aks ettiradi.Tarixiy janr ko’pincha boshqa janrlar bilan aralashib ketadi — maishiy janr (tarixiy-maishiy tasvirlar), portret (tarixiy shaxslarni tasvirlash, portret-tarixiy kompozitsiya) manzara (tarixiy manzara). Ayniqsa, tarixiy janr bilan batal janrini ajratib boimaydi, unda harbiy voqealar mazmuni ochib beriladi. Tarixiy janr rivoji ko’pincha tarixiy dunyoqarash, ijtimoiy-siyosiy qarashlardagi o’zgarishlar bilan bog’liq. Uning ko’tarinkilik davri esa, ijtimoiy qaramaqarshiliklarning kuchaygan yoki jamiyatdagi ilg’or ideallarni san’atda ifodalash va tomoshabinga yetkazish ehtiyoji paydo bo’lganda yuz beradi.Tarixiy janr ko’pincha tarixiy kuchlarning fojiali to’qnashuvi, milliy ozodlik kurashi, xalqqa tarixning faol harakatga keltiruvchi kuchi sifatida qaralganda yuz beruvchi voqealarning badiiy ifodasidir. Manzara janrida tabiat ko’rinishi o’z ifodasini topadi. Unda real yoki xayolan ko’z oldiga keltirilgan joylarda, me’morlik qurilishlari, shahar ko’rinishi (veduta), dengiz ko’rinishi (marina) va hokazolar tasvirlanadi. Ko’pincha manzara rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik (relyef, medallar) kabi boshqa janrdagi asarlarga fon sifatida xizmat qiladi. Voqelik tasviri va inson atrofini o’rab olgan tabiat ko’rinishi manzarada o’z aksini topadi. Shu ma’noda manzara his-hayajonli ko’rinish va g’oyaviy mazmun kasb etadi. Download 285.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling