О’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


Ranglar tuslari va ulaming nomlar


Download 285.06 Kb.
bet13/17
Sana21.06.2023
Hajmi285.06 Kb.
#1642309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mardon BMI

Ranglar tuslari va ulaming nomlar.
Ko’proq, Zangori, Havorang, Qizil, Sariq, Sariq, Qizil, Kamroq, Sariq, Sariq, Sariq, Qizil, Havorang, Zangori, Hosil bo’lgan aralashma, To’taki, Yashil, Zarg’aldoq, Och zaig’aldoq, Saig’ish yashil, Binafsha,
Qo’shimcha ranglar.
1.Ochbodom rang 2. Bodom rang 3. To’q bodom rang 4. Och pistoli 5. Pistoli 6. To’q pistoli 7. Sariq 8. Och sariq 9. To’q sariq 10. Limonli sariq 11 .Och tillarang sariq 12.Tillarang sariq 13.To’q tillarang sariq 14.Qovoq rang 15.Och qovoq rang l6.To’q qovoq rang 17.Zaig’aldoq 18.Och zaig’aldoq 19.To’q zarg’aldoq 20.Qizil 21.Och qizil 22.To’q qizil 23.Qirmizi 24,Och qirmizi 25.To’q qirmizi 26.Alvon rang 27.Bika 28.Och bika 29.To’q bika 30.Pushti 31.Och pushti 32.To’q pushti 33.Pushti qizil 34.0ch pushti qizil 35.To’q pushti qizil 36.Savsan rang 37.Och savsan rang 38.To’q savsan rang 39. Binafsha 40.Och binafsha 41.To’q binafsha 42.Havorang 43.Och havorang 44.To’q havorang 45.Moviy rang 46.Och moviy rang 47.To’q moviy rang 48.Zangori 49.Och zangori 50.To’q zangori 51.Qo’ng’ir rang 52.Och qo’ng’ir rang 53.To’q qo’ng’ir rang 54.Zumrad rang 55. Och zurnrad rang 56.To’q zumrad rang 57.Zaynovi 58.Och zaynovi 59.To’qzaynovi 60.To’taki 61.Och to’taki 62.To’q to’taki 63.Bargikaram 64.0ch bargikaram 65.To’q bargikaram 66.Sabza rang 67.Yashil 68.Och yashil 69.To’q yashil 70.Mosh rang 71.Malla 72.To’q malla 73.Jigarrang 74.0ch jigarrang 75.To’q jigarrang 76.Qizg’ish jigarrang 77.Qora 78.Kul rang 79.Oq rang 80.Sadaf rang 81.Qaymoq rang 82.Kumush rang 83.Och kumush rang 84.To’q kumush rang 85.Billur rang 86.Nowot rang 87.Och nowot rang 88.To’q nowot rang 89.Ko’kish kulrang 90.Qizg’ish kulrang 91.0qish kulrang 92.0qish 93.Sarg’ish oq33 94.Ko’kish oq 95.Qizg’ish oq 96.Nim oq 97.Sadaf rang 98.Sut rang 99.Qaymoq rang 100. Kumush rang 101. 102.To’q kumush rang 103.Yashiltob 104. Och yashiltob 105.To’q yashiltob 106.Siyoh rang 107.Och siyoh rang 108.34


2.2-§. “Onam portreti” mavzusida portret ishlash bosqichlari.
O’quv-mashq ishlarni bajarishda, ayniqsa manzaralarni ishlashda guash bo’yog’idan foydalanish juda ham qo’l keladi. Uni moybo’yoq tasvirlar ishlashdan avval o’rganilsa maqsadga muvofiq keladi. Shuningdek, turli kompozisiyalarning eskizlarini o’quv-mashq namunalarini guash texnikasida bajarish qulaydir. U bilan katta-katta sathlarni yaxlit qilib bo’yash, tez ishlash mumkin.
Qalamtasvir yoki rangtasvir asarining kompozisiyasi «struktura» siga aloqador tushuncha mohiyatini qisqacha tarzda ko’rib chiqaylik. Buning uchun kompozisiyaning son bog’liqligi munosabatlarini birma-bir keltirib o’taylik: bu chizilayotgan narsaning absolyut o’lchamining uning asliga nisbati, chizilayotgan o’lcham tomonlarining o’zaro nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, narsalarning qanday burilib turganligi, ufq sathi darajasi, yorug’lik manbaining holati, soya-yorug’ning taqsimlanishi, tusi, soya va yorug’ning nisbiy muvozanati, shuningdek asosiy rang dog’lari muvozanati, tasvirlanayotgan ob’yektlar bo’laklarining o’zaro joylashishi, qiyofalar va fonga nisbatan «kontrast»lar farqi (rang, soya-yorug’, o’lcham) kompozisiya unsurlarining fazodagi ko’rinishini tashkil qilish (metr, ritm) va boshqalar.35
Yuqorida keltirib o’tilganlarning barchasi predmetlarning sondagi belgilaridir. Ularni o’lchash va sanab ko’rsatish mumkin. Kompozisiyada qancha narsa ishtirok etayotganini aniqlash imkoniyati aniq. Shunday qilib ko’rish orqali qabul qilish mumkin bo’lgan belgilarni kompozisiyaning vositalari deb atashimiz mumkin. Bu asosda esa rassom ularning bevosita yordamida o’z fikrini ifodalash imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi musiqa yaratayotgan kompozitor notalardan foydalangani singari rassom ham yuqorida sanab o’tilgan vositalardan foydalanib, o’z asari g’oyasini yuzaga chiqaradi, tasvirlarda ko’rsatib beradi. Sondagi kompozisiya sifatini ta’minlovchi, fikrni to’liq ifoda etishga xizmat qiluvchi belgilarni jamlovchi holat mazmunikompozisiya tamoyillari deyiladi. Ular: yaxlitlik, mutanosiblik, o’lchamlar muvofiqligi muvozanat, birlik va uzviylikdir36.
Bular orqali rassom ishning sifat darajasini ta’minlaydi.Natijada asar kompozisiyasi yuzaki emas, balki chuqur ma’no kasb etadi, tafakkurlash natijasida tushuniladi. Rassom kompozisiya tamoyillarini ustalik bilan qo’llab, har tomonlamayutuqqa erishadi, kompozisiya bekamu-ko’st bo’ladi. Ma’lumki, kompozisiya tamoyillari uch xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Ular quyidagicha: frontal, hajm-fazoviy va chuqurlik-fazoviy kabilardan iborat. Bulardan birinchisining belgisi – kompozisiyaning ikkita koordinat orqali (vertikal va gorizontal) riaojlanishini bildiradi.
Unda uchinchi koordinat chuqurlik qolgan ikkisiga bo’ysungan holatda ishtirok etadi. Bunday kompozisiya amaliy – bezak kompozisiyalarida ko’p qo’llaniladi, hajm-fazoviy kompozisiyalarida esa shakllar uch o’lchamli holatlarda yaratiladi. Ular har tomondan turib, aylanib ko’rishga mo’ljallangan bo’lib, haykaltaroshlikda qo’llanadi. Chuqurlik-fazoviy kompozisiya predmetlarni kartina teksligida tasvir etishda qo’llanadi va dastgohli rangtasvirda foydalaniladi.
Tarixdan ma’lumki o’tmishning ulug’ rassomlari kompozisiya masalalariga juda jiddiy yondoshganlar va o’z asarlarini yaratishda umumqoida bo’lib qolgan tamoyillarga amal qilganlar. Kompozisiyaning «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak» va boshqa ko’rinishlarini qo’llab, yuksak natijalarga, go’zal ifodaviylikka erishganlar. «Oltin kesim» kompozisiya usulidan unumli foydalanish har sohada qo’l kelgani ham ma’lum.
Kompozisiya tuzishga mohir bo’lgan va uni o’z asarlarida mukammal darajaga olib kelgan mo’yqalam ustalari ko’p, ularga misol qilib quyidagilarni qisman atab o’tsak o’rinli bo’ladi. Bunday o’tmish tasviriy san’ati ustalari: Leonardo da Vinchi. Mikelanjelo, A. Dyurer, J. D. Engr, P. Rubins, Rafael, Tintoretto, A. Ivanov, K. Bryullov, I.YE. Repin, YA. Mateyko va boshqalardir.37
O’zbek rassomlaridan tasviriy san’atning turli tur va janrlarida ijod qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan nomlarini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. U. Tansiqboyev, I. Ikromov, Z. Inag’omov, CH. Axmarov, X. Husniddinxo’jayev, A. Abdullayev, R. Axmedov, R. Choriyev, I. Jabborov, A. Boymatov, J. Umarbekov, SH. Abdurashidov, A. Mirzayev, S. Abdullayev, A. Ikromjonov, B. Jalolov, A. Nuritdinov, O. G’oziyev va boshqa ko’plab ijodkorlarni bemalol kompozisiya ustalari deb atashimiz, ularning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu albatta o’quv-mashqlarni bajarishda nazariy asos vazifasini o’taydi.
Ma’lumki tasviriy san’atni o’rgatish tajribasi, ayniqsa, kompozisiya masalalarini hal etish jarayonida interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt faktorlarini to’g’ri ochib berish uning ifodaviyligini ta’minlashda kata ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi.
Ma’lumki, interyer ko’pchilik kompozisiyalarning muhim qismi sifatida foydalaniladi. U ayniqsa, natyurmortlarni ishlashda ko’p qo’llanadi. Keng qamrovli mazmun mohiyatga ega bo’lgan natyurmort kompozisiya asarlarida va shuningdek o’quv mashqlarida ham xona ichi tasvirlanadi. Unda esa albatta kompozisiyaning barcha qonun-qoidalari va amallariga rioya qilinishi taqoza etiladi. Bunda uning chiziqli perspektiva qurilishi, fazoviy holatlari, atrof-muhit ko’rinishi realistik tarzda, metodik izchillikdan bilimdonlik bilan aks ettirilishi lozim. Agar kompozisiyaning biror- bir unsuri e’tiborsiz qoldirilsa, unda umum tasviriy jixatlari bo’sh, ta’sirsiz chiqib qolishi mumkin. Masalan, natyurmort kompozisiyalaridan atrof-muhit, fazo holatlari muhim hisoblanib, ularni ifodali tasvirlash orqali mavzuni belgilovchi zamonaviylik hamda vaqtni, asar ishlangan paytdagi fasl xususiyatlariga dovr aniq, tiniq ko’rsatib berishi mumkin.38 Mazmuni chuqUr va qiziqarli chiqishi natyurmort qo’yilib tasviri etilayotgan xona ichi ya’ni interyerning qanday yoritilganligi, undagi buyumlarning qanday joylashganligiga ham bog’liqdir. Chunki ular orqali kompozisiya g’oyasini yanada teranroq ochib berish imkoniyati tug’iladi. O’sha har biri o’zicha muhim bo’lgan narsalar orqali vaqt mezonlarini, davr xususiyatlarini ham to’liq badiiy tarzda ifodalash mumkin. Odam qiyofasini interyerda aks ettiradigan kompozisiyalarda ham vaqt, fazoviy holatlar, atrof-muhit tasviri orqali ko’rsatib beriladi. Chunki ular kompozisiyadagi rangdorlik tus-rang munosabatlarini, ta’sirchanlik va mazmunni belgilovchi komponentlar sifatida yuzaga chiqadi. Ma’lumki o’quv mashqlaridan, kompozisiya chizish jarayonlarida bu muhim omillar aslo unutilmasligi lozim.
Chunki ular kompozisiyaning o’lchamini, tomonlarining rang va to’q - ochlik, demakki, tus munosabatlarini, yaxlitlik va muvozanatlarini belgilab, muallif o’z oldiga qo’ygan g’oyatasvirini yuzaga chiqarishda yordam beradi. Mazmunning tushunarli, lo’nda, qiziqarlichiqishida xizmat qiladi.39
Xona ichini kompozisiyaning bir komponenti sifatida tasvirlash ham oson emas. U ko’pincha tasvir etilayotgan voqelikning yordamchi bir foni vazifasini o’tasada, unga muhim bo’lak sifatida yondoshilishi kerak. Masalani, interyerni chiziqli perspektiva holati to’g’ri topilmas ekan kompozisiyaning fazo viy o’lchamlari va ifodaviyligining haqqoniy aks etishi mumkin bo’lmay qoladi. O’z navbatida atrof-muhit ham kompozisiyaning umumiy g’oyaviy mazmunini belgilovchi unsurlardan biri hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o’tilgan ma’lumotlardan shu narsa ayon bo’ladiki, demak – interyer, fazo, atrof-muhit va vaqt kompozisiyasining mazmunli chiqishida muhim rol o’ynovchi, o’zaro bir-biri bilan bog’liq holda tasvirlanadigan zarur kompozisiyaning faktorlari ekan. Shu sababdan ularning tasviriga katta e’tibor bilan yondashish zarur. Interyerda aks ettiriladigan har turli kompozisiyalarni bajarishdan avval albatta ko’plab yordamchi eskizlar, qoralama-lafha suratlar ishlanishi kerak
San’at – mo’jizasidir yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki,unda faqat san’at vositasidagina kirishi mumkin degan edi buyuk tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino.40
Har qaysi san’at inson tanasini, ruhini tetklashtiradi.San’atdan inson zavq oladi.San’at deganda – musiqa kino teatr,memoriy, tasviriy va boshqa san’atlarni tushunamiz.
Har bir san’at o’zining ko’rinishi, jilvadorligi rang-barangligi bilan bir –birlaridan ajralib turadi.Bugungi men aytmoqchi bo’lgan – tasviriy san’at inson qalbiga ilhom baxsh etadi.
Shoir va yozuvchilar o’z asarlariga qozoqarli voqeyalarni so’zlar bilan ifoda etishsa,rassomlar yarsatgan asarlarida rangli bo’yoqlari orqali inson qalbidagi his-tuyg’ularini ifodalaydi.41
Rassom yaratgan asrlariga uzoq termulib, tikilib tursangiz undagi reyal voqeyliklarini anglab olasiz. Shunday ekan tasviriy san’at insonni go’zallikni, vatanni, borliqni, hurmatni, muhabbatni, madaniyat va marifatni sevishga o’rgatadi.
Hatoki yosh bolaning qo’liga qalam va oq qog’ozni bersangiz, bilmagan holda qog’ozga o’z tuyg’ularini havas bilan ifodalay boshlaydi.bola pisixologik tomondan go’zalikda his qilishga o’rganadi.
“Suratni olib olib kelsangiz soqol ham tilga kiradi ” –deyishadi. Bu degani soqov surat orqali o’zining beg’uborligini, hayotda chiroyli yashash kerakligini qalaban idrok etadi va hayotgan chiroyli qarab yashashga intiladi, umidsizlik yo’qoladi.
Rasson tomonidan yaratilgan chiroyli asar rang barangligi ma’nodorligi bilan kishidagi his tuyg’uni aks ettiradi.42
“Onam portreti” mavzusidagi portretning bosqichma-bosqich bajariladigan bir necha amaliy jarayonlardan iboratdir. Ishning boshi ramkaga xolst matosini tortishdan boshlanadi. Xolst – rangtasvir san’atida moybo’yoqda ishlanadigan maxsus mato. Birinchi bosqich eskiz asosida asardagi asosiy personajlarning qoralama chizmasi tushiriladi va lissurovka usuli yordamida rang yopiladi. Shunday tartibda bosqichma-bosqich rang beriladi. Albatta rang berishda koloritning tiniq bo’shiga, tekisliklarni ishlash qonuniyatlari hamda issiq va sovuq ranglarning uyg’unlashishiga, moybo’yoqda ishlash texnikasiga alohida e’tibor qilish zarur.
Portretning ishlanish jarayoni bosqichma-bosqich bajariladigan bir necha amaliyotni o’z ichiga oladi. Ishning boshlanishi eng avvalo, mato, ya’ni xolstni to’g’ri tortish va birinchi grunt qavati uchun zaruriy xom-asholar tanlashdan iborat. Ushbu xom-asholarning har biri o’lchangan holda kerakli konsentratsiyada olingach, aralashma tayyorlanadi. Ushbu aralashmaning tarkibi – tsink, jelatin, o’simlik moyi hamda bo’rdan iborat.43 Eng avvalo, kerakli kontsentratsiyada olingan xom-ashyolardan qorishma tayyorlanadi va xolstyuzasiga surib yopiladi. Bundan asosiy maqsad, moybo’yoqli ranglarning matoga so’rilib ketishining oldini olish.
Keyingi bosqichda esa asta-sekinlik bilan detallashtirib ishlanadi. Asar tugatilgach, oxirgi bezak ishlari beriladi. Asarning jozibador ko’rinishida ramkaning tanlanishi ham ahamiyatga ega. Shunday qilib bir asar dunyoga kelishida yuksak mahorat, mehnat talab qilinadi.
Bu bilan asarim huddi hayot oldinda, bugun tubanlik bo’lsa ertaga shu’la orqali yorug’lik bo’ladi deyotgandek go’yo xalqimiz aytishadi-ku “Oyning 15 yorug’ bo’lsa-15 qorongu deb”.o’zgacha joziba bag’ishlagan. Asarga Quyosh botishi insonlarni xuddi bugungi kuning o’tganidan hafa bo’lma-Ertangi kunni mening yarqiragan nurlarim bilan kutib ol-deyotgandek tasvirladim. Issiq va sovuq ranglardan foydalandim asarimning orqa planida uzoqda quyoshning botishi, osmonni issiq va sovuq ranglardan foydalanishga harakat qildim. O’rtada ko’l, ko’lni suv, suvda qushlar va quyoshning tasvirlanib turgan nuri issiq rangda ifodalangan. Shuningdek uzoqda xira-shira zamonaviy ko’p qavatli uylar Termiz Kuront soati, Surxondaryo viloyat hokimyatining binosi va zamonaviy ko’p qavatli uylar va derazalaridan ko’rinayotgan chiroq nurlari aks ettirilgan.
Sanʼat insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida sanʼat narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi sanʼat predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiy-estetik ideal nuqtayi nazardan munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini beradi.44
Rassomlar o’z asarlarida hayotni qanday ko’rsalar o’shanday emas, balki undagi xarakterli ko’rinishlarni tanlab oladilar, kerakmas ikkinchi darajali ko’rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo’rttirib ko’rsatadilar. Tanishish va bo’rttirish orqali rassomlar narsa va hodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko’rsatishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishidir.

Download 285.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling