О’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


III-BOB. PORTRET JANRIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING PISIXOLOGIK VA BADDIY ASOSLARI


Download 285.06 Kb.
bet14/17
Sana21.06.2023
Hajmi285.06 Kb.
#1642309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mardon BMI

III-BOB. PORTRET JANRIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING PISIXOLOGIK VA BADDIY ASOSLARI.

3.1-§. Portret janri orqali insonlarning estetik madaniyati rivojlantirishning pisixologik asoslari.
San`atning portret janri odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat aʼzolarini maʼlum ruxda tarbiyalash, ularni aqliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, his-tuygʻu, manfaat, ideallarini ifoda etgan. Sanʼat ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oʻzining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi.
Sanʼat insonning moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida sanʼat narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi sanʼat predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiy-estetik ideal nuqtayi nazardan munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini beradi.45
Sanʼatni tushunish, uning kishilar hayotidagi oʻrnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab boʻlgan. Shunga koʻra, sanʼat mazmuni obʼyektiv va subʼyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. Sanʼatning ijtimoiyestetik vazifalari juda keng va xilmaxil. Sanʼat — inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi; odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi;46 hayotni kuzatish, oʻrganish va bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga oʻzgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi goʻzallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar orasidagi maʼnaviy koʻprik, muloqot vositasi; odamlarning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi, ularda maʼlum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. Sanʼat jamiyat maʼnaviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan maʼlum darajada bogʻliqdir. Sanʼatning maqsadi dunyoni badiiy oʻzlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni maʼnaviy boyita oladigan asarlar yaratish yoʻli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat.47
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan barcha sohada, hayotga tadbiq etilayotgan istiqbolli loyihalar, joylarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohatlar, xalqimizning nafaqat turmush tarzini, balki dunyoqarashini ham tubdan o`zgartirmoqda. Bunday ezgu jarayonni madaniyat va san`at rivojida, ijod ahliga ko`rsatilayotgan yuksak e`tibor misolida ham ko`rish mumkin. Binobarin, davlatimiz rahbari ta`biri bilan aytganda ,,Mamlakatimizda madaniyat va san`at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi’’- degan so`zlarining zamirida keng ma`no mujassamdir. Shunday ekan san`at xususan tasviriy san`atni o`rganar ekanmiz, o`sib kelayotgan yoshlarimiz va san`atsevarlar uchun, biz avvalo tasviriy san`atning maqsad va vazifalari hamda uning mohiyati, tur va janrlari haqida bilmog`imiz lozim. Ushbu maqolada shular haqida fikr yuritamiz.
Tasviriy san`at–eng qadimiy va keng tarqalgan san`at turlaridan biridir. Tasviriy san`atning hamma turlari bir–biriga juda yaqin va ularning bir qator o`xshashliklari bor. Lekin har birining o`ziga xos tasvirlash uslublari va texnikasi mavjud. Bundan tashqari, ularning har biri ishlatish o`rni, tasvirlaydigan mavzusi, ishlanish uslubiga qarab bir qator tur va janrlariga bo`linadi: Portret, natyurmort, manzara, maishiy, tarixiy, batal, animalistic, marinistik janrlaridir. Janr so`zi fransuzcha so`z bo`lib ,,tur’’ o`oki ,,ko`rinish’’ ma`nosini anglatadi. Portret-janrida asosan inson obrazi yaratiladi. Portret janri tasviriy san`atda eng murakkab janrldan biri hisoblanadi. ,,Portret’’ fransuzcha ,,portrait’’ so`zidan olingan bo`lib, kishilarning chehrasini xuddi o`ziga o`xshatib tasvirlash ma`nosini bildiradi. Portret mazmuniga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. Individual portreti (bir obraz tasvirlanadi).

  2. Juftlikda ishlangan portret (ikkita obraz tasvirlanadi).

  3. Guruh tasvirlangan portret (bir guruh obrazlar tasvirlanadi).

  4. Tantanali, rasmiy, shohona portret (eng chiroyli libosda tasvirlanadi).

  5. Psixologik portret (kulgu, qayg`u, tabassum, g`amgin, yig`i, qo`rquv holati tasvirlanadi).

  6. Avtoportret (rassom ko`zguga qarab o`zini tasvirlaydi).

  7. Tarixiy portret (tarixiy shaxslar obrazlari tasvirlanadi).

  8. Mifologik portret (afsonaviy obrazlar tasvirlanadi).

Portret tasviriy san`atning rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlarida qo`llaniladi. Portret o`z xarakteri jihatidan monumental, dastgohli, miniatyurali, ishqiy va hajviy bo`ladi. Rassomlarning ijodida avtoportret xili ham keng tarqalgan. Portret rassom tomonidan naturani (qiyofani) kuzatish, xotiradan yoki shaxsning foto suratudan, shuningdek arxiv materiallari yoki ba`zan kishilarning bosh chanog`ini o`rganish asosida ham yaratiladi. Rassom portretda asarning o`z qahramonining tashqi qiyofasiga o`xshash bo`lishiga erishishdan tashqari uning millati, kasbi, tabaqasini ham ifodalashga harakat qiladi. Shuningdek, portretda shaxsning ichki kechinmalari, kayfiyati, ma`naviy dunyosi ruhiyati ham tasvirlanadi.
Dastlabki portretlar qadimgi Yunonistonda milloddan avvalgi VII-V asrlarda yaratilgan. Portret janri o`rta asrlar Sharq mimiatyurachi rassomlari va Evropa rangtasvirchilari va haykaltaroshlari ijodida ham keng rivoj topdi. Ma`lumki har bir davrning usta rassomlarii bo`lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarining go`zal qiyofasi, obrazini yaratib kelgan.

O`rta Osiyo, O`rta Sharq miniatyura maktablarining mashhur rassomi Kamoliddin Behzodning mashhur asari ,,Shayboniyxon’’portreti, Eron miniatyura maktablarining mashhur rassomlaridan Rizo Abbosiyning ,,Yigit portreti’’, Muhammad Yusufning ,,Piyola tutgan yigit’’ portret asarlarini misol qilish mumkin.


Uyg`onish davrining buyuk namayondalari Leonardo Da Vinchining ,,Avtoportret’’, ,,Monna Liza’’ asari, Rembrandning bir qancha ,,Avtoportret’’lari ,,Danaya’’ kartinasi, Velaskesning ,,Papa Inokentu’’ portretlari shular jumlasidandir. Keyinchalik rus rassaomlari ham XIX – XX asrlarda portret janrida sermahsul ijod qilishgan. Misol tariqasida rassomlardan I.Repin, V. Serov, P. Korin, V. Korovin va boshqalar portret janrini tivojlanishida o`zlarining ulkan hissasini qo`shdilar. Ilya Yefimovich Repinning ,,Mendeleyev’’ portreti. Valentin Serovning ,,Imperator Nikolay II’’, ,,ZinaidaYusupova’’, ,,Yermoloyeva’’ , ,,Rassom Korovin portretlari’’shular jumlasidandir.
San’at-ijtimoiy ong shakllaridan biri, borliqni bilishning alohida vositasidir. O’zbekistonda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, yoshlarning badiiy tafakkurini yuksaltirish borasida bir qator qarorlar qabul qilinayotganligi quvonarlidir. Yurtimizda ham barcha sohalar qatori san’at va madaniyat sohasiga Prezidentimiz va xukumatimizni alohida e’tiborini aytib o’tmaslikni iloji yo’q, o’z taraqqiyot yo’lini yangi yuksak bosqichga ko’tarishga xarakat qilayotgan davlatimizni, dunyoning ko’zga ko’ringan xalqaro tashkilotlari ham e’tirof etishyapti va bu albatta munosabatlarda yaqqol ko’rinib turibdi. Respublikamizning kelajakda rivojlangan mamlakat bo’lishi, jahonning buyuk davlatlari qatorida tilga olinishida xalqning madaniyati, ma’rifati va san’atining o’rni beqiyosdir. Prezident SH.Mirziyoev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda, yoshlarning oliy o’quv yurtlarda taxsil olib turli iqtisosliklarni jumladan, tasviriy san’at soxasini isloh qilish bo’yicha ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimiz rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Tasviriy san’at ilm-fan kabi dunyoni, hayotni, tabiatni, halqlar tarixini bilishga xizmat qiladi. Tasviriy san’atning paydo bo’lishi ibtidoiy jamoa davriga borib taqaladi. Bu vaqtda kishilar voqealarni, odam va xayvonlarni toshlarga tasvirini chizib, ularni kesib turli ko’rinish va mazmunda haykallar yasaganlar. Qadimdan kishilar san’at, tabiat xodisalari va kishilarning o’zaro munosabatlari, faoliyatlariga, xulqiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaganlar. SHu qatori tasviriy san’at asarlari kishilarga katta kuch bilan ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ham ega. Kishilar tasviriy san’at asarlarini tomosha qilish orqali ularda ifodalangan go’zallikni ko’rish orqali o’z hayotiga ana shunday go’zallikni kiritishga harakat qiladilar, asarlardagi qahramonona harakatlarni ko’rib ularga o’xshashga intiladilar. San’at asarlaridagi tabiat ne’matlaridan ruhiy ozuqa olish, hayotdan zavq olish orqali ulardan bahramand bo’ladilar, dam oladilar. Ayniqsa, manzara janrdagi asarlarda borliq, tabiatdagi ko’rinishlar haqqoniy aks ettiriladi. Manzarada faqatgina narsa va voqealarni emas, balki musavvirning ichki kechinmalari ham ifodalanadi. Ayrim musavvirlar vodiylarni, tog’u-toshlarni tasvirlashga ishqiboz bo’lsalar, boshqalari dengiz manzarasini tasvirlashda mohirdirlar.48
Rassomlar o’z asarlarida hayotni qanday ko’rsalar o’shanday emas, balki undagi xarakterli ko’rinishlarni tanlab oladilar, kerakmas ikkinchi darajali ko’rinishlarni tushurib qoldiradilar, muhimlarini bo’rttirib ko’rsatadilar. Tanishish va bo’rttirish orqali rassomlar narsa va hodisalarni kishilarning tafakkuri va hissiyotlariga samarali ta’sir ko’rsatishga erishadilar. Rassom borliqni shunchaki biladigan shaxs emas, balki u boy tasavvur va tafakkur qilish qobiliyatiga ega bo’lgan kishidir. U o’z ijodida borliqni shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki unga asoslangan holda nimalarnidir o’ylab topadi, tasavvur etadi va to’qiydi. Eng muhimi san’at asarlari o’z mazmunida borliqni aks ettiribgina qolmasdan, u rassomning g’oyalarini ifodalaydi, uni boyitadi, shu bilan birga bunday asarlar tomoshabinga emotsional ta’sir ko’rsatish kuchiga ham egadir.



Download 285.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling