О’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


-§. Portret janrida ijod qilgan rassomlarning mashhur asarlarini badiiy tahlili


Download 285.06 Kb.
bet15/17
Sana21.06.2023
Hajmi285.06 Kb.
#1642309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mardon BMI

3.2-§. Portret janrida ijod qilgan rassomlarning mashhur asarlarini badiiy tahlili.
Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari va ifodaviy tilini tushunish va undan tasviriy-ifodaviy faoliyatda o’rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Tasviriy san’atning ifodaviy tili sifatida kompozitsiya, chiziq, dog’, rang, hajm, shakl, fazo, faktura tushunchalari, taniqli yirik musavvirlar asarlarining tahlili egallaydi va ular rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, san’atshunoslik asoslari bo’limlari orqali amalga oshiriladi.Tasviriy san’atning ifodaviy vositalari sifatida rangtasvirda rang, surtma, chiziq, rang dog’lari, rangdor va yorug’lik kontrastlari, grafikada esa, chiziq, shtrix, kontur, tus, oq-qora dog’lardan foydalaniladi.49 Tabiatda har bir buyum va narsalar o’z rangiga ega. Bu ranglarda yorug’-soyalar juda katta o’rin tutadi.Rangtasvir ifoda vositalari Rang havoning holati, fazodagi joylashuvi,boshqa rang tuslari ta’sirida o’zgarishi mumkin.
Borliqning haqiqiy go’zallik boyligi – rang hisoblanadi. Rassom turli-tumanlik kayfiyatini,rangdorlik his-tuyg’usi,bo’yoqlar birikmasi,iliq va sovuq ranglar monandligi orqali ifodalaydi va asarlarida shodlik tuyg’usi,umid-orzular,xavotirlik,qayg’u-g’amginlik kabi insoniy hissiyotlarni ochib beradi.
Dastgoh rangtasviri-tasviriy san’atda yetakchi o’rinni egallab, maxsus dastgoh molbertlar yordamida uncha katta bo’lmagan o’lchamlarda ishlanadi. Dastgohli rangtasvir asarlari mato, karton, faner kabi tekis yuzali materiallarga moyli va akvarel bo’yoqlari bilan ishlanadi. Rangtasvir asarlari maxsus molbertlarda ishlangani uchun dastgohli rangtasvir deyiladi. Dastgohli asarlarda jamiyatdagi muhim voqea va hodisalarni aks ettirishdan tashqari, shaxsning individual xislatlarini, his-tuyg’ularini to’liq ifoda etish imkoniyati mavjud. Shuningdek asarlarda tabiatda bo’layotgan o’zgarishlar o’zining yorqin ifodasini topadi. Dasgohli rangtasvir mahobatli va dekarativ tasvirdan farq qilib mustaqil ahamiyatga egadir. U boshqa san’at bilan bog’lanmaydi. Muzey ko’rgazmalardagi suratlarning asosiy qismi dastgohli rangtasvir turiga mansubdir. Dastgoh rangtasviri birmuncha kechiroq shakllangan bo’lib, uning rivojlanish davri uyg’onish davriga to’g’ri keladi. O’zbekistonda rangtasvirning dastgohli turi 19-asrning 2-yarmidan boshlab shakllanadi. Bu davrdan rangtasvir asarlaring birinchi mualliflari 19-asr o’rtalarida O’rta Osiyoga kela boshlagan xorijlik rassomlar edilar. Ular 40 dan ortiq bo’lib ayrimlari O’zbekistonda butunlay qoldilar, shu yerda murabbiylik qilib, yevropacha san’at asoslarini mahaliy yoshlarga o’rgatdilar.50
Bular orasida rus rassomlaridan V.V.Verishchagin, N.N.Karazin, D.Kavkazskiy, R.Zommer, O.Fedchenko va boshqalar bor edi. Shu o’rinda O’zbekiston dastgohli rangtasvirning taraqqiy etishda katta hissa qo’shgan rassomlar nomlarini keltirib o’tish o’rinlidir.
Nikalay Karahan, O’.Tansiqboyev, A.Nuriddinov, O.Qozoqov, L.Salimjonova, A.Mirsoitov va boshqalar samarali ijod qildilar. Mustaqillik yillarida milliy istiqlol g’oyalari bilan sug’orilgan ko’plab dastgohli rangtasvir asarlari yaratilgan.
Rangtasvir asari yaratishda rang surtmalari ifoda vositasi sifatida qo’llaniladi. Rassomlar rangtasvirda rang surtmalarining turli shakllaridan foydalanadilar.Bu surtmalar rassomning ish uslubini belgilab beradi.
Mashhur rassom Van Gog «San-Maridagi dengiz» asarini yaratishda rang surtmalarini o’rinli qo’llaganini ko’rishimiz mumkin.O’zbekistonlik rassomlar rang surtmalaridan tasviriy san’atning ifodaviy vositasi sifatida manzara, naturmort janrlarida ham mahorat bilan ijod qilganlar. Musavvirlar M.Nabiyevning «Amir Temur portreti»,R.Ahmedovning «Yoz ne’matlari» mavzuyida ishlangan asarlarida rang surtmalari o’rinli qo’llanilgan.Tasviriy san’atning rangtasvir turining asosi ranglar hisoblanadi.51
Rangtasvirda asarning emotsional ta’sir kuchini oshirish maqsadida uning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda, ranglarning issiq va sovuq turlaridan foydalaniladi.Issiq va sovuq gammadagi ranglar ko’proq manzara janrida qo’llaniladi. dog’lari ham ifoda vosi tasi sifatida foydalaniladi.Tushunarli bo’lishi uchun b unga izoh berib o’tamiz.52

Download 285.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling