О’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


Download 285.06 Kb.
bet16/17
Sana21.06.2023
Hajmi285.06 Kb.
#1642309
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Mardon BMI

Nikolay Grigoryevich Karaxan (1900.17.5, Togʻli Qorabogʻ muxtor viloyati—1970.18.6, Toshkent)— Oʻzbekiston xalq rassomi (1950).1908 yildan Oʻzbekistonda. Turkiston oʻlka rassomlik maktabida taʼlim olgan (1918—21). Toshkent rassomlik bilim yurtida dars bergan (1925—41). Karaxan asarlarida oʻzbek xalqining hayoti va mehnatini, tabiat manzaralarini rangli lavhalarda aks ettirgan: "Oʻroqchilarning ishdan qaytishi" (1927), "Sirdaryo sohilidagi bozor" (1929), "Gʻalla oʻrimi" (1930), "Buxoroda qurilish" (1933), "Ishga ketishyapti" (1934), "Ovqatlanish mahali" (1935) va booshqalar 30-yillarning oxirlaridan asarlarida respublika manzaralarini aks ettira boshladi, kishilarni ham manzaralar fonida tasvirladi ("Ayollar gʻallazorda", 1936; "Gʻalla elayotgan ayol", 1946; "Nanay yoʻli", 1954; "Oltin kuz", 1957; "Yashnayotgan vodiy", 1958; "Oltin simfoniya", 1965; "Soʻnggi nur", 1969 va b.). Koʻpgina rassomlar (jumladan, R.Ahmedov, Z.Inogʻomov va b.) Karaxanning shogirdlaridir. Karaxan asarlari respublika va chet mamlakatlar muzeilari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.53
Nikolay Grigoryevich Karaxan eng mashxur asarlaridan bir bu "Oltin kuz"asri bo’lib asar 1957-yilda yaratilgan 640\672 moy bo’yoq “Oltin kuz”asarini sujeti soda, oltin kuz avj pallada.Ko’kimtir tog’lar va moviy osmon foniga oltin simonon sariq ranga burkangan daraxtlar ko’zga tashlanadi.Oldingi planda so’qmoq yo’l,qoramtir toshlar,ko’kimtir xarsang toshlar,oftobga kuygan o’tlar,kuzgi sariq,oltinsimon,qizil,och qizil shox-shabbalar aniq,yaqqol ko’rinib turibdi.Orqa tomonda –yumshoq ko’k moviy tumanga o’ralgan ulkan tog’ tizmalarida darxtzorlar salgina ko’rinadi.tog’lar ustida quyosh nurlari bilan yoritilgan oq bulutchalar zangori osmonni bezagan.Quyoshning g’ira-shira nurlaridan kun o’tib,kuz kechasi boshlanayotganini sezish mumkin
Tomoshabin diqqati egri-bugri so’qmoq yo’lga qaratilgan.Yo’lning chekkalarida kulrang xarsang toshlar bo’lib,ular atrofida sarg’aygan o’tlar, biri sariq,boshqasi qizil butachalar go’yo yonib turubdi.Uzoqdagi so’qmoq yo’lda o’zbek qizi,tabiatga maftun bo’lib to’xtab qolgan.Qiz ham borliq singari go’zal,latofatli tabiatning ajralmas bo’lagi sfatida bir-birini to’ldiradi. Surat haqiqatga o’xshaydi va chuqur lirik asar.54


XULOSA
O’zbekistonning bugungi olib borilayotgan siyosatning asosiy negizida erkinlik g’oyasi bilan singdirilgan asarlarga talab vaqt o’tishi bilan ortib bormoqda, bu esa rassomlar ijodiga alohida e’tiborni ortishidan dalolat beradi. Oʻzbekiston zamonaviy rangtasvir san’atining asosiy tamoillari uslublarning keng ko’lamliligi hamda yuqori va chuqur ijrochilik mahorati, obrazlar mazmundorligini saqlagan holda, realistik an’analardan tortib, avangardlik yo’lidagi izlanishlargacha namoyon bo’ladi. Realistik an’analarni saqlagan xolda yaratilgan xar biri inson qiyofasi o’ziga yarasha bir olam va bir dunyodir. Ma’naviy merosimizga asoslangan milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash, uyg’un holda saqlab qolish, ruvojlantirish hamda kelgusi avlodlarga etkazib berish asosiy vazifaga aylangan. Zero, "Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’ - e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib - o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir" Ma’naviy meros - yoshlarda o’zlikni va o’tmishdan faxrlanish tuyg’ularini shakllantiradi. Buning yaqqol negizida daholarni, qahramonlarni, chinakam millatsevar, vatanparvarlarni, bir so’z bilan aytganda, dunyo tamadduniga kamolga yetkazgan beqiyos hissa qo’shgan munavvar zotlarni xalqimizning yaqin o’tmishida ko’rishimiz mumkin. Buyuk, o’lmas qadriyatlarning yaratuvchisi, ijodkori bo’lgan, ayni bir paytda, uni avloddan avlodga gard yuqtirmay, mo’tabar qilib etkazib kelayotgan xalqimiz , nihoyat uzoq davom etgan istibdod zanjiridan qutildi. Eng muhimi, asrlar mobaynida shakllangan, sayqallangan, milliy qadriyatlarga bugungi kunda egalik qilmoqdamiz.
Xulosa qilib shuni takidlash lozimki. Bo’lajak rassom uchun hayotni kuzatish, mavzu yuzasidan kundalik qalamchizgi va etyudlarni bajarish mashqlarni qilishga kirishsa maqsadga muvofiq ish bo’ladi. Manzara janridagi asarlar inson uchun ma’naviy oziqa beradi, uni ruhlantiradi, hayotga shodlik va quvonch bag’ishlaydi. Kompozitsiya - bu muallifning ijodiy, badiiy irodasi, maxsuli hisoblanadi.Tasviriy san’at milliylikka asoslanadi, ayni paytda ezgulik, olijanoblik, do’stlik, hamjihatlik, ma’naviy etuklik kabi umuminsoniy g’oyalarni targ’ib etadi. Yurtimizga chetdan kirib kelayotgan barcha asarni ham san’at deb qabul qilish noto’g’ri. Bugungi globallashuv jarayonida, tezkor axborotlashuv davrida yoshlarni oqni qoradan, yaxshini yomondan farqlay olishga o’rgatish zimmamizdagi asosiy vazifalardandir.



Download 285.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling