О’zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz
Download 285.06 Kb.
|
Mardon BMI
Portret janri ayrim shaxs yoki kishilar guruhi tasvirga olinadi. Unda hayotda mavjud boigan shaxslar qiyofasi gavdalanadi. Portretning badiiy qimmati bu - tasvirlangan shaxsning asli, ya’ni modeliga o’xshashligi bilan baholanadi. Portretda nafaqat tashqi ko’rinishning o’xshashligi, balki tasvirlangan shaxs va shaxslarning ruhiyati, individualligi, muayyan davr, ijtim oiy m uhit, m illatning alohida xususiyatlari ham yaxlitligicha aks etadi. Shuningdek, rassomning o’z qahramoniga munosabati, uning o’zining dunyoqarashi, ijodiy va portretni talqin qilish uslubi portret obraziga subyektiv tuslanish beradi. Texnik ijro, rnaqsad, obraz tasvirining o’ziga xosligiga ko’ra, portret dastgohli (kartinalar, byustlar, grafik asarlar) va mahobatli (naqsh, koshin, haykal), tantanali va intim, ko’krakdan va butun bo’y-basti, yon tomondan, anfas va boshqa ko’rinishda boMadi. Portret medallarda, gemma, miniatura uslubida ham bajariladi. Obrazlar soniga ko’ra, portret yakka, ikkilik va guruhli turlarga bo’linadi.
Portretning o’ziga xos janri — avtoportret. Janrlar chegarasining nisbiyligi portretning boshqa janrlar elementi bilan kirishuviga imkoniyat yaratadi. Portret kartinada portretga olinuvchi, uni qurshab olgan narsalar, manzara, me’morchilik va boshqa kishilar bilan o’zaro bog’liqlikda beriladi va ifodaetiladi. Tipik portret esa yig’maobraz bo’lib, tuzilishi jihatidan portretga yaqindir. Portretda nafaqat yuksak ruhiy, axloqiy sifatlar, balki salbiy insoniy xususiyatlar aksi, hajviy hazil-mutoyiba portretlarining vujudga kelishini ta’minlaydi. Umuman portret san’ati jamiyat hayotining muhim voqealarini, undagi qarama-qarshiliklarni o’zaro uyg’un, qorishgan holatda ifoda etishga qodir. Natyurmort (jonsiz tabiat, tinch va harakatsiz hayot degan ma’noni bildiradi) tasviriy san’at janri (asosan dastgohli rangtasvirda) bo’lib, u insonni o’rab olgan, real maishiy muhitda mavjud boMgan narsalarni kompozitsion yaxlit biron guruhda tashkil qilingan ko’rinishidir. Motivni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyati (postanovka) natyurmortning obrazlar tizimidagi asosiy komponentlardandir. Jonsiz narsalardan tashqari (masalan, uy-ro’zg’or buyumlari), natyurm ortda jonli tabiatning tashqi olami, tabiiy aloqadan uzilgan, ajratilgan va shu yo’l bilan narsaga aylangan stoldagi baliq, vazadagi gullar va boshqalar ham tasvirlanishi mumkin. Natyurmort asosiy motivni toMdiruvchi, boyituvchi sifatida insonlar, hayvonot olami, parranda, sudraluvchi jonivorlar ifodalangan tasvirlarga murojaat qilishi mumkin. Natyurmortda narsalar tasviri mustaqil badiiy ahamiyatga ega bo’ladi. Lekin taraqqiyot jarayonida u ko’pincha ramziy mazmun ifodasi, dekorativ vazifani hal qiluvchi yoki tabiiy aniq narsalar olamini ifoda etishi mumkin. Shuningdek, natyurmort narsalarni xarakterlab beribgina qolmasdan, balki uning egasining ijtimoiy mavqeyi va hayot mazmuni ko’plab assotsiativ va ijtimoiy o’xshashliklarni anglatishini ham ifodalaydi. Batal janri. Jang mavzusi va harbiy hayotga bag’ishlangan tasviriy san ‘at janri. Batal janrida asosiy o’rinni jang sahnasi egallaydi (shuningdek, dengiz), zamonaviy va tarixiy harbiy yurishlar tasviri ifoda etiladi. Jangning muhim va xarakterli paytini ifoda etish, ko’pincha urush voqealarining tarixiy mazmunini tasvirlash urush janrini tarixiy janr bilan yaqinlashtiradi. Download 285.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling