Oʻzbekiston respublikasi oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yangi asr univesiteti


Download 15.72 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi15.72 Kb.
#1225642
Bog'liq
axborot xati


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʻLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
YANGI ASR UNIVESITETI
2023-yil 18-mart kuni boʻlib oʻtadigan “Universitet 4.0: Taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalar va zamonaviy tendensiyalar” nomli Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjuman
AXBOROT XATI


Anjumanning ilmiy yoʻnalishi, maqsad va vazifalari.
Anjumanning ilmiy yoʻnalishi taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning va zamonaviy tendensiyalarni aniqlash hisoblanadi.
Anjumanning maqsadi – taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy tendensiyalarni joriy qilish jarayonida xalqaro tajribalardan foydalanishga doir xalqaro va mahalliy ilmiy tadqiqotlarni toʻplash, tajribalarni oʻrganish, aniqlash hamda ommalashtirish.
Anjumanning vazifalari:
1. Xalqaro miqyosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan yosh va tajribali olimlar bilan muloqot qilish, ilgʻor tajribalar almashinuvini amalga oshirish.
2. Taʼlim tizimini raqamlashtirishda xalqaro hamda respublikamizdagi ilgʻor tajribalardan foydalanishga oid nazariy yondashuvlar va tajribalarni oʻrganish, tahlil qilish, ulardan taʼlim amaliyotida foydalanish mexanizmlarini aniqlash.
3. Taʼlim tizimini raqamlashtirishda xalqaro hamda respublikamizdagi ilgʻor tajribalardan foydalanish orqali taʼlim jarayoni sifati va samaradorligini oshirish imkoniyatlarini koʻrsatish.
4. Taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalar va zamonaviy tendensiyalar aniqlashda xalqaro tajribalardan foydalanish usullarini ishlab chiqish.
5. “Raqamli taʼlim” tizimini rivojlantirishda xalqaro tajribalardan foydalanish orqali taʼlim jarayoni sifati va samaradorligini taʼminlashga oid ilmiy-metodik xulosalarni jamlashtirish.
6. Anjuman xulosalaridan kelib chiqqan holda taʼlim muassasalarida fan, innovatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali taʼlim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Muhokama qilinadigan muammolar.
Xalqaro miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik anjuman doirasida qoʻyidagi muammolar muhokama qilinadi:
- “Raqamli taʼlim” tizimini rivojlantirishda xorijiy tajribalar;
- taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishning zamonaviy tendensiyalari;
- taʼlim jarayonida raqamli texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish orqali taʼlim sifati va samaradorligini taʼminlash muammolari;
- boʻlajak pedagog kadrlar kasbiy kompetentliligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish usullari;
- uzluksiz taʼlim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali yagona taʼlim muhitini yaratish va amaliyotga joriy etish muammolari;
- taʼlim sifatini baholashda xalqaro tadqiqotlar va raqamli texnologiyalar.
- global trendlar katta hajmli maʼlumotlar (Big Data), bulutli texnologiyalar (Cloud Technologies), internet buyumlari (Internet of Things (IoT)) va genom texnologiyalari (Genome Technologies) kabi zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishini tahlil qilish va milliy taʼlim tizimiga joriy etish.
Xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanda fan va taʼlim sohasida faoliyat olib borayotgan yuqori tashkilotlar vakillari, xorijdiy va respublikadagi barcha taʼlim muassasalari olimlari, yosh olimlar, taʼlim muassasalari pedagoglari, taʼlim muassasalari pedagoglari, stajyor-tadqiqotchilar, izlanuvchilar, ilmiy pedagogik jamoatchilikning vakillari, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
Ilmiy maqolalar – 2023-yilning 17-mart kuniga qadar qabul qilinadi.
Konferensiya materiallari toʻplamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:
A) ilmiy maqolalar konferensiya yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlillarga suyanib, tugallangan fikrlar asosida, tegishli taklif va tavsiyalar taqdim etilgan holda boʻlishi lozim.
B) taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha boʻyicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan qabul qilinadi.
V) ilmiy maqolalar matnlari tahrir qilingan holda A4 kattalikdagi qogʻozga, yuqoridan va pastdan 2 sm., chapdan 3 sm., oʻngdan 1,5 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan soʻng muallifning ismi va otasining ismini bosh harflari hamda familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi koʻrsatiladi. Soʻngra 1,5 interval qoldirilib matnning mazmuni 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida boʻlishi va 5 betdan oshmasligi lozim.
Konferensiya materiallarini yuborish manzili:
Tel.: (97) 851-11-11;
Elektron pochta: mr.yusupov1985@gmail.com
Download 15.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling