O‘zbekistоn respublikasi оliy ta’lim, fan va innоvatsiyalar vazirligi termiz davlat pedagоgika instituti magistratura bo‘limi


Download 0.96 Mb.
bet29/55
Sana22.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1648339
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55
Bog'liq
RO‘ZIYEVA JANG’ILОY BAXОDIRОVNA aaa060623

Amaliy mashg’ulotlar (og’zaki, yozma va grafik masalalar yechish, laboratoriya ishlarini bajarish). Og’zaki, yozma va grafik masalalar ishlash metodi muhim didaktik ahamiyatga ega bo‘lib, deyarli u hamma sinflarda va hamma o‘quv fanlari bo‘yicha keng qo‘llaniladi. Masala ishlash metodi o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash, tekshirib ko‘rish, takrorlash, shuningdek, ularni turmushda qo‘llay olish qobiliyatlarini taraqqiy ettirish maqsadida olib boriladi. Mashg’ulotdan kuzatiladigan maqsad o‘quvchilarning mustaqil bajaradigan ishlarining xususiyatlariga qarab uch turda olib boriladi:

  1. a) og’zaki mashq;

  2. b) yozma mashq;

  3. v) grafik ishlar mashqi.

O‘quvchilarga mashq uchun beriladigan topshiriqlar albatta, ilgari o‘zlashtirilgan qoida va qonunlarni o‘z ichiga olishi lozim. Agar topshirilgan mashqlar bir necha yo‘llarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, bunday hollarda mashq rejasini tuzish va shu asosda ishlash talab etilishi kerak. Masalan, mashq uchun berilgan masalaning mazmuni, nima qilish zarurligi,  nima berilgani, nimani topish talab qilinishi, ishni nimadan boshlash kerakligi, qanday metoddan foydalanish mumkinligi belgilanmog’i lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarga o‘zlarini  o‘zlashtirgan qoida va qonunlar asosida misol va masalalar tuzdirish muhimdir. Grafik ishlar ham yozma ishlar jumlasiga kirib, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan yoki o‘zlashtirayotgan bilimlarini ongli va mustahkam esda saqlab qolishlari hamda shu sohada tegishli ko‘nikma va malakalar hosil qilishlariga yordam beradi.
Interfaol o‘qitish usullari xilma-xil bo‘lib, ulardan amaliyotda ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilardir: “Ajurli arra”, "Keys-stadi", "Klaster", "Aqliy hujum", "Zanjir", “BBB” texnologiyasi, "Markazda o‘quvchi", "Markazda o‘qituvchi", "Kichik guruhlarda ishlash", "Algoritmlarni qo‘llash", "Tahlil qilish", "Taqdimot", "Blis so‘rov", "Debat", "Qora quti", "Qarorlar shajarasi", "Zig-zag", "Portfolio", "Assessment" va boshqalar.
Pedagog olimlarning fikrlariga ko‘ra, “Inter­faol ta’lim”ning mohiyatini anglash uchun ta’lim muassasalaridagi o‘qitish jarayoni tashkil etilishi quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. passiv (ekstrafaol) ta’limda asosiy yetakchi o‘qituvchi bo‘lib, ta’lim jarayoni asosan avtoritar boshkaruv usulida amalga oshiriladi. O‘qituvchi bu o‘rinda o‘z shaxsiy imkoniyatlari, nuqtai nazari, pedagogik tajribasiga tayangan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etadi. Bu esa o‘quvchilarning erkin mulohaza yuritishi, ijodiy fikrlashi, qobiliyatlarinn namoyish qilishiga to‘sqinlik qiladi;

  2. faol (inglizcha “akt” – “faollik”, ruscha “aktiv” - faol) ta’lim. Faol ta’limning passiv ta’limdan farqli jihati, bunda o‘quvchilarning ijodiy ishlashlari, ta’limiy topshiriqlarni mus­taqil bajarishlari uchun imkoniyat yaratilishi bilan farqlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil harakat qilishi va fikrlashi uchun qisman imkon beradi. Lekin ta’limning didaktik nuqtai nazardan kamchiligi ta’lim jarayoni to‘liq o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida tashkil etilmaydi.-

  3. interofaol (“intro” – “tashqariga”) ta’limda esa ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faolliklari yetakchilik qiladi. Ya’ni dars iqtidorli, faol, fan­ga qiziquvchan, boshqarish qobiliyatiga ega o‘quvchilar tomonidan tashkil etiladi, u o‘qituvchi rolini ijro etadi. Bu o‘rinda o‘qituvchining vazifasi tashkillashtirish, kuzatish va qisman jarayonni boshqarishdan iborat bo‘ladi. Albatta, bajaradigan o‘quvchiga o‘tiladigan mavzu oldindan beriladi, o‘qituvchi uni ilmiy-metodik jihatdan tayyorlaydi.

  4. interfaol (“inter” – “o‘zaro”) ta’limdan foydalanish esa tobora ommalashmokda. Mazkur ta’lim sub’ektlari - o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilar guruh o‘rtasida yuzaga keluvchi hamkorlik, qizg‘in bahs-munozaralar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosi­da tashkil etiladi, o‘quvchilarda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda yechimlarni birgalikda izlash, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning o‘zaro yaqinliklarini yuzaga keltirish, "o‘qituvchi - o‘quvchi - o‘quvchi­lar guruhi" o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, tushunishlari va qo‘llab-quvvatlashlari, samimiy munosabatda bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari kabilar bilan tavsiflanadi.

Interfaol ta’lim - bu “o‘qituvchi -o‘quvchi -o‘quvchilar” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, hamfikrlik va hamjihatlikka asoslanuvchi ta’lim shakli bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiallarining tezkor va samarali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Interfaol o‘qitish usullarining ijobiy jihatlarini inobatga olgan holda, boshlang’ich sinf o‘quvchilarida ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini riovjlantirish bilan bog‘liq ta’limiy amaliyotda vaziyatli-keyslar ishlab chiqish va ularning yechimini topishga qaratilgan "Keys-stadi", "Klaster", "Aqliy hujum", “BBB” texnologiyasi, "Markazda o‘quvchi", "Markazda o‘qituvchi", "Kichik guruhlarda ishlash", "Tahlil qilish", "Taqdimot", "Debat", "Portfolio", "Assessment" kabi ta’lim usullaridan samarali foydalanildi. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslari jarayonida foydalanilgan yuqoridagi interfaol o‘qitish usullarining mazmuni, qo‘llanilish tartibiga doir ma’lumotlar boshlang’ich sinf o‘qituvchilariga yetkazildi (5-ilovaga qarang).
Hozirgi kunga kelib pedagogik faoliyatda nostandart darslar va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda. Nostandart darslarning bosh g’oyasi o‘quvchilarning o‘quv-biluv jarayoniga, o‘quv mehnatiga qiziqish, xohish, istaklarini ko‘zlash orqali o‘quv jarayonini tashkil etishdir.
Nostandart dars sahnalashtirilgan dars mashg’ulotlari bo‘lib, uning tizimlari ham turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Nostandart darslarga qarashlar ham turlicha, ayrimlar uni o‘quv jarayonini demokratlashtirish, erkinlashtirish deb ta’kidlasalar, ayrimlar pedagogik printsiplarga rioya qilinmagan holat deb qaraydilar.
Pedagogik adabiyotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bunday zamonaviy dars turlari juda xilma-xil. Bu kabi zamonaviy darslarni maqsadlari, vazifalari, o‘tish metodikalariga ko‘ra quyidagicha nomlash mumkin:

  1. Ishchanlik darslari.

  2. Matbuot-konferensiya darslari.

  3. Musobaqa darslar.

  4. KVN tipidagi darslar.

  5. Teatrlashtirilgan darslar.

  6. Maslahatxona darslari.

  7. Kompyuterli darslar.

  8. Kichik guruhli darslar.

  9. O‘zaro bir-birini o‘qitish darslari.

  10. Ijodkorlik darslari.

  11. Auktsion darslar.

  12. O‘quvchilar tomonidan tashkil qilinadigan darslar.

  13. Hisobot darslari.

  14. Ijodiy hisobot darslari.

  15. Ko‘rik-tanlov darslari.

  16. Binar darslar.

  17. O‘yinga asoslangan darslar.

  18. “Sud” darslari.

  19. “Haqiqatni izlab” darslari.

  20. Ma’ruzali darslar.

  21. Dialogli darslar.

  22. “Rolli o‘yinlar” darslari.

  23. “Konferensiya” darslari.

  24. Seminar darslar.

  25. Integrallashgan darslar.

  26. Ekskursiya dasrlari.

  27. Innovatsion darslar.

  28. Zakovat darslari va boshqalar.

  29. Texnika vositalari yordamida dars o‘tish.

  30. Ilmiy –fantastik kitoblar ustida ishlash.

  31. O‘ylab top (evrika).

  32. O‘yinchoqlar yordamida dars o‘tish.

  33. Darsda kasbga yo‘naltirish.

  34. Eksperimental dars o‘tish.

  35. Bahs-munozara darsi.

Nostandart darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchilar ehtiyojiga mos tushadi. Chunki bunday darslar qat’iy reglamentli darslardan ko‘ra o‘quvchilar ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchilar nostandart darslardan o‘z o‘rnida foydalansalar foydadan holi bo‘lmaydi. Quyida bir qancha nostandart dars shakllarining mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling