О‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti


Iqtisodiyotning real sektori asosiy tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, %


Download 163.6 Kb.
bet15/16
Sana01.07.2023
Hajmi163.6 Kb.
#1657951
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2iqtisodiy xavfsizlik

Iqtisodiyotning real sektori asosiy tarmoqlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, %





2000 -y.

2010-y.

2011-y.

Iqtisodiyotning real sektorining asosiy tarmoqlari,

58,0

62,8

60,0







shulardan:




Sanoat

14,2

21,1

22,3

qishloq xo’jaligi

30,1

26,3

19,4

Qurilish

6,0

4,8

5,6

transport va aloqa

7,7

10,6

12,7

boshqa tarmoqlar

42,0

37,2

40,0

Manba: Yillik statistik to’plam. 2011. – Toshkent, 2012, 33 b; Uzbekistan v tsifrax. 2012.
– Tashkent, 2012, s.31.
O’zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan boshlaboq real sektor korxonalarini rivojlantirish borasida chuqur islohotlar olib borildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” nomli asarida “O’zak tarmoqlarni rivojlantirish O’zbekiston iqtisodiy mustaqilligining eng asosiy sharti” ekanligi va ularni taraqqiy ettirish butun iqtisodiyotning jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos va qulay sharoit yaratishi, ta’kidlab o’tilgan.
Mustaqillik davrida “milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan isloh qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim omili va asosini” tashkil etdi38.
Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublika va aholi ehtiyojini, birinchi navbatda yoqilg’i – energetika resurslari, iste’mol va oziq- ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishga erishildi. Bu esa mamlakatda energetik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun asos yaratdi.
Iqtisodiyot real sektori tarmoqlari va korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida juda katta o’ringa ega ekanligi, barqaror iqtisodiy o’sish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlanishi ko’p jihatdan ularning taraqqiy etishi bilan bog’liq ekanligi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yanada yaqqol namoyon bo’ldi.
Inqiroz sharoitida birinchi navbatda real sektorni, uning korxonalari va kompaniyalarini qo’llab–quvvatlashga qaratilgan chora- tadbirlar amalga oshirilib boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda iqtisodiyot real sektori korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayoniga investitsiyalarni, shu jumladan, tijorat banklarining mablag’larini keng jalb etish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni ishga solish ko’zda tutildi
Inqiroz oqibatlarini bartaraf etish borasida respublikada amalga oshirilgan chora-tadbirlar orasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha chora- tadbirlar dasturi to’g’risida»gi Farmoni alohida o’rin egalladi. “Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyot real sektori bazaviy tarmoqlarining iqtisodiy o’sishi barqaror sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi hamda barqaror ishlashini ta’minlash, aholi bandligiga ko’maklashish, eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik biznesni aniq manzilli qo’llab-quvvatlash maqsadida”39 “Iqtisodiyotning real sektori bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo’llab- quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari dasturi“ ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Farmonda respublika iqtisodiyoti real sektori sohasida jahon moliya- iqtisodiy krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etishning hal qiluvchi omillari belgilandi. Ular quyidagilardan iborat:

    • iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini faollashtirish, sifatli, eksportga yo’naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy moslashuvchan minitexnologiyalarni tadbiq etish;

    • ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish, eksport qiluvchi korxonalar tomonidan yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish;

    • iqtisod qilishning qattiq tartibini joriy etish, jumladan, texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash, ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya sarfini hamda boshqa sarf-harajatlarni kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish harajatlari va mahsulot tannarxini keskin kamaytirish;

    • texnik va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, mahsulot sifatini boshqarishning xalqaro standartlarini tadbiq etish;

    • moslashuvchan narx-navo siyosatini amalga oshirish, jahon bozorlarida narx-navo kon’yunkturasi tez o’zgarib borayotgan sharoitda eksport mexanizmlarini takomillashtirish.

Farmonda joylardagi rahbar xodimlar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyotning real sektori korxonalariga har tomonlama yordam ko’rsatish, dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda shaxsiy javobgarlik yuklangan.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni, real sektorni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008- yil 2-dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida»gi Farmoni alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan- to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport- tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Navoiy shahri xalqaro aeroporti hududida “Navoiy” erkin industrial – iqtisodiy zona tashkil etildi.


Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarish “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi etib belgilandi.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko’rsatish muddati 30 yilni tashkil etadi. Erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyati davomida uning hududida alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezident fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo’lish va chiqib ketishning, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan40. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyati Farmonga ilova qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan muvofiqlashtiriladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga ham ta’sir ko’rsatishiga qaramay, isloh etish va modernizatsiya qilishning O’zbekiston modeli izchillik bilan ro’yobga chiqarilayotganligi, tarkibiy o’zgarishlarga, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, mamlakatdagi moliya-iqtisod, bank-kredit tizimining barqaror va uzluksiz ishlashiga doir chora-tadbirlar natijasida inqirozning og’ir oqibatlaridan holi qolishga va iqtisodiyotni barqaror ravishda faoliyat ko’rsatishiga erishildi.



Download 163.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling