O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti matematika fakulteti


Download 43 Kb.
Sana16.08.2023
Hajmi43 Kb.
#1667627
Bog'liq
iyun- 2023 hisobot -


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
MATEMATIKA FAKULTETI

Algebra va funksional analiz” kafedrasi
70540101 – Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
II kurs magistranti
Kamoldinov Sardorbek Maxammadsobir o‘g‘lining
2023 - yil iyun oyi uchun
HISOBOT


Toshkent – 2023
I. O‘quv va o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha.
1. Magistrlik dissertatsiyasi kamchiliklarsiz yozib tugallandi. 27.04.2023-yil dagi magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasidan o‘tib rasman himoyaga tavsiya etilgach yana bir bor dissertatsiya ilmiy rahbarim f.-m.f.n.,dots. E.P. Normatov bilan uchrashib, dissertatsiya to‘liq tarzda tekshirtirildi va rasman himoyaga tayyor deya baholandi.
2. Iyun oyining 1,-8-,15-sanalarida professor V.I.Chilin hamda professor A.A.Raximov boshchiligida bo‘lib o‘tgan “Funksional analiz va uning tatbiqlari” online seminarlarida qatnashdim.
3. Iyun oyining 1,-8-,15-sanalarida akademik Sh.A.Ayupov boshchiligida bo‘lib o‘tgan “Zamonaviy algebra va uning tadbiqlari” online seminarlarida qatnashdim.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish bo‘yicha


III.Magistr dissertatsiyasini himoyaga taqdim qilish.
1.Dastlabki himoyada berilgan taklif va tavsiyalarning zarur qismlari dissertatsiyaga kiritildi.
2.Magistratura talabasining ism familiyasi, otasining ismi,hamda ilmiy rahbar mutaxassisligi,mavzuning dolzarbligi, metodologik asoslari, tadqiqotning maqsadi va vazifasi, ob’ekti va predmeti, tadqiqot bosqichlarining qisqacha tavsifi ko‘rsatilgan holdagi annotatsiyani universitet rasmiy saytida e’lon qilish uchun tayyorlandi,ilmiy rahbar nazoratidan o‘tkazildi va kafedra mudiriga taqdim etildi.
3.Magistrlik dissertatsiyasi to’liq ilmiy rahbar nazoratidan o’tkazilgan holda yakunlandi. 2023-yil 1-iyundan 5-iyungacha kafedrada tashkil etilgan ishchi guruhga dissertatsiya (taqrizlar ,ilmiy rahbar xulosasi) va kafedrada ikki yillik o’quv yili davomida shakllantirilgan ishchi hujjatlar yig’ma jildini tekshirtirib va dissertatsiyani ikki nusxada qattiq pereplyot qilib topshirdim.
Kafedraning 2023-yil 27-apreldagi 19 sonli bayonnomasi asosida hamda kafedradagi ishchi guruh dissertatsiyani ko’rib chiqib,rasmiy himoyaga tavsiya etdi.
4.Magistrlik dissertatsiyasining bajarilishi bo‘yicha kalendar rejada ko‘rsatilgani asosida har oyda oylik hisobot topshirib kelindi.

Ushbu hisobot shaxsiy kalendar ish rejasi loyihasida ko‘rsatilgani asosida tayyorlandi.



Magistratura talabasi: _______ S.M.Kamoldinov
Hisobot bilan tanishib chiqdim:
Ilmiy rahbar: _______ f.-m.f.n., dots. E.P.Normatov
Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling